O`zbekiston va jahon. Mustaqil O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilishining falsafiy-metodologik muammolarini o`rganish nixoyatda muxim. O`zbekiston o`zining ko`p asrlik milliy davlatchiligi, madaniyati, ilm-fani, san’ati, o`ziga xos va betakror hayot falsafasi bilan jahon sivilizatsiyasi rivojiga muxim xissa qo`shdi. O`zbek xalqi jahonga fan, san’at, falsafa, tibbiyot, siyosat, huquq, tarix soxalarida ulmas asarlar yaratgan, buyuk allomalarni bergan. Birok mustamlakachilik yillarida ro`y bergan quyidagi jarayonlar xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilishi uchun imkon bermagan:
- o`z milliy davlatchiligiga ega bo`lmaganligi;
- milliy madaniyatning tabiiy rivojlanish imkoniyati cheklanganligi;
- mustabid tuzum mafko`rasining tazyiki ostida dunyodan o`zib quyilganligi;
- tarixi, ona tili, ma’naviy merosidan begonalashish alomatlari paydo bo`lganligi;
- milliy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarining yuqolib borganligi, ularni asrab-avaylash imkoniyatining kamligi va boshqalar.
Mustaqillik tufayli O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lini erkin tanlash, milliy davlatchilik asoslarini yaratish va jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish imkoniga ega bo`ldi. Mamlakatimiz o`z mustaqilligining dastlabki yillaridanok jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish yo`lini tanladi.
Jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan baxramand bo`lish mustaqil rivojlanish yo`liga kirgan davlatning dunyo hamjamiyatida o`ziga xos rivojlanishini ta’minlaydi. Binobarin, har bir xalq mustaqil bo`lganidan keyin o`zining iqtisodiyoti, madaniyati, milliy davlatchilik siyosatini amalga oshiradi. U o`z imkoniyatlariga tayanib, jahon hamjamiyatiga kirib borar ekan, bu jarayon milliy falsafada ham o`z ifodasini topadi.
Mustaqillik milliy falsafaning negizi, uning umumjahon falsafiy jarayoni bilan qo`shilishi va uyg`unlashuvining eng asosiy shartidir. Mustaqillikka erishmagan xalq milliyligini, o`ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari, ruxiyati va dunyokrashini o`z falsafasida tula-tukis aks ettira olmaydi.
Mustaqil bo`lmagan xalqning falsafasida mustamlakachilarning G`oyalari doimo ustuvor bo`ladi. Faqat mustaqillikkina ijtimoiy ongning hamma soxalarida, dunyoqarashning barcha jabxalarida milliylikning tula-tukis namoyon bo`lishi uchun zamin yaratadi.
Тarixning sabok berishicha, xech qanday davlat boshqa bir davlatga, boshqa bir xalqqa o`z manfaatlarini ko`zlamasdan beG`araz yordam ko`rsatmaydi. Jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish har bir mustaqil rivojlanayotgan davlatning taraqqiyotida o`z kuchi va imkoniyatlariga, ilg`or an’analariga, qadriyatlariga, milliy davlatchilik tajribalariga, intellektual saloxiyatiga, tabiiy boyliklariga tayanishini inkor etmaydi, balki ularning keng rivojlanishini taqozo etadi.
Erkinlik, mustaqillik hamisha zaruratni, mas’uliyatni anglashni taqozo etadi: erkinlik va mustaqillik jamiyatning har bir a’zosi oldiga «Biz kim edik? «Hozir qanday axvoldamiz?» va «Јanday bo`lishimiz kerak»? degan savollarga vijdonan javob berishni talab etadi. Mustaqillik yillarida farovon va baxtli hayotni bizga kimdir yaratib bermasligini, balki o`z aqlimiz, kuchimiz bilan yaratishimiz lozimligini anglashni takazo etadigan dunyoqarash shakllangani bu savollarga javoblar izlanilayotganligidan, ularni xal qilish choralari kurilayotganidan dalolat beradi. Boshqa mamlaqatlardan, yaxlit va bir butun jahon tizimidan ajralib qolgan holda bu borada ham taraqqiyotga erishib bo`lmaydi.
Taraqqiyotga sivilizatsiyali yondashuv o`ziga xos xususiyatlarga ega. O`zbekiston va jahon tarixini o`rganishga bunday qarash hozirgi zamon falsafasida muxim yo`nalishlardan biri sifatida qaror topmokda. U tarixiy haqiqatni holisona baholashga, milliy xususiyatlarning o`ziga xosligini anglashga, insoniyatning ilg`or rivojlanish tajribalarini bilishga va ulardan ijodiy foydalanishga imkon beradi. Jahon tarixiga sivilizatsiyali yondashuv insoniyat taraqqiyoti zurliksiz va inqilobiy sakrashlarsiz o`ziga xos tadrijiy yo`ldan ilgarilab borganida jamiyat katta foyda kurishi, odamzod boshiga turli ijtimoiy ofatlar tushmasdan rivojlanishi mumkinligini ko`rsatadi.