Fani bo`yicha


BOSHLANG`ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITISH METODIKISI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/10
tarix20.05.2018
ölçüsü0,59 Mb.
#50996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

BOSHLANG`ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITISH METODIKISI
REJA:

1. Boshlang`ich sinflarda borliqni idrok etish mashg`ulotlari metodikasining o`ziga xos xususiyatlari.

2. Boshlang`ich sinflarda badiiy-qurish yasash mashg`ulotlari metodikasining o`ziga xos xususiyatlari.

3. Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari metodikasi.

4. Boshlang`ich sinflarda o`ziga qarab Haykal ishlash metodikasi.

5. Boshlang`ich sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari metodikasi.

6. Boshlang`ich sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari metodikasi. 7. Boshlang`ich sinflarda Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlari metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda tasviriy san`atni o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari, avvalo bu sinflardagi ta`lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat Hamda layoqatlariga qarab belgilanadi.

Ma`lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq niHoyatda erta boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma`lum. SHunisi xarakterliki, bolalar o`qish va yozishdan ko`ra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan rasmlarning davomiyligi juda qisqa bo`ladi, 1-2 minut, ko`pi bilan 4-5 minutda Har qanday rasmni tugallab qo`yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar savodli bo`lmasa-da, biroq mazmunan biron-bir ko`rinishni, voqeani yoki buyumni o`z iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini tasvirlay oladilar. Bo`yoqlar bilan ishlash ularga ma`lum qiyinchiliklar tug`dirishi sababli ulardan foydalanishni aytarlik xush ko`rmaydilar. Lekin turli yorqin ranglar bilan bo`yalgan buyumlar bolalarda katta qiziqish uyg`otadi. Rasmlari yaxshi chiqmagan Holda o`z ishlaridan ixloslari tez qaytadi. Bunday sharoitda o`qituvchining bolalarga tez yordam ko`rsatishi va kayfiyatini ko`tarishga Harakat qilishi foydadan Holi bo`lmaydi.

Boshlang`ich sinf o`quvchilarining tasviriy faoliyatlarining xarakterli jiHatlaridan yana biri ularning chizadigan rasmlarini soddalashtirishga bo`lgan xarakatlaridir. Ular ayrim narsalarning oldi ko`rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfel) ayrimlarini yon tomonidan (mashina, qayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana boshqalarini ustki tomonidan (kapalak, barg, ninachi, qo`ng`iz v.b.) tasvirlaydilar. Bunga asosiy sabab bu yoshdagi bolalar Hali narsalarni yorug`soya, perspektiv qisqarishi va ularning qoidalarini uncha tushunib etmaganliklaridir.

Bolalar ijodiga xos yana bir jiHat bor, u Ham bo`lsa tasvirlarni (buyumlarni) bir-birlarini to`sib turgan (yoki qisman) Holda tasvirlanmasligidir. CHunki bolalar narsalarni doimo butun Holda idrok etadilar.

YUqorida qayd qilingan tasviriy faoliyatlarning bu Hususiyatlari bolalar tafakkurining konkret, obrazli va emotsional tarzda bo`lishligi bilan bog`lanadi.

Endi boshlang`ich sinflarda tasviriy san`at darslarini o`tkazish metodikasining o`ziga xos xususiyatlari Haqida to`xtaladigan bo`lsak avvalo uning quyidagi to`rt turi qayd qilinishi lozim:

1. Borliqni idrok etish. 2. Badiiy qurish-yasash. 3. Naturaga qarab tasvirlash (naturaga qarab rasm ishlash, naturaga qarab Haykal ishlash). 4. Kompozitsion faoliyat.

Borliqni idrok etish mashg`ulotlari 1-4- sinf dasturida aks etgan bo`lib, uning maqsadi bolalarni o`rab olgan borliq Haqida, ulardagi narsa va Hodisalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari Haqida tasavvur Hosil qilishdir. CHunki, bolalar tevarak-atrofni, ya`ni tabiat, Hayvonlar va qushlar olami, Hashoratlar va baliqlar, odamlar, obi-Havo, predmet va buyumlar, qurilish va transport vositalari Haqida yaxshi tasavvurga ega bo`lganliklari taqdirdagina ularning rasmlarini aniq-ravshan tasvirlaydilar. Borliqni idrok etish mashg`ulotlarining mazmunidan kelib chiqqan Holda amaliyotda ularni o`rganishi kerak bo`lgan quyidagi yo`llar qo`llaniladi:

1. Buyumni, tabiatni o`ziga qarab kuzatish orqali o`rganish.

2. Borliq Haqida o`qituvchining suHbati orqali o`rganish.

3. Savol-javob orqali o`rganish.

4. Borliqni rasmini chizish orqali o`rganish.

5. O`qituvchining pedagogik rasmi orqali o`rganish v.b.

O`qituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo mashg`ulot mavzusi bilan bog`liq Holda bo`lib, ular o`z tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari bilan sodda, tushunarli, bolalarda His-Hayajon uyg`otadigan bo`lishligi maqsadga muvofiqdir. Eng muHimi, bunday materiallar o`quvchilarni o`ylashga majbur etadigan, bolalarni yangi tushunchalar bilan boyitadigan bo`lishligi muHim.

Namoyish etiladigan narsalar, ularning tasvirlari Haqidagi ma`lumotlarni bolalarga og`zaki etkazishda ularning taHlili muHim aHamiyat kasb etadi. Bu taHlil bevosita narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, ularning moHiyati Haqida savol-javob tarzida o`tkazilishi maqsadga muofiqdir.

Quyida borliqni idrok etish mavzusiga doir mashg`ulot ishlanmasi beriladi.

Dasning mavzusi: Kuzgi tabiat manzarasini idrok etish.

Darsning vazifalari: Kuzatuvchanlik, sinchkovlik, diqqat va xotirani o`stirish. Tabiatdagi go`zallikni ko`ra bilishga va qadrlay olishga o`rgatish. Kuzgi tabiat manzarasining o`ziga xos xususiyatlari va kuzgi ishlar bilan tanishtirish.

Darsning jiHozlanishi: Kuz fasli tasvirlangan rasm. Kuzgi ishlarga doir manzara tasviri. Tabiat qo`yniga sayoHat. Uni tashkil etishning imkoni bo`lmagani taqdirda san`at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan: O`.Tansiqboevning "Tog`da kuz", Z.Inog`omovning "Kuz", N.Karaxanning "Oltin kuz", I.Haydarovning "Oltin kuz", H.Basharovning “O`zbek kuzi. SHaftolilar", G.CHernuxinning "Farzandlar va nabiralar", Usta Mo`minning "Xirmonda" va boshqalar. 12-rasm

Bu asarlarning Hammasi bilan o`quvchilarni tanishtirish shart emas. Ulardan ayrimlari (o`z xoxishiga ko`ra) tanlab olinadi.

Darsning mazmuni. Mashg`ulot asosan ikki yo`nalishda olib boriladi. Birinchisi, kuzgi tabiat manzarasining xarakterli xususiyatlarini estetik idrok etish, ikkinchisi kuzgi ishlarning o`ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida o`qituvchi shunday ob`ektni tanlashi lozimki, bu ob`ekt Ham kuz, Ham kuzgi ishlar uchun xarekterli ko`rinishda bo`lsin.

Dars o`quvchilarni maktab bog`i yoki dalaga sayoHatga olib chiqish va u erda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishdan boshlanadi. SayoHat jarayonida o`qituvchi bolalar e`tiborini chiroyli kuz manzarasiga jalb etadi. Ularga kuz fasli va bu vaqtdagi o`zgarishlar Haqida so`zlab beradi: "Bolalar, mana Hozir kuz fasli. U niqoyatda chiroyli, chunki, kuzda Havo soviy boshlaydi, natijada daraxtlarning barglari o`z rangini o`zgartiradi. Ba`zi barglar qizg`ish tusga kiradi. O`t-maysalar sarg`aygan bo`ladi, qisqasi, ular oltin rangga burkanadilar. Osmonda engil parcha-parcha bulutlar paydo bo`ladi. Ertalab kuzgi ekin va o`tlarning usti oppoq qirov bilan qoplanadi. Erga to`kilgan daraxt barglari oyoq ostida shitirlaydi. Oktyabr oyida kech pishar mevalar terib olinadi va tokdagi shirin-shakar uzumlar uziladi. YOng`oq qoqiladi. Kechki kartoshka, sabzi, piyoz, lavlagi kabi savzavotlar yig`ishtirib olinadi. Bunday ishlarni amalga oshirishda o`quvchilar ota-onalariga, maktab bog`ida esa maktab jamoasiga yordam beradilar. Kuzda shaHar va qishloqlarda ko`chat o`tkazish oyligi boshlanadi. Bu ishlarda Ham bolalar kattalar bilan bir qatorda qatnashadilar. Kuzgi yig`im-terim ishlari niHoyatda zavqlidir. SayoHat jarayonida o`qituvchi emotsional-estetik vaziyat Hosil qilish maqsadida bolalarga kuz va kuzgi ishlar Haqidagi she`rlardan namunalar o`qib beradi.

