HUJJATLARNI RO‘YXATGA QO‘YISH VA BAJARILISHINI NAZORAT QILISH
2. Hujjatlar ijrosini nazorat qilish Hujjatlar ijrosi ustidan nazorat boshqaruv apparati ishining sifati va tezkorligi ustidan nazorat bilan uzviy bog’liqdir. Ijro ustidan nazorat boshqaruv apparatida xujjatlar bilan ishlashni muntazam va faol takomillashtirishning muxim vositasi bulib xizmat qilishi lozim. Hujjat ijrosi ustidan nazoratni o’rganishda hujjatlarning ijrosini kim nazorat qilishi, nazorat qilinuvchi hujjatlar tarkibi, nazorat buyicha yo’riqnomalarning mavjudligi, aloxida guruxlarga mansub hujjatlar umumiy sonining necha foizi nazoratga olinishi, ijro muddatlarini belgilash tartibi, ijro muddatini kechiktirgani uchun jazo choralari, hujjatlarni nazoratdan chiqarish tartibi, nazorat qiluvchi apparat shakllarini aniqdash zarur.
Hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni o’rganish natijalari yuzasidan aloxida ma’lumotnoma tuziladi.
Bajarilishi lozim bo’lgan barcha hujjatlar nazoratga olinadi. Hujjatni nazoratga qo’yish, uni bajarilishini nazorat qilish demakdir.
Ijro yuzasidan nazorat qilinadi:
Yuqori organlarning topshiriqlari va farmoyishlari;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, uning umumiy komissiyalari topshiriqlari;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi topshiriqlari;
Xay’at majlislari bayonnomalari;
Xay’at qarorlari;
buyruqlar;
tashkilot raxbari va uning o’rinbosari topshiriqlari.
Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish nazorat bo’yicha nozirlikka yuklatiladi.Nazorat bo’yicha nozirlik haqidagi Nizomga binoan hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli ijrosi bo’yicha nazorat yuzasidan harakatlar nazorat hujjatlari ijrosi borishini tekshirish va tartibga solish, belgilangan muddatlarda ijroni hisobga olish va natijalarni taxlil etishni o’z ichiga oladi.
Tarkibiy tuzilma bo’linmalari va tobe tashkilotlar raxbarlari hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli ijrosi uchun shaxsan javobgardir, xat xabarlarni ular kelgan kuni ko’rib chiqadi, ijro talab etuvchi hujjatning har biri bo’yicha konkret ijrochi va muddatlar belgilaydi, boshqa tuzilma bo’linmalari bilan kelishish uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalarini kechiktirmay va bilimdonlik bilan ko’rib chiqishini ta’minlaydi.
Hujjatlar ijrosi uchun muddatlar belgilash tashkilotlar, korxonalar vazirliklarning Markaziy devoni ish tartibi kiritiladi: Taxminan hujjatlar ijrosi muddatiga bo’ladi:
Yuqori organlar hujjatlari bo’yicha farmoyish va topshiriqlarni bajarish borasida buyruqlar tayyorlash - 7 kungacha;
Hokimiyat maxalliy organlari, O’zbekiston Respublika xalq noiblari idoralari xatlari bo’yicha - 10 kun;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi majlislarining hujjatlari bo’yicha - 3 kun.
Ayrim hujjatlar bo’yicha xuquqiy ijro muddati belgilanishi mumkin. Ular raxbar, uning o’rinbosarlari kursatmalarida Kengash va majlislar bayonnomalarida qayd etiladi.
Hujjatning ijro muddati uning tashkilot va korxonaga kirib kelgan kunidan yoki tashkilot raxbari tomonidan imzolangan vaqtdan boshlanadi.
Hujjatning (topshiriq) ijro muddati faqat uni belgilangan shaxs orqali o’zaytirilishi mumkin. Ijro muddatining o’zaytirilishi ijrochi hujjatni (topshiriq) olish bilan yoki hujjat bajarilishiga kamida 2-3 kun qolganda, agar bajarish jarayonida belgilangan muddatda bajarilish imkoniyatida rasmiylashtirilishi kerak bo’ladi.
Hujjat unda ko’rsatilgan masalalar xal qilinib, ish moxiyati bo’yicha muallifga javob berilgan bo’lsa, bajarilgan sanaladi.
Ijrodan so’ng hujjatlar nazorat bo’yicha nozirlik nazoratidan olinadi. Nazoratdan olish uchun xat-so’rovlarga javoblar nusxasi, direktiv organlar hujjatlarini bajarish borasida chiqarilgan xay’at qarorlarini NR nusxasi va buyruqlar, shuningdeq, raxbariyat nomiga tegishli bandlarini bajarganlik haqida nazoratdan olish haqida tegishli qaror bilan xay’at majlislarining bayonnomalari, qarorlari, buyruqlar va raxbariyat topshiriqlari asos bo’ladi.
Nazorat hujjatlari va topshiriqlar ijrosi haqidagi ma’lumotlar har oyning birinchi sanasi xolatiga ko’ra umumlashtiriladi va raxbariyatga ma’lum qilinadi.
Hujjatlarni ro’yxatga olish nusxa olish, ko’paytirish apparatlari va hisoblash texnikalari, kompьyuter yordamida amalga oshirilishi mumkin. Qabul qilingan hujjatlarni ro’yxatga olish varaqasi