Fan: boshqaruv hisobi



Yüklə 20,58 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü20,58 Kb.
#140596
  1   2
BOSHQARUV HISOBI MUSTAQIL ISH


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Iqtisodiyot fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi

BH-120 GURUH TIRKASHEV FIRDAVS


MUSTAQIL TA’LIM

FAN: BOSHQARUV HISOBI
MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINING RESPUBLIKAMIZDA RIVOJLANISH YO' NALISHLARI.

Qabul qiluvchi: Narzullayev. N.


BUXGALTERIYA HISOBINING RESPUBLIKAMIZDA RIVOJLANISH YO' NALISHLARI.

REJA:
1. BUXGALTERIYA HISOBINI RIVOJLANISHI HAQIDA
2. HISOB ISHLARI RIVOJLANISHINI BOSQICHLARGA AJRATISHI
3. O’ZBEKISTONDA BUXGALTERIYA HISOBINI RIVOJLANISHI

Kishilik jamiyat a’zolarining aloqalarini kengayishi hisobchilikning mazmuni va tarkibiga katta ta’sir o’tkazib keldi, bu o’z navbatida buxgalteriya hisobini turli xil shakllarga o’zgarib mustaqil fan sifatida shakillanishiga va rivojlanishiga olib keldi. Natijada 19-asrning ikkinchi yarimiga kelib buxgalteriya hisobi fani yuzaga keldi. Endilikda hujjatlar paydo bo’ldi. Buxgalteriya hisobi 16 obyekti sifatida sodir bo’lgan voqealik emas (og’zaki ko’rsatmaga binoan), balki, ular haqidagi axborotlar aks ettirilgan hujjatlar olinadigan bo’ldi. Barcha fanlarni predmeti (Kant), metodi (Rikkeri), yoki maqsadi bo’yicha (Bogdanov) guruhlash mumkin