SHe`r o`qib bo`lingandan so`ng, tabiatning ko`rinishi bolalar bilan birgalikda taHlil qilinadi. TaHlil jarayonida kuzatilayotgan manzara yuzasidan bolalarga savollar beriladi. Bu savollar quyidagicha bo`lishi mumkin:

-kuzda tabiatda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?

- qarshingizdagi manzarada qanday daraxt turlarini ko`ryapsiz?

-daraxtlarning o`lchovi bir xilmi?

-daraxtlarning shakli bir-biridan qanday farq qilib turibdi?

- e`tibor bering, daraxt shoxlarining yo`g`onligi bir xilmi?

-daraxtlarning tanasi va shox-shabbalarining tuzilishi qanday?

-osmonga Ham razm soling, uning rangi qanday?

-osmondagi bulutlarning shakli yoki rangi qanday (bulutlar bor bo`lsa)?

-o`t va daraxtlarning rangida farq bormi?

-tabiatni kuzatish jarayonida yaxshi taassurot qoldirgan narsa nima?

Tabiatni kuzatish jarayonida bolalar ba`zi bir tabiiy materiallarni (urug`lar, barglar, mayda Hashoratlar, ildizlar) kolleksiya uchun yoki tasviriy ishlar uchun yig`ishlari mumkin.

Kuzatilayotgan ob`ekt yuzasidan savol-javob tugagach, o`qituvchi suHbatga yakun yasab, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi, kamchiliklarini to`ldiradi, xatolarini tuzatadi.

Agar dars sinfda o`tkaziladigan bo`lsa, o`qituvchi yuqorida nomlari qayd qilingan tasviriy san`at asarlarining reproduksiyalari, diapozitivlari, slaydlarini bolalarga ko`rsatib, sinfda o`quvchilar bilan birga taHlil qiladi. Lekin, shuni Ham qayd qilish lozimki, dars sinfda qanchalik ilg`or metodlar bilan olib borilmasin, baribir u aynan tabiat qo`yniga qilingan sayoHatning o`rnini bosa olmaydi. SHuning uchun o`qituvchi darsni iloji boricha tabiat qo`ynida o`tkazishga Harakat qilishi lozim.

Uyga bolalarni yashash joylaridagi bironta oltin rangga kirgan tabiat manzarasini kuzatish vazifa qilib topshiriladi.

Badiiy qurish-yasash mashg`ulotlarini boshlang`ich sinflarda o`tkazish rejalashtirilgan. Bunday mashg`ulotlarni o`tkazish uchun bolalarga turli-tuman tabiiy va badiiy materiallar zarur bo`lganligi sababli, o`qituvchi bu masalaga o`z e`tiborini ko`proq qaratishi kerak bo`ladi O`qituvchi barcha bolalarni bunday materiallar bilan ta`minlay olmagani taqdirda bu ishga o`quvchilarni jalb etishi zarur bo`ladi. Tabiiy va badiiy, tashlandiq materiallarni to`plash uchun sinfda maxsus joy ajratilgan bo`lishligi, uni bolalar ishtirokida to`lg`izib turilishi kerak bo`ladi.

Qurish–yasash mashg`ulotlariga xos bo`lgan bir muHim jiHat shundaki, bunda o`qituvchi va bolalar amaliy ishlarning bir vaqtni o`zida bajaradilar. Ayrim mashg`ulotlarda (ko`pincha 3-4-sinflarda) amaliy ish uchun Hamma tayyorgarlik ishlari tugangani va topshiriq barcha bolalar uchun tushunarli bo`lganidan so`ng asosiy ishga o`tiladi.

Badiiy qurish-yasash mashg`ulotlarida o`qituvchi bolalarni faqat bir xil material yordamida ishlash bilan chegaralab qo`ymasligi lozim. Ular Ham tabiiy, Ham badiiy, Ham tashlandiq materiallar bo`lishligi mumkin.

Bunday mashg`ulotlarda o`qituvchi tabiiy va tashlandiq materiallar yordamida Hashorat, qush, Hayvon, odam kabilarning shaklini ko`rsatishi muHimdir. Masalan, ildizda ilon, kaltakesak, ilon baliq, yong`oq po`chog`ida toshbaqa kosasi, tuxum po`chog`ida pingvin, jo`xori o`zagida Hayvon tanasi shakllarini ko`rish mumkin. Badiiy qurish-yasash ishlarida o`qituvchi materiallarning xususiyatlari (qattiq, yumshoq, mo`rt, og`ir, engil, yaltiroq, egiluvchan v.b.), ular bilan to`g`ri munosabatda bo`lishlik Haqida Ham bolalarga etarlicha va keng tushunchalar berishi kerak bo`ladi. Turli materiallardan yasalgan narsalarni to`plab, ularni bolalarga tez-tez namoyish etib turish, ularning ijodkorligini faollashtiradi, tabiiy va tashlandiq materiallardan samarali foydalanishga yo`naltiradi.

Mashg`ulotlarning samaradorligi bolalarni uyda, ko`chada, sayoHat vaqtida tabiiy va tashlandiq materiallarni ko`plab yig`ish Hamda maktabga olib kelishga Ham bog`liq. SHuning uchun o`qituvchi Har bir darsda bu Haqda bolalarga ko`rsatma berishi, yangi bajarilgan orginal qurish-yasash ishlaridan ularga ko`rsatib turishi yaxshi natijalar beradi.

Quyida badiiy qurish-yasashga doir dars ishlamasi beriladi.



Darsning mavzusi: Hayvonlar tasvirini tabiiy materiallardan applikatsiya uslida ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarni tasviriy faoliyatda turli materiallardan foydalanish Haqidagi tushunchalarini kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Narsalar shaklini va o`lchov nisbatlarini ko`ra bilishga o`rgatish. Applikatsiya ishlash malakalarini o`stirish.

Darsning jiHozlanishi: Hayvonlarni tabiiy materiallardan ishlangan rasmlari, yangi yoki quritilgan barglar, bolalar kitoblariga ishlangan illyustratsiyalar.

Darsning mazmuni: O`qituvchi bolalarning bilimlarini boyitish va tasavvurlarini o`stirish uchun ular ko`rgan Hayvonlarini eslashni taklif etadi. O`qituvchi savol berib, bolalarni Hayvonlarning nomi va tashqi qiyofasi Haqidagi bilimlarini tekshirib ko`radi. Bunda u quyidagi savollarni berishi mumkin: “Bolalar, mana bu rasmlarga qarang, nimalarni ko`ryapsiz? Ularning tashqi qiyofalari bir-biriga o`xshaydimi? Ularni farq qiluvchi belgilarini aytib bering. Ulardan qaysilarini ko`rgansiz? Nomlarini ayting! Ana shu rasmdagi Hayvonlarning barglardan ishlangan applikatsiya tasvirini ko`rsating va xarakterli belgilariga ko`ra nomini ayting! O`z oldingizda turgan barglardan ko`rgazmali qurolda tasvirlangan birorta Hayvonning tashqi ko`rinishiga mos keladiganlarini tanlab oling! Ana shu barglardan nima qilish mumkin? Mana bu applikatsiya qanday barglardan ishlangan”? v.b.

So`ng o`qituvchi o`quvchilarning javoblaridagi kamchiliklarni to`ldirib, ko`rgazmali qurol asosida ularning tushunchalarini yanada boyitadi. Buna o`qituvchi bolalarning diqqat-e`tiborini asosan Hayvonlarning tashqi ko`rinishlariga, qiyofalariga, xarakterli belgilariga, o`lchovlari va o`lchov nisbatlariga qaratishi lozim. Asosiy ishga o`tishdan avval o`qituvchi bolalarga xar xil tabiiy va badiiy materiallarni ko`rsatib, ulardan turli Hayvonlar ishlash mumkinligini bildiradi. 12-rasm. Navbatdagi ish o`quvchilarga barglardan biror Hayvonning tashqi ko`rinishini amaliy tarzda ko`rsatishdir. Masalan, o`qituvchi bolalarga xo`roz tasvirini ishlab ko`rsatish uchun kattaroq bargni tanlab oladi va uni o`rtasidan qaychida qirqib, teng ikkiga bo`ladi. Bargning bir tomonidan xo`rozning bosh qismini tasvirlash uchun bir ozgina qiyib tashlaydi. So`ngra uni fon uchun tanlangan qog`ozga yopishtiradi. Keyin xo`rozning oyoqlarini mayda barglardan yasaydi. Mo`yqalam yordamida xo`rozning qora rang bilan ko`z va og`zini chizadi. 13-rasm.

