O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz davlat universiteti Sirtqi ta’lim Amaliy psixologiya yo’nalishi 301-guruh talabasi Sheraliyev Zuhriddinning “Talim muassalarida psixologik xizmat” fanidan “ Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish” mavzusi bo’yicha
KURS ISHI
Bajardi: 301-guruh talabasi
Sheraliyev Zuhriddin
Mavzu: Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish RЕJA:
Kirish
I BOB. Emotsional sohani korreksiyalash .
1.1.Yolg’izlik tushunchasini psixologik talqini
1.2. Yolg’izlik xorij psixologlarining tadqiqot ob’yekti sifatida
1.3. Havotirlanish psixologik fenomen sifatida
II BOB. O’smirlik davrida havotirlanishni shakllanishi
2.1 Xorij psixologlari tadqiqotlarida havotirlanish masalasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustaxkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish jarayonida hayotimizning barcha jabhalarida “Inson omili”ning roli ortib borishi kuzatilmoqda. Xozirgi davr yuksak qobiliyatli mutaxasislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda, modomiki, shunday ekan alohida olingan shaxslardagina emas, balki, mehnatkashlarning ijodiy imkoniyatlarini iloji boricha ko’proq rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intelliktual salohiyatiga aloqador fanlarning ro’li ortib borishi, xar bir inson shaxsida mavjud va yashirin tarzdagi imkoniyatlardan foydalanish, ularni ro’yobga chiqarish, yo’l-yo’riqlarini nazariy jihatdan ishlab chiqish extiyoji namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda agressiya, tajovuzkorlik va zo'ravonlik, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning ortishi hollari juda ko'p kuzatilmoqda. Shu sababli inson agressiv xulq-atvorining namoyon bo'lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini o'rganish, uni korreksiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish psixologlar uchun dolzarb masala bo'lib kelmoqda.
Ma’lumki, shaxs kamolga yetib borar ekan unga atrofdagi tashqi muhit, shaxslararo munosabatlar, ta’lim olayotgan muassasasi hamda oilaviy muhit tizimli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, shaxs hayotida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham farqlanadi. Bu esa, o’z-o’zidan shaxsda emosional holatlarda zo’riqish, havotirlanishni yuzaga kelishiga olib keladi va shaxsningkamol topishiga to’sqinliq qiladi.
Havotirlanish – bu odamning doimo o’zini tashvishli his etishi, turli vaziyatlarni xatarli holat sifatida idrok etishga moyilligidir. Havotirlanishning boshdan kechirilishi ham individual hususiyat bo’lib, bunday his noaniq boror xavf oldidan paydo bo’ladi. Havotirlanish ro’y berishi mumkin bo’lgan yoki ehtimol tutilgan noxushliklar, odat va vaziyatdagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. U tashvishli harakatlarda, holatning keskinligida va hokazolarda namoyon bo’ladi. Havotirlanishning yuqori darajada bo’lishi, odatda, faoliyatning samaradorligini pasaytiradi, shaxsda turli xil ziddiyatli xulq-atvori bilan birga kechadi. Odatda havotirlanishning shaxs hususiyati sifatidagi va vaziyat bilan bog’liq ikki turi farqlanadi. Shaxs xususiyati sifatidagi havotirlanish asab tizimining xususiyatlari va uzoq davom etadigan nohush muloqot bilan belgilanadi. Vaziyat bilan bog’liq havotirlanish yoki reaktiv havotirlanishlar aniq vaziyat bilan bog;liq bo’lgan va undan tashqarida namoyon bo’lmaydigan tashvishli holatdir.