Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
Talabaga biron mavzu bо‘yicha ilmiy (referativ) xarakterdagi maqola, tezis
yoki ma’ruza tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba о‘quv adabiyotlari, ilmiy-
tatqiqot ishlari, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan
mavzuga tegishli materiallar tо‘playdi, tahlil qiladi va о‘z fikrlarini bayon qiladi.
Bunda talaba о‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Amaliyotdagi mavjud muammolar yechimini topish.
Talabaga bir mavzu yoki bо‘lim bо‘yicha noan’anaviylikni tahlil qiladigan,
nazariy ahamiyatga ega bо‘lgan amaliyotdagi mavjud muammolar, ijodiy
yondashish talab qiladigan ilmiy- ijodiy vazifalar topshiriladi. Amaliy topshiriqlar
masalani hal qilishning optimal usulini izlashga va topishga qaratilgan bо‘lishi
kerak. Bunda о‘qituvchi talaba bilan hamkorlikda ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: |