Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə35/89
tarix13.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#140452
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo`ladigan sifat o`zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo`lib, taraqqiyotning o`zluksiz ko`rinishiga qaraganda ancha tez utadigan jarayondir.
Sakrash miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tishda o`zluksizlikning o`zilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning o`zluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu o`zluksiz rivojlanish momenti tugab, o`zilish sodir bo`lishi bilan zaruriy ravishda yo`z beradi. Sakrash birdaniga, tusatdan bo`ladigan holatgina emas, balki yangi sifat elementlari ko`payishi orqali yo`z beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
Sakrashning turlari o`z harakteriga ko`ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo`lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o`ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo`q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o`rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo`lish mumkin: birinchisi — portlash yo`li bilan bo`ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo`l bilan bo`ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o`tishi nixoyatda tezlik bilan yo`z beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab yuborishi, xatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin yuqolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to`planishi natijasida yangi sifat paydo bo`ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jixatlarga ega:
- birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob’ektiv va qonuniy jarayondir;
- ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning o`zilib, miqdor o`zgarishlaridan tub sifat o`zgarishlariga o`tishidir;
- uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo bo`ladigan ziddiyatlarni xal qilishdir;
- to`rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Хodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog`liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o`tish turli shakllarda sodir bo`ladi. Har bir narsa, hodisa o`zining aniq inkor qilish usuliga, o`z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o`zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o`zgarishlarining o`zaro bir-biriga o`tishi orqali sodir bo`ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma soxasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo`lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
O`zgarish va rivojlanish jarayonida o`z-o`zini inkor etish tamoyili nixoyatda muxim. Bunda vorislik – eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo`ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq ob’ektiv vokelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro`y beradi. Birok, aksariyat hollarda, esqilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo`q», so`zi bilan qo`shilib ketadi, inkor qilmoq — «yo`q» demakdir, biror narsani rad etmokdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to`g`ridan-to`g`ri «yo`q» degani emas, ya’ni narsani mavjud emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo`qotib tashlamok emas.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin