Dars mavzusi: I tovushi va Ii harfi bilan tanishtirish.
Dars maqsadi:
a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish, Ii harfi ishtirok etgan so’z va bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish, tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, nutqini o’stirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
3 minut
I Darsning borishi:
Darsni tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II O’tgan mavzuni so’rash:
-Qaysi tovush bilan tanishgan edik?
- A tovushi bilan boshlanadigan so’zlarni bilasizmi? Alifbo qaysi harfdan boshlanar ekan?
- A tovushini qanday talaffuz qilamiz? Cho’zib talaffuz qilsak,unli tovushmi, yoki undosh?
III. Yangi mavzu bayoni
Rasm asosida yangi mavzuni boshlaymiz. It qanday hayvon, uni nima uchun uyda parvarish qilamiz. “ So’z top” o’yinini o’ynaymiz . O’quvchilarni rag’batlantirib boraman.
Rasm asosida o’gzaki matn yaratamiz. Ii tovushini talaffuz qildiraman. Darslikdagi rasmlar orqali tushunchalar beraman va so’rayman. . O`quvchilarning bilimini mustahkamlash uchun ularni o’qitib chiqaman. Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Harflar kassasidan va bo’g’inlar jadvalidan yangi so’zlar hosil qilish va o’qish