Fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 268,22 Kb.
səhifə9/56
tarix18.11.2023
ölçüsü268,22 Kb.
#133016
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Zbekiston respublikasi-hozir.org

Fan va tabiat markazi. Qumda magnit .Maqsad: magnit tushunchasini bilish asosida magnit xususiyatlari va magnit bilan bog‘liq bo‘lgan fizika qonuni haqida elementar tushunchalarni bilishi. Magnit bilan bog‘liq elementar tajribalarni o‘tkazishi mumkin. Jihoz va materiallar: turli formadagi magnit, quruq qum to‘ldirilgan idishlar, rasm namunalari. Faoliyatning borishi:
1. Bolalar magnit bilan turli tajribalar ko‘rsatishadi. 2. "Qumli manzaralar" vidyosini ko‘rish. 3. Qumli stol ustida magnitlar yordamida rasm chizish (qumga stolning tagidan magnit bilan boshqarish mumkin bo‘lgan predmet qo‘yiladi); 4. Bolalar bir-birlariga bajargan ishlarini ko‘rsatishadi. Qo‘shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o‘z ijod namunalarini turli Qo‘shimcha qism predmetlar bilan bezatishlari mumkinligini taklif etishi mumkin. E’tiborga molik jihati: texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishi; hayot, san’at va ilmni bir-biri bilan bog‘lash; fikrlashni, nutqni, tasavvurni va mayda motorikani rivojlantirish.


Ilm-fan va tabiat markazi

Ohanrabo (magnit) bilan tajriba.
«Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?», «Qanday qilib suv solingan stakandan qo‘lni ho‘l qilmay tangani olish mumkin?» «Raqsga tushayotgan qistirgich» - stol tagida ohanrabo (magnit) yurgizish.


Maqsad: Ohanrabo (magnit)ning xusuiyatlari bilan tanishish, buyumni o‘rganib, tajriba o‘tkazish, ilmiy farazlarni o‘rganib, xulosalar qilish.

Kerakli jihoz va materiallar:yog‘ochdan yasalgan buyumlar, temir buyumlar, plastmass, po‘lat, qog‘oz; ohanrabo (magnit).

Faoliyatni olib borilishi: Ohanrabo (magnit) – kundalik hayotimizning bir qismidir.

1-tajriba «Ohanrabo (magnit) hamma narsani tortadimi?»
1. Tajriba o‘tkazishda hamma buyumlarni ikki guruhga ajratish: temir va temir bo‘lmagan buyumlar. Navbat bilan ohanraboni birinchi va ikkinchi guruh buyumlariga yaqinlashtiriladi. SHunda aniqlanadiki, temir bo‘lmagan buyumlarni oxanrabo o‘ziga tortmaydi, biroq, temir buyumlar oxanraboga darrov yopishadi, ba’zilari esa uni tortish kuchini sezmaydi.
Xulosalar: oxanrabo po‘lat, nikel, temir va shunga o‘xshash buyumlarni o‘ziga tortadi, yog‘och, plastmassa, qog‘oz, matoni tortmaydi.


Yüklə 268,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin