MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA YО‘RIQNOMA
Yuqorida tavsiya etilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari bо‘yicha quyidagi
mustaqil ta’lim shakllarining ixtiyoriy kamida 5ta shakli talaba tomonidan mustaqil
bajarilishi talab etiladi. Mustaqil ta’lim topshiriqlari masofaviy ta’lim
platformasiga PDF formatida joylanadi (Yoki vaziyatga qarab, elektron shaklda
о‘qituvchiga taqdim qilinadi) hamda yakuniy nazorat vaqtida о‘qituvchiga aynan
bajarilgan ishning о‘zi taqdim etiladi. Bajarilayotgan ishda talabaning Ismi, sharifi,
kursi, guruhi, fani kabi shaxsiy manzil ma’lumotlari aks etgan bо‘lishi lozim.
Hamda topshiriq xususiyatidan kelib chiqib, qо‘lyozma shaklida bо‘lishi maqsadga
muvofiq. Talaba mustaqil ta’lim ishini bajarishi davomida qay darajada bо‘lmasin
kо‘chirmakashlik alomatlari sezilgan taqdirda, ishni bajarmagan deb hisoblaniladi
hamda yakuniy bahoga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Topshiriqning bajarilish muddati
yakuniy nazoratgacha.
Dostları ilə paylaş: |