Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə73/89
tarix13.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#140452
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi. Sivilizatsiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning maxsuli sifatida vujudga keladi. Sivilizatsiyalashgan taraqqiyotgina milliy madaniyat ravnaki uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy madaniyat sivilizatsiyaning asosiy targ`ibiy qismlaridan biridir. Milliy madaniyatdan o`zilib qolgan sivilizatsiya oxir-oqibatda inqirozga maxkum bo`ladi. Masalan, hozir yuqolib ketgan Amerikadagi mayya sivilizatsiyasi bunga misol bo`ladi. Ulardan bugun yo`zdan ortik shaharlar vayronalari qolgan. Bunga tarixdan yanada ko`plab misollar keltirish mumkin.
Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Sivilizatsiyalar o`z shakliga ko`ra Sharq va o’arb sivilizatsiyalari, xristian va musulmon sivilizatsiyalari, xududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo`lgan quyidagi muxim xususiyatlarni ko`rsatish mumkin:
- Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni, sabr-toqatlilikni targ`ib etgan;
- Odamlar orasida Bag`rikenglik, birdamlik va hamjixatlik ruxi kuchli bo`lgan;
- Milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;
- kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga aloxida e’tibor berilgan.
O`zbekiston Sharq sivilizatsiyasi Bag`rida rivojlandi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o`zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag`alparvarlik kabilar Sharq sivilizatsiyasiga xos belgilardir.
O`zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at, madaniyat soxasidagi o`lkan yutuqlari bilan munosib xissa qo`shdi. Milliy mustaqillik yillarida o`ziga xos taraqqiyot yo`lidan borayotgan O`zbekiston o`z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga tayanib, o’arb va Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o`zlashtirib, dunyoviy sivilizatsiya yo`lidan bormoqda.
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi o`ziga xos xususiyatlar va muammolarga ega. Bunda eng muximi jahon sivilizatsiyasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirishdir. Jahon sivilizatsiyasini tanazzulga olib keladigan qator taxdidlarni bartaraf etishda quyidagilar nixoyatda katta ahamiyatga molik:
- insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etish;
- tabiatni asrab-avaylash;
- ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
- ommaviy kirKin kurollarini yo`q qilish;
- davlatlar, xalqlar o`rtasidagi nizolarni siyosiy yo`l bilan mo`zoqaralar orqali xal etish;
- turli jinoiy uyushmalarga barham berish, xalqaro terrorchilik va giyoxvandlikka, turli yo`qumli kasalliklarga qarshi ko`rashish;
- kishilarda yangicha dunyoqarash va siyosiy tafakko`rni shakllantirish.
Bunday muammolarni oqilona xal etish uchun turli mamlakat, mintaka va xalqlar o`rtasida umumiy hamjixatlik va hamkorlikka bo`lgan intilish tobora ortib bormoqda. Islom Karimovning qator asarlari va nutklarida ta’kidlanganidek, ayrim mintakalardagi mojaro va ziddiyatlar o`z vaqtida oqilona xal etilmasa, jahon sivilizatsiyasi rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Тurli falsafiy tizimlarda dunyoning ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni turlicha talqin etib kelindi. Хususan, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, texnik va texnologik yutuqlar, tabiiy-geografik omilga ijtimoiy-madaniy rivojlanish mezoni sifatida qaraldi. Hozirgi paytda qator falsafiy adabiyotlarda shaxs ma’naviyati va uning erkinlik darajasi ijtimoiy-madaniy taraqqiyot mezoni sifatida ko`rsatilyapti.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin