Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə82/89
tarix13.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#140452
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

O`zbekiston va global muammolar. Mamlakatimizning kelajagi to`g`risidagi ilmiy-falsafiy bashorat Prezidentimiz I. Karimov tomonidan «O`zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O`zbekiston ХХI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraggiyot kafolatlari», «O`zbekiston ХХI asrga intilmokda» va boshqa bir qator asarlarida asosli ravishda bayon qilib berilgan. Bu asarlarda O`zbekistonning mintakamizdagi o`ziga xos o`rni, o`lkan tabiiy resurslari, demografik omil va inson saloxiyatini inobatga olib, boy ma’naviy merosimiz, tarixiy tajriba, milliy qadriyatlarimizga asoslanib, yaqin kelajakda mamlakatimiz, shubxasiz rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o`ringa ega bo`lishi keraqligi bashorat qilingan. Islom Karimov tu²ri ta’kidlagani kabi: «Jahon sivilizatsiyasi xazinasiga o`lkan xissa qo`shgan boy tariximiz, buyuk madaniyatmiz, ko`p avlodlar hayoti davomida vujudga kelgan beqiyos tabiiy va aqliy imkoniyatlarimiz, xalqimizning yo`qsak madaniyati va axloqiy qadriyatlarimiz, zaminimizda yashayotgan odamlarning mehnatsevarligi, saxovatliligi, Bag`rikengligi va jahon hamjamiyatida o`ziga munosib o`rinni egallashga bo`lgan istagi buning garovidir».
Albatta, mamlakatimizda sobik Ittifokdan meros qolgan eng global muammo — Orol fojiasi ekanligini bilamiz. Bu borada respublikamiz mintakadagi davlatlar orasida ko`pdan-ko`p tashabbuslarni o`rtaga tashlab kelmokda. Shu bilan birga mamlakatimiz aholisi ham muttasil usib bormoqda.
Respublikamizda «demografik portlash» asosan, ХХ asrning ikkinchi yarmida ro`y berib, bu jarayon (boshqa biror jiddiy omillar ta’sir etmasa) ХХI asrning dastlabki un yilliklari oxirigacha davom etishi bashorat qilinmokda. Respublikamizda hozirgi vaziyatda vujudga kelgan o`ziga xos «demografik vaziyat G`oyat muxim xususiyatlardan biridir, — deb kayd qilgan edi Prezident I.A. Karimov, — Jumxuriyatimizda aholi va mehnat resurslari har yili yo`qsak sur’atlar bilan ortib bormoqda». Jumladan, 1980 yilda aholining bir yillik tabiiy usishi 421161 kishini tashkil etdi, bu ko`rsatkich 1989 yilda 480621 kishini; 1997 yilda 580673 kishini tashkil etdi.
O`zbekiston o`z aholisi usish bilan bog`liq masalalarni, aytish mumkinki, muvaffakiyatli xal qilishga kirishdi. Prezidentimizning bozor munosabatlariga o`tishda aholini kuchli ijtimoiy muxofaza qilish siyosati, respublikamizda bo`lishi mumkin bo`lgan ijtimoiy tengsizlikning oldini olishga xizmat qildi.
Keyingi paytlarda respublika xukumati onalarning soKliKini muxofaza qilish, tug`ilgan har bir chakalok oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning javobgarlik xissini oshirish borasida, shuningdek farzandning ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur anglashlari uchun juda katta ma’naviy rag`batlantiruvchi tadbirlar ishlab chiqqanligi uta muxim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda «Sog`lom avlod» jamg`armasining to`zilishi, «Sog`lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi fikrimizning dalili bo`ladi.
Bugungi kunda o`zbek xalqining qadriyatlari asosida yosh avlod dunyoqarashi shakllantirilganda, shubxasiz ajdodlarimizning o`z Vatani, tabiiy muxitga bo`lgan mexr-muxabbatli bo`lish kabi mukkadas tuyg`usining avloddan-avlodga meros bo`lib utayotganligini va bu meros oldida chuqur mas’uliyat xissi bo`lishi zarur ekanligini xisobga olish lozim.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin