Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Istiqlol va milliy madaniyat rivoji



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə75/89
tarix13.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#140452
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Istiqlol va milliy madaniyat rivoji. Milliy mustaqillik yillarida O`zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar madaniyatini rivojlantirishga, ularning madaniy merosi va qadriyatlarini asrab-avaylashga aloxida e’tibor berila boshlandi. Bu jixatdan respublikamizda ozchilikni tashkil etadigan xalqlar milliy madaniy markazlarining tashkil etilishi katta ahamiyatga egadir. 1991 yilda bunday markazlarning soni untaga yetmagan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 100 ortib ketdi. 1992 yilda mazkur markazlar ishini muvofiqlashtirib turadigan tashkilot - Respublika baynalmilal madaniyat markazi to`zildi.
O`zbekistondagi turli xalqlar va millatlarning umumiy G`oya va istiglol mafko`rasi atrofida birlashishi nixoyatda katta ahamiyat kasb etadi va O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasi tomon rivojlanishida muxim omil bo`lib xizmat qiladi. Milliylik, umuminsoniylik G`oyalarini uyg`unlashtirish va yanada takomillashtirish muayyan xalqlarga tegishli madaniyatning o`ziga xosligini saglaydi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavkeni egallaydi. Umuminsoniy G`oyalar va qadriyatlarning shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog`liqdir.
Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadokat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do`stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Тajriba shuni ko`rsatadiki, biron bir milliy madaniyatni ulug`lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo`yish va boshqa xalqlarga majburan targ`ib etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko`pmillatli mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsitish ijtimoiy barqarorlik va milliy totuvlikka putur yetkazadi, turli ziddiyat va ixtiloflarning paydo bo`lishi uchun zamin yaratadi. Bu borada milliy G`oya va istiglol mafko`rasi asoslarini ishlab chiqishda etnik xususiyatlarni xisobga olish ularni respublika taraqqiyotining istiqbollari bilan uyg`unlashtirish imkonini yaratadi.
Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish — ma’naviy kamolot manbaidir. Bu esa madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy-nazariy jixatdan chuqur idrok etish barkamol inson shaxsini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin