Fan nomi: Konchilik korxonalari elektr ta„minoti va elektrlashtirish Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi


Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi



Yüklə 465,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix26.10.2022
ölçüsü465,61 Kb.
#118629
1   2
Fan nomi Konchilik korxonalari elektr ta„minoti va elektrlashti

1.2. Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi 
Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo„lgan ehtiyojni 
qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va 
rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari 
asosida yangi ishlab chiqarish ob‟ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish 
tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni 
rivojlantirish hisobiga yonilg`i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr 
energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani 
rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga 
oshirish ko„zda tutilgan. 
Respublika elektr energetikasi xaqli ravishda O‟zbekiston iqtisodiyotining 
asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik 


imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa 
qo„shib kelmoqda. 
Energetika vazirligi elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organ 
bo`lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini markazlashtirilgan holda 
elektr energiyasi bilan ta‟minlaydi, shuningdek respublikaning bir qator 
shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy iste‟molchilariga issiqlik energiyasini 
yetkazib beradi. 
Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash va 
iste‟mol qilishning o„ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar, 
magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini markazlashtirilgan holda 
boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi. 
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi 8,8 
mingdan ortiq bo„lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali 
hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari 
“O‟zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Elektr 
energiyasini respublika iste‟molchilariga sotish har bir hududiy tuzilmada 
aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko„rsatuvchi 14 ta hududiy taqsimlash-sotish 
korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr 
uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo`lgan kichik stansiyalar mavjud. 
Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV kuchlanishli 
elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo„lib, ular orqali elektr energiyasining ko„p 
qismi respublika iste‟molchilariga yetkazib beriladi. 
“O‟zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga 
oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va yordamchi 
uskunalarini ta‟mirlash va ulardan foydalanish bilan shug`ullanuvchi yagona ishlab 
chiqarish majmuasi hisoblanadi. 
Issiqlik 
energiyasi 
sohasidagi 
tadbirlarni 
amalga 
oshirish 
bilan, 
energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori 


samarali bug„-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya ishlab 
chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. 
Shuningdek, elektr energiyasini yetkazib berishni nazorat qilish va 
hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bilan respublikaning barcha 
hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan elektr 
energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga alohida e‟tibor 
qaratilmoqda. 
Noan‟anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni 
rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida quvvati 
100 MVt dan bo„lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy viloyatida 
quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. 
Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish bilan 
belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini yetkazib berish uchun 
maxsus yonilg`ining solishtirma sarfini 10 foizgacha qisqartirish bilan elektr 
energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yoqilg`i 
energetika balansining diversifikatsiyasini qattiq yoqilg„ining ulushini 2016 yildagi 
5,2 foizdan 2021 yilda 7,1 foizgacha ko„tarish bilan amalga oshirish va 
iste‟molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo„lgan ehtiyojini 
qondirish imkonini beradi. 
O‟zbekiston o„z energetik resurslari hisobidan o„zining ehtiyojini to„liq 
ta‟minlovchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo Birlashgan energetika 
tizimidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli 50% 
respublikaga tegishlidir. 
2012-yilda elektr energiyasiga bo‟lgan ehtiyoj 59,3 mlrd kVt*soat tashkil 
qilgan bo‟lib, bu ko‟rsatgich 2019-yilda 66,7 mlrd kVt*soatga yetgan. Bundan 
ushbu davr mobaynida elektr energiyasiga bo‟lgan ehtiyoj 12%ga oshganligini 
ko‟rish mumkin. O‟z navbatida 2012-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya 
qiymati 52,9 mlrd kVt*soatga teng bo‟lgan bo‟lsa, 2019-yilga kelib 63.5 mlrd 
kVt*soat elektr energiya ishlab chiqarilgan. Ushbu raqamlar asosida 2012-yilda 


