Tarbiyachi: Bolalar bugun sizlar bilan bahor fasli xaqida suxbatlashamiz. Bugungi ob-havoni belgilab olamiz.
Bir bola: ob-xavo taqvimi strelkasini to‘g‘irlab qo‘yadi.
T arbiyachi: Xozir biz sizlar bilan ikki guruxga bo‘linib olamiz, guruhlarlarimizni nomlab olsak.
1-guruh Boychechak
2-guruh Lola
Sizlarga savollar berib boraman. To‘g‘ri javoblaringni lola guruhini gullar bilan boychechak guruhini tomchilar yordamida baholab boramiz.
Sizlar esa javoblaringni doskadagi cho‘ntakchalarga solib borasizlar.
K LASTER
Tarbiyachi: Bolalar menga bahor fasli haqida she’r aytib bering.
Marxamat Muxammadmuso “Bahor keldi”
Bahor keldi gul baxor
Erib bitdi oppoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon.
Tarbiyachi: Mana bolajonlar bahor kelishi bilan tabiat borliq ona zamin uyg‘onadi, tabiatda o‘zgarishlar bo‘ladi.
Lola guruxi: Qushlar uchib keladi
Boychechak guruxi: Daraxtlar gullaydi.
Lola guruxi: Qorlar erib ariqlarda suvlar oqadi.
Boychechak guruhi: Maysalar chiqadi.
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolajonlar biz bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz.
Boychechak guruhi: Navro‘z bayrami
Lola guruhi: 8-mart 9-may xotira va qadrlash kuni
Tarbiyachi: Kim menga 8-mart onajonlar bayrami haqida she’r aytib beradi.
Lola guruhi:
Onajonimi mexribonim
Men gul bo‘lsam siz bog‘bonim
Ko‘zim ochib sizni ko‘rdim
Siz tufayli inson bo‘ldim
Duo qiling tezroq o‘say
Tinchlik uchun xissa qo‘shay.
Tarbiyachi: Bolalar biz barchamiz bayramda oyijonlarimiz buvijonlarimizni opa singillarimizni bayram bilan tabriklaymiz.
Bugun bolalar biz sizlar bilan baxor faslini tasvirlaymizLola guruxi cho‘plar yordamida.
Boychechak guruhi plastilin yordamida.
Bolajonlar ishimizni boshlaymiz.Oldigizda kerakli narsalar bor.
Musiqa sadolari ostida ishlarini bajaradilar.
Ishlari yakunlangan guruxlar rag‘batlantiriladi.
Ikkala gurux bajargan ishlaridan farqini top o‘yini o‘tkaziladi.
JISMONIY DAQIQA
Shamol bo‘lar g‘uv-guv
Suvlvr oqar shildir-shildir
Yomg‘ir yog‘ar shitir-shitir
Sel quyar shatur-shutr