Fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 268,22 Kb.
səhifə17/56
tarix18.11.2023
ölçüsü268,22 Kb.
#133016
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Zbekiston respublikasi-hozir.org

Nazorat uchun savollar:
1.Tabiat bilan tanishtirish ishini rejalashtirishning asosiy shakli nimalardan iborat?
2.Tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlar qanday tashkil etiladi?
3.Istiqbolli reja qanday tuziladi?
4. Mudiraning yillik rejasi qanday tuziladi?
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati.
1.O.U Xasanboyeva, X.J.Djabborova Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi. T.: Cho‘lpon. 2007.
2.H. Haydarov, S.Nishonova Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-tabiat bilan tanishtirish. T.: O‘qituvchi. 1992.
3.Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: O‘qituvchi. 1995.
4.Djabborova X.D. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim –tarbiya berishning o‘ziga xosligi. T.: O‘qituvchi. 2000.


8-Mavzu: Tarbiyachi hisobotining tabiatga oid ishlarni ahamiyati.Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini yoritilshi.

Reja:
1.Mashg‘ulotlarni qayd etish turlari.Tabiatga oid mashg’ulotlarni o’tkazish mazmuni.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish usullari.
3.Turli fasllarda bollarni tabiat bilan tanshtirish usullari.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilmaxil shakllarda: mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilim­larni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi.

Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi.

Mashg'ulotlarning bir xillarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.

Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan oilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar.
Mashg'ulotlar kichik va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada lmartadan o'tkazitedi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha §L'i'uhlarda qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi.



Yüklə 268,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin