18-mavzu. Jahon sivilizatsiyasi va O`zbekiston taraqqiyotining o`zbek modeli
Reja: Jahon sivilizasiyasining hozirgi davrdagi xususiyatlari
O`zbekistonnning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish yo`lining falsafiy metodologik muomolari
Ozbekiston istiqboli va o`ziga xos tarixiy taraqqiyot yo`li
Mamlakatimiz taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishning o`ziga xos ahamiyati.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo`lish imkonini qulga kiritdi. Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari bilan uzviy bog`liq. Respublikamizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg`unlashuvi ham ko`p jixatdan ana shunga bog`liq. Hozirgi paytda insoniyat o`z rivojining yangi bosqichiga kotarildi. U o`zida moddiy ishlab chiqarish yutuqlarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon mikyosida paydo bo`lgan muammolarni oqilona xal etish yo`llari va usullarini mujassamlashtiradi.
Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va o’arb sivilizatsiyalari, mintakaviy va xududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo`lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo`lgan Yer yo`zidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo`lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrgo`zaronlik qilishi bilan bog`liq jarayonlar majmuasini o`zida aks ettiradi.
Bugungi taxlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo`lishi jahon sivilizatsiyasining asosiy maqsadi va yo`nalishiga aylanib qoldi. Respublikamizda bu soxada amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo hamjamiyati faoliyati bilan hamoxang kechmokda. Zero, jahon sivilizatsiyasi xalqlar va millatlar, davlatlar va turli xududiy sivilizatsiyalarning umumiy tizimidir.
Ayrimlik, o`ziga xoslik va umumiylik o`rtasidagi munosabatni teran anglash hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini falsafiy idrok etishga imkon beradi.
Yer yo`zidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli targ`iblari bo`lib, ularning o`zaro ta’siri, hamkorligi bu sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi.
ТuKri, bu tizim targ`ibida Amerika, Rossiya, Хitoy, Yaponiya kabi salmog`li targ`iblar ham bor. Ular ko`p jixatdan jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko`rsatadi, muayyan jarayonlarning yo`nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, Andorra yoki Monakodan toki Fransiyagacha o`z o`rni, o`ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, xududining katta-kichikligi, aholisining soni kanchaligidan qat’i nazar, Birlashgan Millatlar Тashqilotida teng ovozga ega. Demak, targ`iblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muxim element sifatida kirib boradi.
Jahon hamjamiyati o`zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o`ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlaqatlari xususiylikni aks ettirsa, O`zbekiston aloxidalikni ifodalaydi. O`zbekiston mustaqillikka erishganiga ko`p bo`lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o`z o`rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavkei esa bu mintakaning asosiy taraqqiyot yo`nalishlarini ko`p jixatdan belgilaydi.
Har bir xalq, millat o`zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo`shilib boradi. Bunday qo`shilish ko`pqirrali, rang-barang bo`lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi.
Jahon hamjamiyatiga qo`shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo`lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer yo`zida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo`ladi.
Jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish natajasida nafaqat iqtisodiy soxada, balki xalqlar ma’naviyati, siyosati va dunyoqarashida ham muxim ijobiy o`zgarishlar ro`y beradi. Bunday jarayonga tushgan xalqlar o`rtasida bir-biriga ishonch, o`zaro hurmat, hamkorlik hamda sodir bo`ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o`zaro kelishuv, konsensus asosida xal qilishga intilish vujudga keladi. Bir-birining madaniy yutuqlari, qadriyatlaridan, tajribalaridan baxramand bo`lish xoxish-istagi shakllanadi. Хalklarning bir-biri bilan jipslashish tendensiyasi yaxlit, bir butun sivilizatsiyani, insoniyatni e’zozlash kabi sayyoraviy ongni shakllantiradi. Ya’ni milliylik va umuminsoniylikning uyg`unligi jahon sivilizatsiyasida yaqqol namoyon bo`ladi va dunyo hamjamiyatining harakat dasturiga aylanadi.