21. Shuni E’tirof etish lozimki, buxgalteriya hisobining o’rganadigan predmeti - korxona, obyekti – korxonalar faoliyatlarida mavjud bo’lgan mablag’lari, mablag’larining manbalari va ularning majburiyatlari hamda ularni o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy voqealiklar, o’zining metodi – modellashtirish va o’zining maqsadi – qiymatliklarni saqlashni ta’minlash va xo’jalik faoliyati natijalarini aniqlash mavjud. Buxgalteriya hisobini tarixiiy rivojlanishi jarayonida hisob ahli quyidagi vazifalarni u yoki bu darajada hal qilishdi:
1. Buxgalteriya hisobini axborot bazasini kengaytirishdi;
2. Buxgalteriya hisobini aniqlik darajasini oshirishdi;
3. Buxgalteriya hisobini yuritishni yanada soddalashtirishda;
4. Hisobchilikni kompyuterlashtirish asosida buxgalteriya hisobini yuritish xarajatlarini kamaytirish asosida uning tannarxini arzonlashtirishdi;
5. Korxonalar faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy voqealiklar haqida zamonaviy usullarda axborotlar olishni taxminlashdi.
Bu vazifalar bir-birini inkor etuvchi bo’lganligi sababli buxgalteriya hisobi har doim ham yetarlich to’g’ri axborotlar bera olmaydi, yoki har doim ham arzon va hamma foydalana oladigan oddiy va zamonaviy bo’la olmaydi. Bunday qarama-qarshiliklar azaldan mavjud, chunki, mulkdorni, boshqaruvchini, hisobdor shaxslarni, kreditorlarni, debetorlarni qiziqishlari bir-biriga zid, bunday qarama-qarshilik buxgalteriya hisobida o’z aksini topishi turgan gap. SHuning uchun ham amaliyotda kimlardir har doim ham buxgalterlardan hursand bo’lishmaydi, kerak bo’lsa, ularni noo’rin haqorat qilish hollari ham uchrab turadi. Albatta bunday qarama-qarshiliklar oz bo’lsa ham haqiqatni, to’g’rilikni bo’lishini ta’minlaydi. SHuningdek, sohani nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirishga turtki, rag’batlantiruvchi omil bo’ladi.
Haqiqiy buxgalter hisobchilik metodologiyasida haqiqiy holatni buzib ko’rsatadigan holatlar mavjudligini ko’ra bilishi va dastlabki hujjatlarni to’ldirishda, hisob registrlarini yuritishda mulkdorlarni, boshqaruvchilarni, hisobdor shaxslarni, kreditorlarni, debetorlarni qiziqishlarini hisobga olishi kerak. Buxgalteriya hisobi tarixiga manashunday qarama-qarshi fikrlarni, qarashlarni bartaraf etishning to’g’ri javoblarini topish yo’llarini ko’rsatib beradigan fan sifatida qarash lozim.
Mashhur iqtisodchi K Rodbertus hisobchilikni paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini ikki bosqichga bo’lgan – miqdoriy - kapital (pul) paydo bo’lgunga qadar davr, qiymatli - kapital (pul) paydo bo’lgandan keyingi davr
Italiyalik olim Dj. CHerboni23 hisob ishlarini rivojlanishida turt davrni ajratib ko’rsatadi:
1. Qadimgi dunyo davridagi hisobchilik;
2. Pacholigacha bo’lgan davrdagi hisobchilik;
3. Pacholidan Villigacha – ikki yoqlama buxgalteriyani shakillanishigacha bo’lgan davr;
4. Ilmiy buxgalteriyani paydo bo’lishi va rivojlanish davri.
Ko’zga ko’ringan frantsuz iqtisodchisi va buxgalteri Leon Sey24 ham buxgalteriya hisobini rivojlanishida turt bosqichni ajratib ko’rsatgan:
1. Og’zaki buxgalteriya–“buxgalter” barcha ma’lumotlarni yodida saqlash talab etilgan;
2. Yozuvlarni har xil ishoralar bilan ifodalash (har ikki holatda ham hisob bo’lgan lekin yozuv bo’lmagan).
3. Oddiy buxgalteriya;
4. Ikki yoqlama buxgalteriya.
Ezerskiy F. V. buxgalteriya hisobini rivojlanishida yetti bosqichni ajratib ko’rsatgan:
1. Qayta hisoblangan;
2. Qarzlar bo’yicha qayta hisoblangan;
3. Oddiy;
4. Italiyancha ikkiyoqlama;
5. Ingilizcha nazorat;
6. Ingilizcha nazorat va Italiyancha ikkiyoqlamani birlashgani;
7. Ruscha uchyoqlama.
Rossiyalik olim A. P. Rudanovskiy hisobchilikni rivojlanishini statistika va buxgalteriya bosqichlarini ajratatib ko’rsatadi. Rudanovskiy birinchi bosqichga ikki yoqlama yozuvni paydo bo’lgungacha bo’lgan barcha ishlarni qo’shadi25 . Anton Xaara buxgalteriya hisobini rivojlanishini besh bosqichga bo’ladi:
1. Yakuniy inventarizatsiyasiz va yakuniy balanssiz buxgalteriya;
2. Inventarizatsiya ro’yxatisiz sinov uchun tuzilgan balans;
3. Inventaritsatsiya qilinmagan balans;
4. Mulkiy balans
5. Moliyaviy balans.
SHuningdek hisob ishlarini paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini bosqichdarga ajratishda boshqa qarashlar ham mavjud26 . Hisobchilik ishlarini, xususan buxgalteriya hisobini paydo bo’lish tarixini chuqur tahlil qilib o’rgangan Rossiyalik olim, “Ocherki po istorii buxgalterskogo ucheta” nomli asar muallifi Yu.D. Sokolov buxgalteriya hisobining paydo bo’lishini va rivojlanishini uch davr bilan bog’laydi:
1. 600 yil oldin, korxonalar xo’jalik faoliyatidagi jarayonlarning .maqsadli ro’yxatga olinishi bilan;
2. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” nomli risolasini chiqishi bilan;
