Falsafiy qonunlar Reja


Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni



Yüklə 86,6 Kb.
səhifə2/3
tarix17.10.2022
ölçüsü86,6 Kb.
#118358
1   2   3
Falsafiy qonunlar

Miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tish qonuni.

  • Miqdor va sifat birlikda, bo’lib, bir-biriga o’tib turadi. Miqdor sifatga va aksincha, ma’lum sharoitda sifat mikdorga o’tadi. Narsa va xodisalarning sifati ob’ektiv bo’lsa-da, nisbiydir, chunki ular o’rtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutloqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi xam o’zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy xarakatda, o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari xam o’zgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat o’zgarishlarining aniq xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim axamiyatga ega.

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.

  • Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular o’rtasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo bo’lishi yuzaga keladi.
  • Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’k. Narsalarning tafovvut darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud.
  • Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi.

Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.

  • Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy bog’lik bo’lgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir.
  • Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bo’lishidan tortib xalok bo’lishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan.

Yüklə 86,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin