MUSTAQIL TA’LIM SHAKLLARIGA IZOH:
Seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish.
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va
bilim darajasiga muvofiq bо‘lgan biror mavzu bо‘yicha amaliy yoki seminar
mashg‘ulotlariga tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan
tashqari qо‘shimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib
materiallar yig‘adi, tahlil qiladi.
Laboratoriya ishlariga tayyorgarlik kо‘rish.
О‘quv reja bо‘yicha kо‘rsatilgan laboratoriya ishlari bо‘yicha talabaga
topshiriqlar beriladi va bu topshiriqlarni talaba mustaqil ravishda bajaradi. Agar
imkoniyati bо‘lsa virtual laboratoriyada bu ishlarni bajarib kо‘radi.
Hisob-grafik ishlarini bajarish.
Talabaga shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hisob-grafik ishlari
beriladi. Bunda talaba shu mavzu bо‘yicha mustaqil ravishda mavzuni chuqur
о‘rganadi, material yig‘adi, tahlil qiladi, kerak bо‘lganda internet ma’lumotlaridan
foydalanadi va bu hisoblash, sо‘ngra grafik ishlarini bajaradi. Bunda talab
imkoniyatidan kelib chiqib hisob-grafik ishlarini elektron varianti ham qilinishi
mumkin. Zarur hollarda о‘qituvchidan maslahat oladi.
Dostları ilə paylaş: |