3. 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo’lishi bilan. Biroq, buxgalteriya hisobi haqida bundan 1437 yil oldin yoki Luka Pacholidan qariyb 580 yil oldin, payg’ambarimiz Muhammad (sollollohu alayhi vassalam)ga nozil bo’lgan Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatida shunday yozilgan: “Ey mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar! Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi bo’lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin!” Ushbu oyatning mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki daftarga qilingan. CHunki alohida varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va yo’qotish oson bo’lgan. Balkim payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “..Ey mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar!..” degan xitobi buxgalteriya hisobining “Kitob” shaklini yaratilishiga va oyatdagi “...Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin!” degan so’zlar keyinchalik buxgalterlarni va buxgalterlik kasbini yuzaga kelishiga ham asos bo’lgandir. Ma’lumki, payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanganlar. Luka Pacholidan 914 yil oldin “Baqara” surasining 282 oyatiga rioya qilib, buxgalteriya hisobiga asos solib, hisob-kitob masalalarini, hujjatlashtirib, yozib qo’yish lozim ekanligini tahkidlaganlar, lekin kitob yozib chop qilmaganlar. Bundan xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo bo’lishini va rivojlanishi 1500 yillik tarixga ega. SHuningdek, o’tgan asrning 50-60 yillarida hisoblash texnikasini, keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini qog’ozsiz shaklini yaratishga asos bo’ldi. Bu o’z navbatida buxgalteriya hisobini rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. SHunga ko’ra buxgalteriya hisobini rivojlanishida qo’ydagi besh bosqichni ajratish maqsadga muvofiq deb bilamiz:
1. Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatini nozil bo’lgunga qadar bo’lgan hisobchilik; 20 2. Ollohdan “qarzlarni” yozib qo’yish to’g’risidagi “Baqara” surasi 282 oyatini nozil bo’lishidan Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” nomli risolasini chiqishiga qadar;
3. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” nomli risolasini chiqishidan toki buxgalteriya hisobi fan sifatida shakillanganga qadarbo’lgan davr;
4. Buxgalteriya hisobining kitob shaklidan chuqur mehnat taqsimotiga asoslsngan kartochka shaklini paydo bo’lishidan toki hisoblash texnikasi ixtiro qilinguncha bo’lgan davr;
5. Hisoblash texnikasini, keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini qog’ozsiz shaklini yaratilishidan hozirga qadar. Yuqoridagi keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi, fan va mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o’tmishga ega. SHu yerda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi qachon shakllana boshlagan? - degan bir haqli savol tug’iladi.
Bahzi mualliflarning fikricha O’rta Osiyo yerlariga, ya’ni Movarounnaxrga (arablar daryo ortidagi yerlar deb ataganlar) shu jumladan, zbekistonga buxgalteriya uchyoti haqidagi fikrlar 8 asr boshlarida kirib kelgan deb taxmin qilishadi. Amir Temur o’zining “Temur tuzuklari” nomli asarida shunday deb yozadi: “Saltanatning har bir idorasida bo’ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin”. Bu O’rta Osiyoda buxgalteriya hisobining ilk bor kurtak otishi Amir Temur tomonidan hisob daftarini yurituvchi shaxslar – kotiblarni tayinlagani bilan bog’liq ekanligidan dalolat beradi. Bu mualliflar O’rta Osiyo yerlariga buxgalteriya uchyoti haqidagi fikrlarni kirib kelishini arablarning O’rta Osiyoni isloh qilish bilan bog’lashadi. Rivoyatlarga ko’ra Amir Temur lashkarlarining har biriga, jangga kirishidan oldin, idishda anor suvi bergan va jangdan eson-omon chiqqan jangchilarga yana o’sha idishda anor suvi bergan. Bo’sh qolgan idishlar soni jangda halok bo’lgan jangchilar sonini bildirgan. Bu buxgalteriya hisobining “kirim – chiqim – qoldiq” usulini ifodalaydi. Xulosa qilish mumkinki, O’rta Osiyo markazi bo’lgan O’zbekistonda buxgalteriya hisobi XV asrdan shakllana boshlagan. Respublikamizda buxgalteriya hisobini fan sifatida shakllanishida O’zbek olimlaridan professor S. B. Qodirxonov, professor M. Ostonaqulov, Y. M. professor Itkin, professor R. Abdullaev, professor I. T. Abdukarimov, K. F. Abdukarimovalarni, shuningdek, buxgalteriya hisobini isloh qilish va milliy hisobchilik tizimini yaratishda professor S. Yuldoshev, professor D. Qudbiev, professor M. Pardaev, professor M. Tulaxadjaeva, professor I. Ismanov, professor Z. Mamatov, professor A. Pardaev, professor R. Xolbekov, professor K. Urozov, professor I. Qayumov, professor A. Abdullaev, professor S. Valiev, professor N. Jo’raev, professor Z. Niyozov, professor A. Karimov, N. Toshmamatov, B. Hoshimov, F. Islomov, H. Qayumov, E. Gadoev, A. Avloqulov, va boshqa ilm ahllarining qo’shgan hissalari benihoyat kattadir.


Yüklə 20,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin