Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


O`zbekiston faniga kirib kelgan muxim yangiliklar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə83/89
tarix13.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#140452
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

O`zbekiston faniga kirib kelgan muxim yangiliklar uning targ`ibiy to`zilishidagi o`zgarishlardan tashqari yana quyidagilarda namoyon bo`ladi:
- fanning kompyuterlashtirilishida;
- jahonning global muammolarini xal etishda o`zbek olimlarining faol ishtirok etayotganida;
- ilmiy tadqiqotlarda eng zamonaviy texnika, asbob-uskunalardan va ilg`or metodlardan foydalanilayotganida;
- olimlarimizning jahon tillarini o`rganishga rag`batlantirilishida;
- jahonning taraqqiy etgan mamlaqatlari oliy ukuv yurtlarida mutaxassis-qadrlar tayyorlash yo`lga quyilganligida;
- ta’lim-tarbiya tizimining tubdan islox qilinayotganida.
O`zbekistonda demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy vazifalarni xal etishda fanning asosiy vazifalari Prezident I.A. Karimovning asarlarida batafsil tavsiflab berildi. Fanning siyosat, madaniyat bilan bog`liqligi, demokratik jamiyatda uning tayanch qadriyat ekanligi har tomonlama asoslandi.
Fanning rivoji o`z oldiga kuygan muammolarni xal etishda ilmiy metodlardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi davrda amaliy va nazariy tadqiqotlar o`tkazishda quyidagi usullardan keng foydalanilmokda: ko`zatish, kiyoslash, tavsiflash, formallashtirish, modellashtirish va boshqalar.
ХХ asr fan-texnika inqilobi insoniyatning moddiy va ma’naviy hayotida tub o`zgarishlarni vujudga keltirdi. Insonning tabiat takdiri uchun javobgarlik xissini yanada oshirdi. Fan inson hayotining istisnosiz barcha soxalariga kirib keldi, inson va jamiyat borliqining muxim targ`ibiy qismiga, bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Shu boisdan ham hozirgi zamon fanini «katta fan» deb atash rasm bo`ldi.
Keyingi yo`z yil davomida ilmiy faoliyat bilan shug`ullanuvchi olimlar soni beqiyos darajada usdi. Agar ХХ asr boshlarida butun Yer yo`zidagi olimlar yo`z ming atrofida bo`lgan bo`lsa, hozirgi paytda ularning soni besh milliondan ortib ketdi.
Fan va texnika soxasidagi inqilobiy o`zgarishlarni olimlar sonining usib borishidagina emas, balki ilmiy kashfiyotlar salmog`i va sifatining muttasil ortayotganida ham kurish mumkin. Butun insoniyat tarixida qilingan ilmiy kashfiyotlarni yo`z foiz deb oladigan bo`lsak, uning tukson foizi ХХ asrga to`g`ri keldi. Ilmiy informatsiyalar har un-un besh yilda ikki martaga ortib boryapti.
O`zbekistonda keyingi yillarda fanning turli soxalarida faoliyat ko`rsatayotgan olimlar, ilmiy xodimlar salmog`i ortdi.
Hozirgi davrda O`zbekiston fani rivojlanishi oldida to`rgan asosiy yo`nalishlar I.A. Karimovning qator asarlarida belgilab berildi. Ulug` ajdodlarimizning ilmiy an’analarini davom ettirish, hozirgi zamon fani va texnikasi yutuqlarini puxta egallash mamlakatimizning yangi asrda jahonning ilg`or mamlaqatlari qatoridan munosib o`rin egallashi uchun puxta zamin yaratadi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin