Fan sifatida. Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodlari. O’qituvchi shaxsi tarbiyaning obyekti va subyekti sifatida reja



Yüklə 130,94 Kb.
səhifə5/29
tarix31.12.2021
ölçüsü130,94 Kb.
#112390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ma'lumot — ta'lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda tarkib topgan dun-yoqarashlar majmuyi. Bilimlar - odamlarnlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to'plangan va umumlashgan tajribasi.

Buyuk davlat arbobi va ilm-fan homiysi, olim va o'z davri ta'lim tizimining bosh islohotchisi, ma'rifatparvar inson, dunyoda birinchi hisoblash markazining tashkilotchisi Mirzo Ulug'bekning hayoti va faoliyatida ham dunyoviy ilmlar o'qitilishiga katta e'tibor berilgan. Ulug'bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida mudarrislar, talabalar bilan rasad-xonada amaliy mashg'ulotlar o'tkazishni talab etib, bu ishlarga bevo-sita o'zi rahbarlik qilgan. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ta'lim-tarbiya sohasida o'sha zamonlarda, hattoki hozirda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan fikrlari pedagogika fani metodologik asoslarini tavsiflashda nihoyat-da muhimdir. Ya'ni, u ta'lim berish jarayonida quyidagilarga e'tibor berish lozim, deb ta'kidlaydi: ta'lim oluvchini zeriktirmaslik kerak; talabalarga bilim berishda bir xil narsa va ma'lumotlarni doimo bir xil usulda o'rgatavermaslik kerak; uzviylik va izchillik asosida mavzularni qiziqarli qilib o'rgatish yoilarini kashf etib borish lozim;



  1. Pedagogika fanini milliy pedagogika sifatida tarkib toptirish va uni jahon fanlari tizimida yuqori darajaga ko'tarish.

  2. Pedagogika fani milliy mafkura, kadrlar tayyorlash milliy modeli, taraqqiyotning «o'zbek modeli» talablari va ilg'or rivojlangan davlatlar ta'lim standartlari asosida innovatsion yondashuvlar bilan o'z metodologiyasi va yo'nalishlarini tubdan isloh qilish.

  3. Pedagogika fanidagi tadqiqot saviyasi va uning metodologiyasiga innovatsion tus berish, ulardagi sifat o'zgarishlari va samaradorlikni muntazam rayishda baholab borishga erishish.

  4. Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda boshqa fanlarning ilg'or yutuqlaridan foydalanishga erishish, shaxsni bir butunlikda o'rganish va uni shakllantirish metodologiyasini yaratish.

  5. «Pedagogika fanlari tizim va tarkibini takomillashtirish, ijtimoiy pedagogika sohasida oila pedagogikasi, ma'naviyat-ma'rifat pedagogikasi alohida fan sifatida tarkib topishi. Professional pedagogikada iqtidorli bolalarni tanlash va ularni o'qitish, maktab, litsey, kollej, malaka oshirish, oliy va xususiy o'quv yurtlari ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish. Pedagogika nazariyasi va amaliyotining o'zaro bog'liqligi, peda-goglar ommasining erkin ijodkorligiga sharoit yaratish tajribalarini o'rganish va ommalashtirish tizimini tarkib toptirish».

6. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'limni texnologiyalashtirish: pedagogik texnologiya, ta'lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi, innovatsion ta'lim texnologiyasi va shu kabilarni alohida o'rganish, ular asosida innovatsion pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya va zamonaviy axborot texnologiyalarni ishlab chiqish orqali ta'limni hamda pedagogik tadqiqotlarni kompyuterlashtirishga erishish, shuningdek, zamonaviy ta'lim texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish.

  1. Uzluksiz ta'lim tizimida bola tarbiyasi rivojining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash konsepsiyasini ishlab chiqish hamda barkamol avlodni shakllantirishga zamonaviy ta'lim texnologiyalari dan samarali foydalanishga erishish. Pedagogik diagnostika va prognoztika yo'nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini davr talabiga mos rivojlantirish. Bunda ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlaridan samarali foydalanishga erishish.

  2. Ta'lim-tarbiya tizimida modelli, modulli ta'lim texnologiyalariga keng o'rin ajratish va ular asosida kompyuter uchun muloqotli ishchi dasturlar tayyorlab, kompyuterli tizimlar yaratishga erishish va ulardan ta'lim-tarbiyaning innovatsion xususiyatlarini vujudga keltirishda keng foydalanish.

  1. Ta'lim-tarbiyajarayonida reyting-nazorattizimiga katta e'tibor berish va bu jarayonlarni boshqarishni zamonaviy kompyuterlar zimmasiga yuklashga harakat qilish.

  2. Uzluksiz ta'lim tizimidagi ta'lim-tarbiya tizimining maqsadi, vazifasi va mazmunini zamonaviy davr talablari asosida tubdan isloh qilishga erishish.

12. Ta'lim-tarbiya tizimi metodologiyasini tubdan isloh qilish konsepsiyasini, komil inson modelini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish.

  1. Ta'lim-tarbiya jarayoniga bir butunlikda qarab, unga «tizimiy yondashuv» tadqiqot usulini qo'llashga erishish.

  2. Tarbiyaning umumiy metodlarini takomillashtirish, sharq xalqlarining tarbiya borasidagi tajribalarini qoilash metodikasini yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insoniylashtirish; istiqlol mafkurasi asosida yoshlarning milliy dunyoqarashini shakllantirish, o'quv fanlarining aqliy kamolot imkoniyatini oshirish, sinfdan va maktabdan tashqari ta'lim-tarbiya ishlarining o'quvchilar dunyoqarashini tarkib toptirish darajasini oshirish; ma'naviy-axloqiy tarbiya mazmunini takomillashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish. Axloqiy tarbiyada sharq-ona namuna metodini qo'llash texnologiyasini yaratish».

  1. Kasbiy va mehnat tarbiyasining jamiyat, ishlab chiqarish, ilm-fan, texnika-texnologiyalar asosida rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

  2. Iqtisodiy va ekologik ta'lim-tarbiyani rivojlantirishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanishga erishish va bunda ilm-fan yutuqlaridan muntazam foydalanib borish mexanizmini yaratish.

  3. Ma'naviy-ma'rifiy tarbiyani yanada jonlantirish va yoshlarimiz g'oyaviy ongida bo'shliq hosil boiishga yo'l qo'ymaslik metodologiyasini yaratish.

  4. Aqidaparastlik va terrorizm ta'siridan yoshlarimizni asrashda kasbiy-kompyuterli o'yinlardan keng foydalanishga erishish, ayniqsa, kiberterrorizmdan yoshlarimizni asrash mexanizmini barpo 'tishga keng imkoniyatlar yaratish.

  5. Ijtimoiy va kasbiy pedagogikaning barcha sohalarini muntazam ravishda davr bilan mos holda takomillashtirib borishga erishish.

  6. Ta'lim-tarbiya sohasidagi barcha xattt-harakatlarimizni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa shu kabi davlat me'yoriy hujjatlari asosida olib borishga erishish va hokazo. Ushbu muammolar qatorini yana davom ettirish mumkin.


Yüklə 130,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin