Imkoniyat va vokelik – falsafaning muxim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Vokelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo`lishidir. Imkoniyat va vokelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko`ra, boshqa kategoriyalar bilan bog`liqlikda tahlil qilish muxim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning vokelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavxum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat kurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko`rsatib berildi.
10-mavzu. Ong va ruxiyat . Ijtimoiy ong
Reja:
1. Ong va axborot..
2. Ijtimoiy va indiviual ong
3. Ijtimoiy ong shakllari.
Ong nima? inson azal-azaldan o`zigagina xos bo`lgan ongning nima ekanligi to`g`risida uylab, baxslashib keladi. Bu baxslarning bir jixati, ong tabiat maxso`limi yoki inson ongi iloxiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jixati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon usha-ushami? degan muammo bilan bog`liq.
«O`zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Sugrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o`zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo`l ochishi mumkin, degan G`oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o`zini tashqi olamdan ajratib, aloxida bir mu’jiza va tadqiqot mavzui sifatida o`rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni uylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psihologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo`lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko`rinishlari o`rtasidagi munosabat kabi masalalarni o`rganish bilan aynan falsafa shug`ullanadi.
Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo`lganligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan.