Yuqorida ko’rsatilgan funktsiyalarning o’zaro ichki bog’liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o’rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida, falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo’llarini topish imkonini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy tsivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.