ishlab chiqarilgan elektr energiya va unga bo‟lgan talab 12%ga farq qilgan bo‟lsa, 
bu ko‟rsatgich 2019-yilga kelib 5%gacha qisqargan. 
2020-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya hajmi 68,7 mlrd kVt*soat, 
iqtisodiyot taqmoqlarida is‟temol qilingan elektr energiyasi 42,7 mlrd kVt*soat, 
aholi tomonidan elektr energiyasining iste‟moli 14,4 mlrd kVt*soatni tashkil etishi 
kutilmoqda.
Hozirgi kunda davlatimiz iqtisodiyotiga oid sohalarda keng qamrovli ijobiy 
islohotlarni olib borilayotganligi va buning natijasida iqtisodiyot tarmoqlaridagi 
ishlab chiqarish salohiyati yildan-yilga oshib borayotganligini kuzatish mumkin. 
Bu esa o‟z navbatida elektr energiyaga bo‟lgan talabni ham oshishiga olib keladi.
Xususan, elektr energiyasining ishlab chiqarish va iste‟mol qilishning 
taxminiy dinamikasiga ko‟ra 2030-yilda iqtisodiyotga oid sohalar tomonidan 
iste‟mol qilinishi kutilayotgan elektr energiya qiymati 85 mlrd kVt*soatga yetishi 
yoki 2020-yilga nisbatan 99% oshishi kutilmoqda. Aholining elektr energiya 
iste‟moli esa 21,9 mlrd kVt*soatga teng bo‟lishi taxmin qilinyapti. 


2030-yilga kelib elektr energiya ishlab chiqarish qiymati 120,8 mlrd 
kVt*soatni tashkil etishi yoki 2020-yilga nisbatan qariyb 80%ga oshish ehtimoli 
kutilyapti.
2019-yilgi 
elektr 
energetika 
tizimidagi 
yuklanishlar 
sarhisob 
qilinganda qish faslidagi maksimal va 
minimal yuklanish mos ravishda 
10,4GVt va 8,1 GVtni tashkil etgan. 
Yoz faslida esa maksimal yuklanish 
9,4GVt, minimal yuklanish esa 6,4 
GVtga 
yetgan. 
Energotizimning 
yuklanishi nafaqat kun davomida, 
balki 
yil 
davomida 
ham 
teng 
taqsimlanmagan.
Hozirgi vaqtga kelib O‟zbekistondagi ishlab chiqarilayotgan elektr 
energiyaning 84,7% yoki 11GVt Issiqlik elektr stansiyalarida, 14,3% yoki 1,85 
GVt gidro elektr stansiyalarida, qolgan 1% esa blok-stansiyalar ulushiga to‟g‟ri 


keladi. Hukumatimiz tomonidan qabul 
qilingan “2020-2030 yillarda O`zbekiston 
Respublikasini 
elektr 
energiya 
bilan 
ta'minlash konsepsiyasi”ga ko‟ra 2030-yilga 
kelib IES (gaz)larda 13,4 GVt (45%), 
GESlarda 3,8GVt (13,1%), FESlarda 5 GVt 
(17,3%), SHESlarda 3 GVt(10,4), AESda 
2,4GVt(8, 3), IES(ko‟mir)larda 1,7 
GVt(5,9%) elektr energiya ishlab chiqarish 
ko‟zda tutilgan. 
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‟mol qilish texnologik 
jarayonining o`ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektrostansiyalar, magistral 
va taqsimlovchi elektr tarmoqlari bilan birgalikda markaziy boshqaruvni saqlashni 
taqozo etadi. 
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan, umumiy uzunligi 8,8 ming 
kilometrdan ortiq bo„lgan 220 - 500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali 
hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari 
“O‟zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Respublika iste‟molchilariga elektr energiyasini sotish har bir hududiy 
tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko„rsatuvchi o„n to„rtta tarqatish-


sotish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish 
liniyalari va kuchlanishi 110 kVgacha bo`lgan podstansiyalar bor. 
Respublika iste‟molchilariga elektr eneregiyasini yetkazib berish asosan eng 
sertarmoq kuchlanishga ega 0,4-6-10 kVli uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 
bo„lgan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. 
Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish energobloklarning 
foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug„-gaz va gaz-
turbina 
qurilmalari 
asosidagi 
zamonaviy 
energiya 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyalarini joriy etishi mkonini beradi. 
Rejalashtirilgan dasturni amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalarni va 
energiya tejovchi tejamkor uskunalarni joriy etish bilan 10 foizgacha elektr 
energiyasini yetkazib berish uchun yoqilg`i sarfini kamaytirish hisobiga elektr 
energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga hamda iste‟molchilarning 
elektr energiyasiga bo„lgan talabini qondirishga, yoqilg`i va energiya balansini 
diversifikatsiya qilishga erishiladi.
Nazorat savollari: 
1. O„zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi ? 
2. Elektr stansiya turlari haqida ma‟lumot ? 
3. O`zbekistonda nechta elektr stansiyalari bor va ularni o`rnatilgan quvvatlari 
qancha ? 
4. Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi ? 
 

Yüklə 465,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin