Pedagogikaning maktahshunoslik sohasi — bunda ta'limtarbiyani tashkil qilish, uyushtirish va uni boshqarishga oid bo'lgan tashkiliy-pedagogik qonuniyatlar o'rganiladi va ularga mos qonuniyatlar tadqiq etiladi.
Mazkur soha bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari oiib borishda, albat-ta, ta'lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari e'tiborga olinadi. Bu, shuningdek, muammo yechimidagi natijalarning hayotiyligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
5.Defektologiya- bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, o'qitish va shakllantirishdagi o'ziga xosliklarni hisobga olib ish ko'radigan pedagogika fani tarmog'i.