Bolalar tayyorlangan barg shakllarini o`qituvchining ruHsati bilan, yopishtirishga o`tadilar. Bunda Hayvon tasvirining qaysi detallari tasvirning tagida qolishi kerak bo`lsa, oldin o`sha qismi yopishtiriladi. So`ngra boshqa qismlarini yopishtirishga o`tiladi. Bunda o`qituvchi barglarni qog`ozga yopishtirishda eHtiyot bo`lishni, bargning orqa tomoniga mo`yqalamda elim surgach, kerakli joyga qo`yib, ustidan latta bilan bosib, tekkislash va ortiqcha elimni latta bilan astalikda artib olish kerakligini eslatadi.

Dasr oxirida o`quvchilarning ishlari namoyish taxtasiga qo`yiladi va bolalar bilan birgalikda taHlil qilinadi.

Uyga xo`roz tasvirini kattaroq o`lchovda, boshqa shakldagi va rangdagi barglardan tayyorlash vazifa qilib topshiriladi.

Naturaga qarab tasvirlash boshlang`ich sinflarda etakchi o`rinlardan birini egallaydi. U bolalarga rasm va Haykal ishlashning elementar qonun-qoidalarini o`rgatadi.

Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi. 1.Narsaning o`ziga qarab rasm ishlash. 2.Narsaga qarab Haykal ishlash.



Naturaga qarab rasm ishlash bolalarning yoshlik xususiyatlarini Hisobga olgan narsalarni o`ziga qarab rasmini ishlashni nazarda tutadi.

Naturaga qarab rasm ishlash, naturani kuzatish, uning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlarini taHlil qilish, rasmlarni natura bilan solishtirish kabi metodlar asosida olib boriladi. Naturaning o`lchoviga qarab ularni chizish uchun yiriklarini sinfda 2-3 joyga, maydalarini Har bir partaga bittadan qo`yib chiqish kerak bo`ladi.

Mayda o`lchovdagi naturani, aytaylik bargni natura sifatida Hamma joyda bir xil bo`lishi shart emas, ularni bolalarni rasm ishlash layoqatiga qarab Har xil murakkablikdagisini qo`ysa bo`ladi.

Naturaga qarab rasm ishlashda bolalarni bosqichlar asosida rasm ishlashga o`rgatish muHim. Bunda bolalar, birinchi galda rasmni o`lchov jiHatidan to`g`ri belgilash, ikkinchidan rasmni qog`oz yuzasida to`g`ri joylashtirishga o`rgatiladi. Keyinchalik naturaning tasvirini ishlashga o`tiladi. Bunda rasm ishlashni ikki xil metodikasi qo`llaniladi: 1). Naturani yordamchi chiziqlar asosida belgilab olib rasmini ishlash. 2). Naturani bir yo`la bo`laklar shaklining rasmini ishlashdan boshlanib, so`ngra ularni umumlashtiriladi va bo`yaladi. 14-rasm.

Naturaga qarab rasm ishlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish bilan bir qatorda o`q chiziq, simmetriya o`qidan foydalaniladi. SHunindek, narsalar tasvirini bironta geometrik shaklga tushirib olib Ham ishlanadi. Xususan, ninachi rasmini ishlaganda avval uning qanotlarini to`rtburchak shaklida, soatni aylana shaklida chizib olinadi, keyinchalik uning tasvirini aniqlashtiriladi.

Boshlang`ich sinflarda rasm ishlash malakalarini Hosil qilish ko`proq naturaga qarab rasm ishlash bo`limiga to`g`ri keladi. SHuning uchun Ham bunday mashg`ulotlarda o`quvchilarning o`quv qurollari (qalam, o`chirg`ich, bo`yoq, daftar v.b.) bilan to`g`ri munosabatda bo`lishga, ularni to`g`ri ishlatishga o`rgatish muHimdir. Rasm ishlash malakalarini shakllantirish esa ma`lum tizimda amalga oshirilgani ma`qul. Ayniqsa, to`g`ri-tik, to`g`ri-yotiq, to`g`ri-og`ma, egri kabi chiziqlarni chizdirish, ularni teng yoki teng bo`lmagan bo`laklarga bo`lishga o`rgatish ma`lum ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. SHuningdek, shakllar, bo`yoqlar bilan yuzani qalam yoki bo`yoq bilan bir tekisda bo`yash yuzasidan bilim va malakalar Hosil qilishda Ham shu tartibga rioya qilinadi.

YAna shuni Ham qayd qilish lozimki, boshlang`ich sinf o`quvchilarining Hali rasm ishlash layoqatlarining pastligini Hisobga olib, ularga ortiqcha, murakkab vazifalar berib bo`lmaydi. Narsalar rasmini ishlashda ularning Hajmini yorug`soya, perspektiva qoidalari asosida tasvirlash Ham talab etilmaydi. SHuningdek, ular tomonidan chizilgan rasmga ortiqcha talablar Ham qo`yib bo`lmaydi.

Quyida naturaga qarab rasm ishlash bo`limiga doir mashg`ulot ishlanmasi berilgan.



Darsning mavzusi: Ninachining o`ziga qarab rasmini ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarni murakkab va simmetrik shakldagi narsalarning tuzilishi, shaklini ko`ra bilishga o`rgatish, ularning tasviriy malakalarini rivojlantirish. Tabiatga nisbatan meHr uyg`otish.

Darsning jiHozlanishi: Ninachi kolleksiyalari. Katta o`lchovda ishlangan ninachi rasmi va parallel sinf o`quvchilarining shu mavzuda ishlagan rasmlaridan namunalar.

Darsning mazmuni: YAngi mavzuni bayon qilishni o`qituvchi ninachilar Haqida qisqacha suHbat bilan boshlaydi:

Bolalar, yozgi ta`til vaqtida siz Har xil kapalak, ninachi, tillaqo`ng`iz kabi Hashoratlarni ko`rgan va ulardan kolleksiya to`plagan bo`lsangiz kerak. Ma`lumki, ninachilar shakli, tuzulishi, rangi, bezagi, o`lchovi jiHatdan niHoyatda xilma-xil bo`ladilar. SHunga qaramasdan, ularning bir-biriga o`xshash tomonlari ko`p. Ninachilarni o`xshash va umumiy tomonlarini solishtirib ko`rish orqali bilib olish qiyin emas. Ninachilar o`zlarining shakli, rangi va engil parvozi bilan kishilarga niHoyatda zavq bag`ishlaydi. SHuning uchun Ham ko`pchilik bolalar ularni sevishadi. Ularni tutib kolleksiya to`playdilar.

Ninachilar Haqidagi umumiy suHbat tugagach, katta o`lchovdagi bironta kapalak rasmi doskaga osib qo`yiladi va u bolalar bilan birgalikda taHlil qilinadi.

TaHlil quyidagicha savollar yordamida amalga oshiriladi:

-Ninachi qanday bo`lakladan tashkil topgan?

-Ninachining qanoti qanday ko`rinishda?

-Ninachining bosh qismi va tanasining shaklichi?

-Ninachining tanasi va qanotlarida qanday ranglar bor?

-Ninachi simmetrik shakldami yoki yo`qmi?

-Nima sababdan ninachini simmetrik shaklda deymiz?

-Ninachining qanoti, tanasi, boshi, mo`ylovi o`zaro qanday tutashgan?

O`qituvchi ninachilarni namunalarini ko`rsatadi va ularni rasmini chizish usulini doskada ko`rsatadi. 15-rasm. Bu ishni u birinchi galda rasmni qog`oz yuzasida kompozitsion jiHatdan to`g`ri joylashtirishni tushuntirishdan boshlaydi. SHu maqsadda u o`zi ishlagan namunaviy rasmni va parellel sinf o`quvchilarining ishlagan rasmlaridan namunalarni bolalarga ko`rsatadi.

Rasm chizish simmetriya o`qini belgilash va ninachining umumiy balandligini yotiq chiziq bilan, enini og`ma chiziqlar bilan belgilab olishdan boshlanadi. So`ngra simmetriya o`qi ustida ninachining boshi, tanasi, dumining tasviri ishlanadi. Oxirida esa belgilangan yotiq va og`ma chiziqlar orasida ninachi qanotlarining rasmi tasvirlanadi. Rasm chizishdagi bosqichlarni o`qituvchi ba`zi o`quvchilarga og`zaki takrorlatganidan so`ng uni doskadan o`chirib tashlaydi. So`ngra bolalar partalarga qo`yilgan ninachilarni kuzatadilar va ularning o`ziga qarab rasmini (qalamda va bo`yoq bilan) ishlaydilar. Dars oxirida sinfda ishlangan bolalar ishlaridan namunalar ajratib olinib, taHlil qilinadi. YAxshi ishlangan rasmlarning egalari rag`batlantiriladi, bo`sh ishlangan rasmlardagi xato va kamchiliklar qayd etiladi.

YAna bir boshqa ninachining o`ziga qarab rasmini chizish uyga vazifa qilib topshiriladi.

YUqorida qayd qilinganidek, naturaga qarab tasvirlash, naturaga qarab Haykal ishlashni Ham nazarda tutiladi.

Bu mashg`ulotlarning yana o`ziga xos jiHatlaridan biri bolalarda plastilin, loy, stek bilan to`g`ri munosabatda bo`lish, loy (plastilinni) parchalarini o`zaro qo`shish orqali Haykal ishlash, shuningdek, birgina yirik loy bo`lagidan ortiqcha joylarini olib tashlash orqali Haykal Hosil qilish metodikasini to`g`ri o`zlashtirib olishga qaratilganligidir. 16-rasm. O`quvchilar tomonidan topshiriqlarni bajarishda naturani barchaga to`liq ko`rinishiga erishish muHimdir. SHuningdek, naturani bolalar ishtirokida savol-javob orqali taHlil qilish, u Haqda to`liq tasavvur Hosil qilishga imkon beradi.

Boshlang`ich sinflarda bolalarning yosh xususiyatlarini Hisobga olib, o`zbek xalqiga xos bo`lgan mayda Haykalchalar yasashga oid ishlardan namunalar ko`chirtirish, bu san`at turining milliy badiiy an`analarini o`rgatishda muHim aHamiyat kasb etadi.

Quyida o`ziga qarab Haykal ishlash mavzusiga doir dars ishlanmasi beriladi.



Darsning mavzusi. O`yinchoq-toychoq Haykalini ishlash.

Darsning vazifalari. O`yinchoq-toychoqning tuzilishi, shakli, xarakterli tomonlarini ko`ra bilish va tasvirlashga o`rgatish. O`quvchilarning loy va plastilin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

Darsning jiHozlanishi. Turli zotli otlarning, shuningdek, o`yinchoq-toychoq Haykalchalari. O`yinchoq-toychoq yasovchi ustalarning ish Holatidagi rasmlari.

Darsning mazmuni. Dars o`qituvchining otlar Haqidagi suHbati bilan boshlanadi. Bunda otlarning qaysi maqsadlarda boqilishi, ularning zotlari Haqida aloHida to`xtalinadi. SuHbatda ayniqsa, bizning diyorimizda otlarning mavjud turlaridan qorabayr, arabi, laqay, yovmut zotlari borligini qayd qilinadi. Bunday otlar va ularning toychoqlarining rasmlari namoyish etiladi. Namoyishda toychoqlarning tuzilishi, shakli, o`lchovlariga aloHida e`tibor beriladi.

O`zbek xalq kulolchilikgida azaldan ot mavzusi etakchi o`rinda bo`lib, ularning Haykalchalarini ishlash qadimdan rasm bo`lib kelgan. Bunga misol qilib Hamro RaHimova, Umarqul Jo`raqulov, AbduraHim Muxtorovlar yaratgan ishlarni kiritish mumkin. 17-rasm. Bu rasmda Umarqul Jo`raqulov rassom G.Ulko tomonidan tasvirlangan. Bu asar o`qituvchi tomonidan bolalar ishtirokida taHlil qilinadi. So`ngra bu ustalar tomonidan ishlangan toychoq Haykalchalari namoyish etiladi. O`yinchoq-toychoqdan birontasining tuzilishi, shakli, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, ranglari bolalar bilan birgalikda taHlil qilinadi. 18-rasm.

O`qituvchining navbatdagi ishi o`quvchilarga o`yinchoq-toychoq Haykalini amaliy tarzda ishlab ko`rsatishdir. Toychoq Haykali Ham aloHida loy bo`laklaridan ishlanadi. Bunda toychoqning tanasi, boshi, oyoqlari, dumi uchun loy bo`laklari tayyorlanadi va ularga kerakli ko`rinish berilgach barcha a`zolari birlashtiriladi. So`ngra, toychoqning tanasidagi mayda qismlarning shakllari ishlab chiqiladi. SHu kabi tayyorgarlik ishlari tugagach, toychoqning tanasiga namlangan barmoqda yoki xo`l latta yordamida silliqlab ishlov beriladi.

O`quvchilar mustaqil ishga kirishganlaridan so`ng o`qituvchi Haykal ishlashda qiynalayotganlarga individual yordam ko`rsatadi.

Dars oxirida barcha ishlar namoyish taxtasiga qo`yildi va o`quvchilar bilan birgalikda taHlil qilinadi.

Uyga sinf ishini davom ettirib tugallash vazifa qilib topshiriladi.



Kompozitsion faoliyat mashg`ulotlari boshlang`ich sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya va Haykaltaroshlik kompozitsiyasi kabi qismlardan tashkil topadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlarida bolalar ko`proq yil fasllari, bayramlar, ommaviy tomoshalar, qishloq va shaHar meHnatkashlarining kundalik meHnati, qush va Hayvonlar Hayoti kabilarga doir mavzularda rasm ishlaydilar. Bunday mashg`ulotlarda o`qituvchi o`zining asosiy e`tiborini bolalar rasmlarida aks etadigan g`oya, rasm mazmuni, rasm elementlarini qog`oz yuzasida kompozitsion jiHatdan to`g`ri savodli qilib tasvirlanishiga qaratishi lozim. Boshlang`ich sinflarda tasvirlanayotgan jarayon yoki narsalarning Hajmini yorug`soya, perspektiva yordamida tasvirlash talab etilmaydi. Perspektiva qoidalariga rioya qilish talab etilmasada, biroq, yaqindagi narsalarni yirikroq, uzoqdagisini kichikroq tasvirlanishi lozim. Rangtasvir kompozitsiyasida tasvirlangan Hayvonlar, qushlar, odamlar o`rtasidagi bir-birlari bilan bog`liqlikni, aloqadorlikni Ham aks ettirish kerak bo`ladi. Kompozitsiyadagi barcha elementlar o`zaro bog`liqlikda tasvirlanishi shart. Bolalar rangtasvir kompozitsiyasini xarakterli xususiyatlaridan biri, ularning rasmlaridagi soddalik, jo`nlik, dunyoni o`zlaricha idrok etishlari va tasvirlashlari Hisoblanadi. Ulardagi bu xususiyatlar bolalar rasmlarida saqlanishi lozim. O`qituvchining bu masaladagi asosiy vazifasi bolalarning ijodiy faolligini oshirishga, rasmdagi g`oyani to`liq ifodalay olishga, rasmni emotsional ta`sirini kuchaytirishga ta`sir ko`rsatishdan iborat.

Quyida rangtasvir kompozitsiyasiga doir dars ishlanmasi berilgan.



Darsning mavzusi: "Varrak uchirish" mavzusida rasm ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarning rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Badiiy bilim doirasini kengaytirish. Ko`rish xotirasi va ijodiy qobiliyatlarini o`stirish.

Darsning jiHozlanishi: Bolalarning turlicha Harakatdagi Holatda turgan sxematik rasmlari. Rassomlarning varrak uchirishga doir ishlagan asarlarining reproduksiyalari. Masalan, M.Kagarovning "Varrak uchirayotgan bola", CH.Axmarovning "Varrak uchirish" nomli asarlarining reproduksiyalari, o`qituvchi tomonidan ishlangan "Varrak uchirish" mavzusidagi kompozitsiya variantlari, varrakning asl nusxasi va boshqalar.

Darsning mazmuni: YAngi mavzuning bayoni suHbat bilan boshlanar ekan, o`qituvchi unda o`quvchilarning baHor va baHorgi o`yinlar Haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xarakat qiladi. Bunda u o`quvchilarga baHor faslida o`t-o`lanlarning yam-yashil tusga kirishi, boychechak, gunafsha, lola kabi gullarning ochilishi, daraxtlarning kurtak chiqarishi, laylak, qaldirg`och kabi qushlarning uchib uzoq o`lkalardan bizning diyorimizga kelishi, ayniqsa, baHorda bolalarning varrak uchirishlari Haqida so`zlab beradi. M.Kagarov va CH.Axmarovlarning varrak uchirishga doir suratlarining reproduksiyalarini namoyish etib, taHlil qilinadi. 19-rasm. So`ngra, o`quvchi varraklarning turlari va yasalish tartibi Haqida o`quvchilarga qisqacha tushuncha beradi va ularning rasmlarini ko`rsatadi. Varrakning uchishida ko`proq shamolning roli katta ekanligi va uning ochiq joylarda, qir-adirlarda kuchliroq esishi Haqida so`zlab beradi.

Kompozitsiya uchun quyidagi mazmun tavsiya etiladi: 1. Bolalar varrakni uchirish uchun tayyorlamoqdalar. 2. Bolalar varrakni uchirish Harakatidalar. 3. Bolalar varrakni uchirish uchun olib kelishmoqda. 4. Bolalar varrak uchirmoqdalar v.b. Bunda o`qituvchi varrakning turlari bilan birga qog`oz laylak Haqida Ham ma`lumot beradi. Rasmni chizdirishda ko`proq o`quvchilarning diqqat-e`tiborini o`qituvchi "Varrak uchirish" mavzusiga oid o`zi namuna uchun ishlagan rasm kompozitsiya variantlariga qaratadi. 20-rasm. Bunda o`quvchilar e`tibori varrakning osmondagi Holati va uning ipini tortayotgan bolalarning Holatlariga qaratiladi. Mavzu asosida rasm ishlashdan avval qog`ozga kompozitsiyaning qalamtasviri chizib olinadi. Rasm guash bo`yog`ida ishlanadigan bo`lsa qog`ozning pastki qismi yashil, yuqorisi esa Havorang bo`yoqda bo`yaladi. Varraklar baland uchadigan bo`lganligi sababli qog`ozning osmon uchun ajartilgan qismiga ko`proq joy qoldirgan ma`qul. Rasmda dala yoki qir tasvirlanayotgan bo`lsa, ularning xususiyatlarini Hisobga olish lozim. So`ngra osmonda uchayotgan varrak va uning ipini tortayotgan bolaning rasmi ishlanadi. BaHor faslida ob-Havo tez-tez o`zgarib turishi sababli osmonning turli chekkalarida engil bulutlar uchib yurgan bo`ladi. Ularni Ham bolalar o`z rasmlarida aks ettirishlari tasvirning yana Ham Hayotiy bo`lishligi uchun xizmat qiladi. Ochilib yotgan qoqio`tlar, lolaqizg`aldoqlar, uzoq-uzoqlardan ko`zga tashlanib turgan uylar, osmondan uchib o`tayotgan samolyot va qushlar rasmlari chizilishi Ham mumkin. Rasmda varrak uchirayotgan birgina bolaning o`zini tasvirlash etarli emas, bolalar guruHini ishlash maqsadga muvofiqdir.

Varrak uchirish mavzusida rasm chizishni xoHlamagan qiz bolalar yoki ba`zi bir o`g`il bolalar varrak rasmini ishlab, uni bezatishlari mumkin.

Agar rasm akvarel bo`yog`ida ishlanadigan bo`lsa, dastlab qog`oz sirti Ho`llanadi. Qog`oz qurigach, rasmni akvarel bo`yog`ida ishlashga o`tiladi. Dastlab osmon uchun qoldirilgan joy Havorang bo`yoqda ishlanadi. Er rasmini esa och yashil rangda va ayrim joylariga jigarrangdan qo`shib ishlanadi. Bunda yashil va jigarranglar aralashib ketib u er va o`sib yotgan ko`katlar rangini Hosil qiladi. Erni qip-qizil rangga bo`yab, qirlarda ochilib yotgan lolaqizg`aldoqlarning tasvirini bersa Ham bo`ladi. So`ngra varrak va ipni tortayotgan bolalarning rasmini bo`yoq bilan ishlashga o`tiladi. Ayrim xarakterli belgilar, masalan, varrakning ipi, butalarning shoxchalari va Hakozolar mo`yqalamning uchi bilan tasvirlanadi. O`qituvchi ish jarayonida vaqti-vaqti bilan o`quvchilarning yaxshi ishlagan rasmlaridan namunalar ko`rsatib turadi, ulardagi yutuq va kamchiliklarni qisqacha sharxlab beradi. Dars niHoyasida rasmlardan ayrimlari namoyish uchun qo`yiladi va ular o`quvchilar bilan birgalikda taHlil qilinadi.

Topshiriq ikki darsga mo`ljallangan bo`lib, birinchisida o`qituvchi baHor va bolalarning baHorgi o`yinlari Haqida suHbat o`tkazadi. SHuningdek, mavzuga doir san`at asarlarining reproduksiyalari, rasmlar, o`qituvchi tomonidan tayyorlangan kompozitsiya namunalari o`rganiladi va taHlil qilinadi. Topshiriq tushuntiriladi, kompozitsiya ishlash yuzasidan yo`l-yo`riqlar beriladi. Mavzuga doir xomaki ishlar bajariladi. Vaqt bo`lsa bolalar kompozitsiya ustida ish boshlaydilar. Ikkinchi darsda bolalar tomonidan avvalgi darsda boshlangan sinf ishi davom ettiriladi va yakunlanadi.

Uyga “Varrak uchirish” mavzusida yangi kompozitsiya ishlash vazifa qilib topshiriladi.



Darsning mavzusi: "Daraxt o`tqazish" mavzusida rasm ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarning badiiy ijodiy qobiliyatlarini, estetik didi va rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Tabiatni sevishga Hamda uni asrab-avaylashga o`rgatish.

Darsning jiHozlanishi: "Ko`chat o`tqazish" mavzusiga doir rasmlar. CH.Axmarovning mavzuga doir ishlangan suvrati (SHarqshunoslik instituti devoriga ishlangan freskadan fragment). O`qituvchi tomonidan tayyorlangan kompozitsiya variantlari.

Darsning mazmuni: Darsning boshlang`ich qismida baHor fasli va ko`chat o`tqazish oyligi Haqida suHbat o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi ko`chat o`tqazish, mevazorlar yaratishning aHamiyati va bu Haqda olim va donishmandlarning fikrlarini qayd qiladi.

O`zbek xalqi qadimdan bog`-rog`lar yaratib, cho`llarni bo`stonlarga aylantirgan. Ular o`rikzorlar, yong`oqzorlar, uzumzorlar, anorzorlar barpo qilinib, xalqimizning bunday mevalarga bo`lgan talablarini qishin-yozin qondirib kelganlar. Meva-chevalarning ko`payishi, ko`p jiHatdan xalqimizning sog`ligini yaxshilashga xizmat qilgan.

O`qituvchi o`z fikrlarini tasdiqlash maqsadida mevazor bog` rasmlarini, rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarning reprodkutsiyalarini namoyish etadi. Mavzu bilan bog`liq bo`lgan CH.Axmarov tomonidan ishlangan suvrat reprodkutsiyasi bu borada o`qituvchiga niHoyatda qo`l keladi. 21-rasm.

O`qituvchi u yoki bu mavzu bilan aloqador boshqa bironta asar reproduksiyasini bolalarga ko`rsatar ekan, u Haqda suHbat o`tkazadi. SuHbat quyidagi savollar orqali amalga oshiriladi:

-suvrat qaysi mavzuga bag`ishlangan?

-nega shunday deb Hisoblaysiz?

-suvratda qanday voqea tasvirlangan?

-suvratda kimlar tasvirlangan? Ularning Har biri qanday ish bilan mashg`ul?

-suvratdagi voqea qaysi faslda va qaysi oyda sodir bo`lyapti? uni qanday bilish mumkin?

-voqea qaerda sodir bo`lyapti? SHaHardami, yoki qishloqdami?

-suvratdagi voqea qaysi davrlarga xos? Uni qanday bilish mumkin?

-suvratning nimasi sizga ko`proq yoqadi?

-suvratni yanada mazmunli qilish mumkinmi? Qanday qilib?

-suvrat taHlili tugagach, o`qituvchi bolalarning javoblarini tuzatadi, to`ldiradi va umumlashtiradi.

O`quvchilarning baHor va ko`chat o`tqazish Haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida o`qituvchi ularga baHor Haqida, ko`chat o`tkazish Haqida she`rlar o`qib beradi.

SHundan so`ng o`qituvchi slayd, diapozitiv, fotolar, san`at asarlarining reproduksiyalarini namoyish etadi. Ulardan o`quvchilar o`zlarining ijodiy ishlaridan foydalanadilar.

Navbatdagi vazifa bolalarga topshiriq berish va uni tushuntirishdan iborat. Topshiriq ko`chat o`tkazish Haqida bo`lib, kompozitsiya uchun maktab bog`i, mevazorlar, shaxsiy xo`jalik, jamoa xo`jaligi bog`i, ko`cha-kuylar ob`ekt qilib olinadi. Tasvir uchun voqea qaerda bo`layotganligini Hisobga olib, odamlar, daraxtlar, Hayvonlar, qushlar, daryolar, ko`llar, tog`lar tanlanishi mumkin.

SHundan so`ng, o`qituvchi rasm kompozitsiyasi Haqida gapirib, uning bir nechta variantlari to`g`risida to`xtaladi Uni o`qituvchi xomaki tarzda qalamtasvirda uyda tayyorlab kelgan bo`ladi. Rasmlarning uchchala variantida Ham bir xil voqea va bir xil rasm elementlari mavjud bo`ladi. Ularning bir-biridan farqlari faqat rasm elementlarining kompozitsion jiHatdan joylashuvlaridadir. Kompozitsiya bilan bir qatorda o`qituvchi rasmning qanday ranglar bilan bo`yalishi Haqida Ham fikr yuritadi. Bunda rasm ranglarida baHor nafasi anqib turishi, iliq ranglarni ko`proq ishlatilishi Haqida aloHida to`xtaladi. Rasmni bo`yash Haqida gap borganda uning qoidalariga rioya qilish lozimligini Ham o`qtiriladi. Xususan, avvalo katta yuzalar, och rangli joylar, keyinchalik to`qroq va kichik yuzalar bosqichma-bosqich bo`yalishi qayd qilinadi.

Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida yordamchi material vazifasini bajaruvchi rasmlar namoyish taxtasida darsning oxirigacha qoldiriladi.

Bolalar mustaqil ishga kirishganlaridan so`ng o`qituvchi bolalarga individual, kerak bo`lgan taqdirda umumiy yordam beradi. Individual yordam ko`proq bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarga ko`rsatiladi.

Dars ikki soatga mo`ljallagan bo`lib, uning birinchi qismida bolalar rasmni qalamda, ikkinchi qismida bo`yoqlar bilan tasvirlaydilar.

Ikkala darsning oxirida Ham o`quvchilarning sinfda bajargan ishlariga yakun yasaladi. Bunda bolalar ishlagan turli darajadagi rasmlardan namunalar ajratib olinib, ular butun sinf bolalari ishtirokida taHlil qilinadi.

Uyga vazifa qilib, Har ikkala dars oxirida uyga sinfda bajarilgan ishlarni davom ettirish topshiriladi.

Boshlang`ich sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari naqsh ishlash, ertak va Hikoyalar asosida illyustratsiyalar ishlash kabilarni nazarda tutadi. Bu borada naqsh ishlash mashg`ulotlari katta o`rinni egallaydi. Ayniqsa, yo`lsimon, kvadrat, to`rtburchak, aylana shaklidagi naqsh namunalaridan ko`chirib o`rganishga, o`zbek xalq amaliy san`ati namunalarini o`zlashtirishga aloHida e`tibor beriladi. 22-rasm. Bunda ko`proq naqsh kompozitsiyasi, rang, elementlarni to`g`ri tasvirlash, ularni ijodiy xarakterda bo`lishligiga, naqsh foni bilan uning elementlarining ranglari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik, stilizatsiya masalalari o`qituvchining diqqat markazida bo`lishi Hisoblanadi. 23-rasm. SHuningdek, naqsh gulining nomlarini Ham o`quvchilarga ko`rgazmali tarzda tushuntirib borish talab etiladi. 24-rasm. Dastlabki mashg`ulotlarda bolalar yo`lsimon naqsh namunalaridan ko`chirsalar, keyingisida naqsh sxemalari va elementlari asosida, oxirida butunlay ijodiy naqsh chizadilar. Quyida kvadrat shaklidagi naqsh sxemasi va elementlari ko`rsatilgan. 25-rasm.



Darsning mavzusi. Anor tasviridan yo`lsimon naqsh ishlash.

Darsning vazifalari. O`quvchilarni yo`lsimon naqshlar Haqidagi tushunchadarini yanada kengaytirish. Mevalardan naqsh tuzish mumkinligi Haqida tushuncha Hosil qilish. Qalam va mo`yqalam bilan rasm chizish malakalarini rivojlantirish.

Darsning jiHozlanishi. Meva va sabzavotlar tasviridan ishlangan naqshlar. Anor va uning stilizatsiyalangan tasvirlari.

Darsning mazmuni. YAngi mavzuni bayon qilishda uzum, anor, kungaboqar tasviridan tuzilgan naqshlar, anorning stilizatsiyalashgan tasvirlari ko`rsatiladi va tushuntiriladi. 26-rasm. So`ngra anor shaklidan ishlangan yo`lsimon naqshni kompozitsiya variantlari ko`rgazmali qurol yordamida tushuntiriladi. O`quvchilar bu naqshdan birontasining rasmini ishlaydilar va rangini o`zlari mustaqil ravishda tanlaydilar.

O`qituvchi o`quvchilarning tasvirlay olish malakalari va tayyorgarligini Hisobga olib, anor tasviridan ishlangan uchta naqshdan birontasini chizish yo`li o`quvchilarga rasmda ko`rsatilganidek amalga oshiriladi. 28-rasm.

Uyga vazifa qilib anor tasviridan boshqacha kompozitsiyada naqsh ishlash topshiriladi.

Darsning mavzusi. Doira shaklida mustaqil naqsh ishlash. (Sxema va elementlar asosida).

Darsning vazifalari. O`quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va badiiy didlarini o`stirish. Halam va mo`yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

Darsning jixozlanishi. O`zbek Halq amaliy san`ati namunalari (so`zana, lagan, padnis, choynak va boshqalar) yoki ularning fotolari.

Darsning mazmuni. O`qituvchi yangi mavzuni o`tishga kirishar ekan, avval o`quvchilarni xalq amaliy san`ati va doira shaklidagi naqshlar to`g`risida tushunchilarini mustaHkamlash maqsadida bolalarga savollar bilan murojaat qiladi. Bu savollar xalq amaliy san`atining qaysi turlarida doira shaklidagi naqshlar uchrashi, xalq amaliy san`ati buyumlarining vazifalari, ularining kompozitsiyalari, bezak elementlari, ranglari, naqshlarda ritm va simmetriya, bezak elementlarining ranglari o`rtasidagi aloqadorlik Haqida bo`ladi. SuHbatdan so`ng o`qituvchi asosiy masalaga o`tib, bunda doira shaklidagi naqsh sxemalari va bezak elementlari tasvirlangan ko`rgazmali qurolni bolalarga ko`rsatadi. Ko`rgazmali qurol yuzasidan fikr yuritganda bolalar e`tibori doira shaklidagi naqshlar va naqsh sxemalari o`rtasidagi umumiylik va farqqa qaratiladi.

Bu kompozitsiya sxemalarining birinchisida doiraning markazi bezatilib, chetlari bo`sh qolganligi, ikkinchisida esa aksincha, chetlari bezatilib, o`rtasi bo`sh qolganligi qayd qilinadi. Uchinchi sxemada esa bezak elementlari doiraning Ham markazi, Ham chetida bir tekis joylashganligi aytiladi.

Darsda bezak elementlarining nomlari bilan tanishtirish juda muHimdir. CHunki bu nomlar o`zbek amaliy san`atida keng qo`llanilgan. U xalq san`atini to`g`ri idrok etishida va dekorativ faoliyatlarda bolalarga niHoyatda yordam beradi. Bular barg, shobarg, bodom, chuchmoma, uchbarg, lola, barggul, chorbarg, paxta, kichkina oygul kabilardir.

O`quvchilarning vazifasi yuqorida ko`rsatilgan kompozitsiya sxemalaridan birontasini o`z daftarlariga chizish va rasmda ko`rsatilagan bezak elementlarining 2-3 tasidan foydalanib doira shaklida naqsh ishlashdan iboratdir. Naqsh xoshiyalari uchun quyida ko`rsatilgan elementlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar naqshni bo`yashga kirishishdan avval o`qituvchi ularga amaliy san`at buyumlarini yoki ularning fotolarini ko`rsatib, naqsh ranglariga bolalar e`tiborini yana bir bor qaratadi.

Dars oxirida bolalar ishlagan ishlardan eng xarakterlilari ajratib olinadi va ular Hamma o`quvchilar ishtirokida taHlil qilinadi.

Uyga doira shaklidagi yangi naqsh kompozitsiyasi ishlash vazifa qilib topshiriladi.

Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida illyustrativ rasm ishlashga aloHida e`tibor beriladi va u ertak, Hikoya, masal, she`r kabi badiiy asarlar asosida amalga oshiriladi. Bunday mashg`ulotlarning muvaffaqiyati ko`p jiHatdan uni to`g`ri tashkil etishga bog`liq. Buning uchun avvalo bolalar yoshiga mos, qiziqarli, tarbiyaviy aHamiyatga ega bo`lgan adabiy asar tanlash lozim. Qolaversa, asar mazmunini to`liq bolalar ongiga etkazish, undagi eng qiziqarli joylarni topish, asar bilan bog`liq yoki unga yaqin illyustratsiyalarni bolalarga namoyish etish, ularni g`oya, mazmun, kompozitsiya, rang jiHatidan taHlil qilish kerak bo`ladi.

Illyustrativ rasm ishlash mashg`ulotlarida o`qituvchi o`z e`tiborini bolalar rasmlarini ijodiy xarakterda bo`lishiga, asardagi personajlarni obrazli, o`zlariga xos xarakterli Holatda tasvirlanishiga, ularni va tevarak-atrofdagi boshqa tasviriy detallarni o`zaro aloqadorlikda tasvirlashlariga qaratishi lozim. SHuningdek, ular kompozitsiya qoidalariga rioya qilish, obraz va voqealarga mos ranglar tanlash, rasmda planlikni e`tibordan qochirmasliklari lozim. Imkoni boricha yaqindagi obraz va narsalarni yiroqroq, uzoqdagilarni kichikroq qilib tasvirlash lozimligini bolalar ongiga etkazish va uni o`z rasmlariga tadbiq qilishlariga yordam berish muHim.

Illyustrativ rasm ishlash mashg`ulotlarining yana bir muHim xususiyati bolalarda fantaziya, obrazli tasavvurlarni o`stirishga qaratilganligidir. Bu sifatlarni rivojlantirishga 3-4-sinflarda ko`proq e`tibor beriladi. Illyuyustrativ rasm ishlash, asosan ertak, Hikoya, masal kabi adabiy asarlar bilan bog`liq bo`lganligi sababli bolalar asardagi Hayvonlarni odamlar qiyofasida tasvirlashlariga ruHsat etiladi. Ular kiyimlar kiygan, odamlar yashaydigan uylarda yashayotgan, ular o`zaro gaplashayotgan va meHnat qilayotgan Hollarda tasvirlanishi mumkin. Bu o`z o`rinda bolalarni Hayajonlantiradi, ijodiy ishlarini faollashtiradi.

Ma`lumki, illyustrativ rasm ishlash mashg`ulotlari odam, Hayvon, qush va boshqa murakkab tuzilishdagi narsalarni tasvirlash bilan bog`liq. Ularni o`ziga o`xshatib savodli tasvirlash bolalarga ma`lum qiyinchiliklarni tug`diradi. SHuni Hisobga olib bu materiallarga doir ko`rgazmali qurollarni (odam, Hayvon, qush tasvirlangan) namoyish etish kerak bo`ladi.

Quyida illyustrativ rasm ishlash mavzusiga doir dars ishlanmasi berilgan.

Darsning mavzusi: “Susambil” nomli ertak asosida rasm ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va badiiy didlarini o`stirish. Qalam va mo`yqalamda ishlash malakalarini rivojlantirish. Rasmda ertak mazmunini ifodalashga o`rgatish.

Darsning jiHozlanishi: R.Levitskiyning “Susambil” nomli o`zbek xalq ertagiga ishlagan illyustratsiyasining reproduksiyasi. SHu ertak asosida boshqa sinf bolalari ishlagan rasmlardan namunalar, xomaki rasmlar. Bo`ri, eshak, xo`roz, xo`kiz, kalamush, ari kabilarning rasmlari. Qog`ozdan ishlangan o`yinchoqlar yoki plastmassadan tayyorlangan o`yinchoq nusxalari, Hayvonot dunyosiga bag`ishlangan diafilm, multfilm slaydlar.

Darsning mazmuni: O`qituvchi avvalo “Susambil” nomli ertakni so`zlab beradi. So`ngra ertakdagi eng qiziqarli voqealarni bolalardan so`raydi. Ma`lum bo`lishicha, ertakning qiziqarli joylari quyidagilar Hisoblanadi: eshak, Ho`kiz va xo`rozni o`z uylarini tashlab chiqib ketishlari, bu Hayvonlarni yo`lda kalamush, ari bilan do`stlashuvi, bo`rilar podshosini Hayvonlarni tutib keltirish Haqidagi buyruq berayotgani, bo`rilar bilan Hayvonlarning jangi, bo`rilar qochib o`z podshosiga bo`lgan voqeani gapirib berayotgani va boshqalar.

O`qituvchi so`zida davom etib, rassom R.Levitskiyning “Susambil” ertagiga ishlangan rasmi yuzasidan suHbat o`tkazadi.


32- rasm. Rasmda “Susambil” ertagidagi bo`rilar podshosi bo`rilarga eshak bilan Ho`kizni tutib keltirish Haqida buyrug`i tasvirlanganligini gapirib beradi. Rassom rasmda bo`rilardan tashqari daraxt, tog`, daryo, maysalarni tasvirlash orqali Susambilning niHoyatda chiroyli joy ekanligini ko`rsatib bergan. O`qituvchi illyustratsiyalar bilan bir qatorda bolalar yoki o`zining shu ertakka ishlangan rasmlarini ko`rsatishi va taHlil qilishi bolalarning ertak Haqidagi tasavvurlarni boyitadi, soHaga bo`lgan ishtiyoq, xavaslarini oshiradi.

O`qituvchining bu darsda kompozitsiya yuzasidan beradigan maslaHatlari niHoyatda muHimdir. Bunda o`qituvchi bolalarga rasmda ertakdagi qaysi voqeani, qanday Hayvonlarni, qanday manzarani (tog`, daryo, daraxt va Hakozo) tasvirlamoqchi ekanligini o`ylab olishlari Haqida maslaHat beradi. So`ngra chiziladigan Hayvonlar, daraxt, tog`, daryo, ko`llar qog`oz yuzasining pastki qismiga joylashtirilishi, birinchi planda nima, ikkinchi va uchinchi navbatda nimalar va qanday tasvirlanishi Haqida to`xtaladi.

Bolalar faoliyatini to`g`ri yo`naltirish, ishlanadigan kompozitsiyalarni badiiy jiHatdan yuksak va mazmundor bo`lishi uchun ertakdagi biror voqeaga ishlangan kompozitsiya nusxalarini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir. 33-rasm. Masalan, bo`rilar bazmini uch xil nusxadagi kompozitsiyasi ko`rsatiladigan bo`lsa, birinchi nusxalardagi rasmda ishtirok etadigan obraz va detallar qolgan ikkala variantda Ham tasvirlanadi. Biroq ular Har bir rasmda boshqacha kombinatsiyalangan bo`ladi. Bu rasmlarni ko`rsatish orqali o`qituvchi ertakdagi birgina voqea yuzasidan juda ko`p xil kompozitsiyalar ishlash mumkinligini dalillaydi namoyish etadi.

So`zining oxirida o`qituvchi rasmni bo`yashni tabiat manzarasidan boshlash, so`ngra Hayvonlarning rasmlariga o`tish va qanday ranglar bilan bo`yalishini maslaHat beradi.

Bolarar mustaqil ishlar jarayonida o`qituvchi tayyorlagan katta o`lchovdagi ko`rgazmali quroldan (Hayvonlar tasviridan) foydalanadilar. Amaliy ish jarayonida o`qituvchi bolalarga yordam ko`rsatadi.

Dars eng xarakterli rasmlarni ajratib olish va ularni o`quvchilar bilan birgalikda taHlil qilish bilan yakunlanadi.

Sinf ishini bo`yab tugallash uyga vazifa qilib topshiriladi.

Haykaltoroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlariga boshlang`ich sinflarda aloHida o`rin ajartilgan. Ularga Hayotiy mavzularda, shuningdek, ertak, Hikoya, masal mavzulari asos qilib olinadi. SHuningdek, Haykaltoroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlari uchun loydan yasalgan o`zbek xalq o`yinchoqlari an`analari asosida mazmunli Haykalchalar ishlash mavzulari Ham beriladi. Bunday mavzular qatoriga "Tuya va bo`taloq", "Ikki echki", "Poyga" kabilarni kiritish mumkin. Mazmunli Haykalchalar bolalar uchun qiyinlik qilganligi uchun topshiriqlar jamoa bo`lib bajariladi, bunda kompozitsiyada ishtirok etuvchilar, shuningdek ijodiy guruHlar soni va Har bir o`quvchining vazifasi belgilanadi. Masalan, "Tuyalar karvoni" mavzusida Haykaltoroshlikdan kompozitsiya ishlanadigan bo`lsa, mavzuga doir karvonboshi, 5-6 tuya (yuklari bilan) bir it, bir eshak Haykalchalarini ishlash kerak bo`ladi. Ularning Har birini bittadan o`quvchiga topshiriladi.

Ishlar tayyor bo`lgach, avvaldan kelishib olingan kompozitsiya loyiHasi bo`yicha Haykalchalar joy-joyiga qo`yiladi. Bunda karvonning eng oldida it, keyin eshak minib olgan karvonboshi, oxirida yuklangan 5-6 tuya ketma-ket qo`yiladi va kompozitsiya tayyor bo`ladi.

Haykaltoroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlarida o`qituvchi o`z e`tiborini quyidagi jiHatlarga qaratishi lozim. Bolalar kuchi va qiziqishiga mos mazmun (yoki onni) va kompozitsiyani topish, kompozitsiyada ishtirok etuvchi detallarni aniqlash, kompozitsiyadagi detallar o`rtasidagi aloqadorlikka bolalar e`tiborini qaratish, kompozitsiya detallarini to`g`ri tasvirlash talab etiladi.

Vazifani talablar darajasida bajarilishi uchun o`qituvchi mavzuga doir illyustrativ materialllarni namoyish va taHlil etishi muHim. SHu bilan birga vazifani bajarishga qiynalayotgan o`quvchilar yoki guruHlarga amaliy yordam ko`rsatiladi.

Quyidagi Haykaltaroshlik kompozitsiyasiga doir dars ishlanmalari berilgan.

Darsning mavzusi. “Tuyalar karvoni” mavzusida Haykal ishlash.

Darsning vazifalari: O`quvchilarni loydan Haykal ishlash malakalarini o`stirish. Badiiy fikr doirasini kengaytirish. SHakl, o`lchov, mutanosiblik orqali estetik tarbiyalash. Jamoa tarbiyasini amalga oshirish. Bolalarni badiiy fikrlashga o`rgatish, ularni ijodiy qobiliyatlarini o`stirish.

Darsning jiHozlanishi. Haykaltaroshlik darslari uchun kerak bo`ladigan o`quv qurollar, badiiy ashyolar, dars mavzusiga aloqador bo`lgan san`at asarlarining reproduksiyalari. O`yinchoq tuyalar. Katta o`lchovdagi tuya rasmi.

Darsning mazmuni. Darsda avvalo o`qituvchi saHro zonalarinig tabiati va iqlimi, Hayvon va qushlari Haqida to`xtaladi. O`quvchilarga buni cho`lda o`suvchi o`simliklardan – saksovul, tikan, saHro jonivorlaridan tuya, echkimar, ilon kabilar Haqida atroflicha so`zlab beradi va ularning rasmlarini ko`rsatadi. Tuyalarning Hayoti Haqida aloHida to`xtaladi. Tuyani saHroning kemasi deb Ham ataydilar. Tuyalar juda chidamli Hayvon bo`lib, bir oygacha suv ichmasdan va ovqatlanmasdan yura oladi. Bunday paytlarda ular o`z o`rkachlaridagi yog`laridan foydalanadilar. Tuyalar Haqida gap borganda, o`qituvchi bolalar e`tiborini ularning tuzilishi, shakli, o`lchovlari, o`lchov nisbatlariga qaratadi. Buning uchun u katta o`lchovdagi odam, eshak, tuya tasvirini, shu mavzudagi suvratlarning reproduksiyalarini yoki diapozitivlarini ko`rsatadi. Ana shu xildagi tushuntirishlardan so`ng o`qituvchi tuyalar shaklini loydan ishlashni amaliy tarzda bajarib ko`rsatadi. 34-rasm.

Tuya shakli aloHida loy bo`laklaridan ishlanadi. Buning uchun tuyaning tanasi, orqa va old oyoqlari Hamda bosh qismlari uchun loy bo`laklari tayyorlab olinadi. Ularga kerakli ko`rinishlar berilgach, o`z o`rinlariga yopishtirib chiqiladi. Odatda tuyalarning o`rkachlari bitta yoki ikkita bo`lishi mumkin. O`quvchilar o`z xoxishlariga ko`ra ularni bir yoki ikki o`rkachli qilib ishlaydilar. Tuyaning sirtidagi mayda detallar steklar yoki barmoqlar bilan silliqlab chiqiladi.

Bolalar “Tuyalar karvoni” kompozitsiyasini ishlashlari uchun sinfda aloHida 3-4 ijodiy guruH tashkil etiladi va ularga guruH boshlig`i tayinlanadi. Bu boshliqlar guruH ishi uchun javob beradilar.

GuruH a`zolari o`rtasida vazifalar taqsimlanadi. Har bir kompozitsiya uchun bir karvonboshi, eshak yoki ot, it, 5-10 tagacha yuklar ortilgan tuyalar, tuya ustida o`tirib ketadigan 2-3 ta odam Haykallarini yasash kerak bo`ladi. Ularning Haykalini yasash guruH a`zolari orasida bo`lashib olinadi. Har bir bolaga bittadan Haykalni yasash tavsiya etiladi. Har bir o`quvchi o`z vazifasini bajarib bo`lganidan so`ng, Har bir guruH a`zosi kompozitsiya ustida ishlaydi. Kompozitsiya uchun taxminan 30-40 sm kattalikdagi fanercha kerak bo`ladi. Fanerning ustiga Har bir figura quyidagi tartibda joylashtirib chiqiladi. Karvonning eng oldida it, so`ngra eshak mingan karvonboshi, tuyalar tasvirlanadilar. Tuyalarning ba`zilarida odamlar o`tirib olgan bo`lishlari mumkin. Karvonboshi kompozitsiyada eshakni etaklab ketayotgan Holda tasvirlanishi Ham mumkin.

Mazkur mavzu ikki darsga mo`jallangan bo`lib, birinchi darsning ko`proq qismi o`qituvchining karvon Haqida suHbati, shuningdek, it, eshak, tuya, odamlarning shakli, o`lchovi, tuzilishi Haqida bo`ladi. SHu bilan birga topshiriq mazmuni, guruH a`zolarining o`z vazifalarini belgilab olishlari va kompozitsiya mazmunining o`zaro kelishib olishlari Haqida bo`ladi. Ikkinchi dars to`laligicha o`quvchilarning mustaqil ishlariga bag`ishlanadi. Ish yakuni ikkinchi dars oxirida amalga oshiriladi. Bunda ijodiy guruHlar tomonidan tayyorlangan ishlar muHokama etilib, yaxshi ko`rsatkichga erishgan bolalar rag`batlantiriladi.

Uyga “Tuya va bo`taloq“ mavzusida Haykal ishlash vazifa qilib topshiriladi.



Darsning mavzusi. Ajdar Haykalini ishlash.

Darsning vazifalari. O`quvchilarda badiiy ijodiy qobiliyatlarni, tasavvurni (fantaziya) o`stirish. Haykaltaroshlik loyi, stek va qo`l bilan ishlash malakalarini o`stirish.

Darsning jiHozlanishi. Rassom A.Venediktov tomonidan Alisher Navoiyning “FarHod va SHirin” dostoniga ishlagan ajdar tasvirli grafik ishi. Ajdar Haykallari. ( X.Haqberdievning “AjdarHo” Haykali). Turli adabiyot va jurnallardagi ajdar rasmlari.

Darsning mazmuni. O`qituvchi ajdarni Hayotda bo`lmagani va uning ertak, doston va kinofilmlarda aks etishi Haqida suHbat o`tkazadi. SuHbatda ajdar Haqiqatda yo`qligi, uni xalq tomonidan o`ylab topilganligi, uning beo`xshov ilonsimon Hayvon ekanligi, ertak va dostonlarda ajdarni xalqqa ko`p yovuzlik qilishi, xalq qaHramonining bu Hayvon bilan yakkama-yakka olishuvi va uni o`ldirishi yuzasidan ma`lumotlar beriladi. SuHbat davomida o`qituvchi bolalarni darsdagi faolligini oshirish va ajdar Haqidagi tasavvurlarini kengaytirish maqsadida ularga bu Hayvon bilan bog`liq bir qator savollar berdi:

-ajdar ishtirok etgan qaysi ertaklarni bilasiz? Dostonlarni-chi?

-ajdar ishtirok etgan qaysi multfilm va kinofilmlarni ko`rgansiz?

-ajdarning badiiy asarlarda qanday sifatlari aks ettirilgan? (ko`p boshli, baHaybat, qo`rqinchli, og`zidan olov chiqaradi, og`zidan shamol chiqaradi, ko`zlari yonadi, qanotli v.b.)

-bu Hayvon ko`proq qaysi xalqlar xalq og`zaki ijodida uchraydi? v.b.

Savol-javoblardan so`ng o`qituvchi bolalar ajdar Haqidagi rasmlar, illyustratsiyalarni namoyish etadi va ular orqali ajdarning o`ziga xos jiHatlari bilan tanishtiradi. 35-rasm.

Bu suHbatda o`qituvchi bolalar e`tiborini ko`proq ajdarning o`lchovi, tuzilishi, qismlari va ularning shakli, o`lchov nisbatlari, qismlarning o`rni kabilarga qaratadi. SHuningdek, mazkur suHbatda o`qituvchi kulol ustalar tomonidan ishlangan Haykallardan ko`rsatsa yanada yaxshi bo`ladi. 36-rasm. CHunki bolalar bajarishlari kerak bo`lgan Haykal namunasini namoyish etilishi vazifani aniqligini ta`minlaydi.

Bolalar vazifani loy yoki plastilindan bajaradilar. Loydan bajarilgan ishlar maxsus kulolchilik pechida (o`chog`ida) kuydiriladi.

Dars sinfda bajarilgan Haykallardan eng xarakterlilarini ko`rgazmaga ajratish va taHlil qilish bilan yakunlanadi.

Uyga ajdarni turli ko`rinishlarini qalamda tasvirlash vazifa qilib topshiriladi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin