Jamiyat taraqqiyotiga sivilizatsiyaviy yondashuv. Falsafa tarixida jamiyat rivojiga turlicha yondashishlar vujudga keldi. Bo`lar — formatsiyaviy yondashuv, ko`pvariantli yondashuv, sivilizatsiyaviy yondashuv kabilardir. Ijtimoiy amaliyot, tarix tajribasi insoniyat jamiyati taraqqiyotiga formatsiyaviy yondashishning biryoklama, sun’iy ekanini ko`rsatdi. Hozirgi zamon o’arb falsafasida U. Rostouning iqtisodiy rivojlanish nazariyasi keng yoyildi. O. Тoffler nazariyasiga ko`ra, butun insoniyat tarixi uch katta davrga — agrar jamiyat, sanoat jamiyati va postindo`strial jamiyatga (axborot jamiyatiga) bo`linadi.
Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondashish har bir xalq, mamlakat, mintaka taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Bunday yondashish mohiyatan formatsiyaviy yondashishga ziddir. Sivilizatsiyali yondashish har bir milliy madaniyatning o`ziga xosligini, noyob va betakrorligini saqlagan holda ijtimoiy rivojlanishning tadrijiy yo`ldan borishini e’tirof etadi va jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadi. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondashishning mohiyati, xususiyatlari va mazmuni Prezident I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr busaKasida...» va boshqa asarlarida o`z ifodasini topdi.
Falsafa va madaniyatshunoslik. Madaniyatshunoslik falsafaning mustaqillik yillarida mamlakatimizda keng taraqqiy etayotgan falsafiy fan soxalaridan biridir. Sobik Ittifok davrida bu fan umuminsoniy ma’noda o`qitilmas edi. Aslida esa, jahon falsafasida madaniyat to`g`risidagi aloxida bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat hayotida naqadar muxim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Falsafa madaniyatdagi rang-baranglikni e’tirof etadi, madaniyatning universal harakterga ega bo`lgan tarixiy namunalarini bir-biridan farqlaydi.
O`zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyoti nixoyatda ko`p qirrali masaladir. Biz avvalrok ham bu to`g`rida qisman fikr yuritdik. Keyingi boblarda ham, ana shu to`g`rida, muayyan masalalarni tahlil etish asnosida, ba’zi fikrlarni bayon etishga harakat qilamiz. Bundagi eng asosiy tamoyil quyidagi haqiqatni e’tirof etish bilan bog`liqdir: Milliy davlatchilik asoslarini yaratmay va uning qudratiga tayanmay turib sivilizatsiya yo`lidan borib bo`lmaydi. Har bir xalq o`z tarixiy tajribalaridan kelib chiqib, milliy madaniyati va intelektual saloxiyatiga mos ravishda o`z milliy davlatchiligini yaratadi. Ijtimoiy, siyosiy va huquqiy madaniyat bunday sivilizatsiyaviy taraqqiyotning muxim omili xisoblanadi.
Respublikamizning jahon sivilizatsiyasiga xos yo`ldan borishi umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy qadriyatlarga sodiklik, insonparvarlik va vatanparvarlikning uyg`unligi, xalqaro qonun-qoidalar va andozalarni hurmat qilish, ulardan hayotimizning barcha soxalarida keng foydalanishni takazo etmokda. Mustaqillik yillarida mamlakatning sivilizatsiyali taraqqiyot tamon borishi I. Karimov tomonidan asoslab berilgan O`zbekistonning o`z istiqloli va taraqqiyot yo`lining butun jahonda e’tirof etilayotganligida yaqqol ko`rinmokda. Bu ma’noda taraqqiyotning o`zbek modeli deb nom olgan rivojlanish tamoyili mamlakatimiz sivilizatsiyali taraqqiyotining asosiy jixatlarini o`zida ifodalaydi.
Milliy mustaqillik yillarida madaniyatimizning bundan keyingi rivojlanish istiqbollari uchun puxta zamin yaratildi. Bu, avvalo kuydagilarda namoyon bo`ladi:
- boy madaniy merosimizni har tomonlama chuqur o`rganish imkoniyatlarining yaratilganligida;
- Qadrlar tayyorlash milliy dasto`rining ishlab chiqilganligi va sobitkadamlik bilan amalga oshirilayotganida;
- milliy madaniyatlarning ravnak topishi va bir-birini boyitishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganida;
- jahon madaniyati rivojiga o`lkan xissa qo`shgan ulug` ajdodlarimiz merosini keng targ`ib etishda;
- mamlakatimizda ilm-fan va texnika saloxiyatini rivojlantirishga aloxida e’tibor berilayotganida;
- inson intellektual saloxiyatining ortib borayotganida, yurtimiz obodonchiligi yo`lida ko`plab tadbirlarning amalga oshirilayotganida.