Файл bo‘limi. Bu menyu bo‘limi yordamida yangi elektron jadvalni tayyorlash uchun oyna ochish (Создать), xotiradagi faylni ekranga chaqirish (Oткрыть), joriy faylni yopish (Закрыть), tayyorlangan ma’lumotli hujjatni kompyuter taklif qilgan nom bilan (Сохранить) yoki foydalanuvchi o‘zi hohlagan nom bilan (сохранить как...) fayl ko‘rinishda diskda saqlash, faylni printerda, faylni printerda chop qilish (Печать), Excel dasturidan chiqish va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Главная bo‘limi. Bu menyu bo‘limi yordamida jadvalning biror bir bo‘lagini qirqib olish (Вырезать) yoki nusxa ko‘chirish (Копировать), qirqib olingan jadval bo‘lagini kerakli joyga qo‘yish (Вставить), jadvalni to‘ldirish (Заполнить), jadval yacheykasini tozalash (Очистить),yacheykadagi ma’lumotlarni o‘chirish (Удалить), jadval varaqlarini o‘chirish (Удалить лист) va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
Вид bo‘limi. Bu menyu bo‘limi yordamida sahifa o‘lchamlari, sahifaga belgi qo‘yish, formulalar yozish uchun maxsus bo‘limlar bilan ishlash, asboblar uskunalarni olib tashlash yoki o‘rnatish, jadval masshtabini berish kabi ishlarni bajarish mumkin.
Вставка bo‘limi. Bu menyu bo‘limi yordamida diagramma hosil qilish (Диаграмма), rasm qo‘yish (Рисунок), funksiyalar bilan ishlash va hokazo bir qator amallarni bajarish mumkin.
Формулы bo‘limi. Bu menyu bo‘limi yordamida jadval ustunining eni (StolbesШирина), satrning balandligini (StrokaВысота) o‘zgartirish, yacheyka formatlarini o‘rnatish (Ячейки), avtoformatlash (Автоформат), shartli formatlash (Условное форматирование) va hokazo buyruqlarni bajarish mumkin.
Разметка страницы bo‘limi. Bu menyu bo‘limi yordamida jadvaldagi ma’lumotlarni sonli ma’lumolari o‘sib yoki kamayib borish tartibida saralash (Сортировка), ma’lumotlarni filtrlash, natijaviy jadval tashkil etish, ma’lumotlarni tekshirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.