Tarbiyachi: Bolalar biz yana qaysi bayramlarni nishonlaymiz.
Bolalar: Navro‘z
Tarbiyachi: Bolalar Navro‘z qanaqa bayramimiz.
Bolalar: Milliy
Tarbiyachi: Bolalar Navro‘z bayramida qanday urf-odatlarimiz bor
Lola guruxi: Sumalak pishiramiz
Tarbiyachi: Sumalak nimadan tyyorlanadi
Boychechak: Bug‘doy, un, yog‘.
Tarbiyachi: Yana qanday taomlar tayyorlanadi.
Lola guruxi: Ko‘k somsa, ko‘k monti
Boychechak guruxi: Ko‘k qatlama
Tarbiyachi: Biz bularni qanday ko‘katlardan tayyorlaymiz
Boychechak guruxi: Jag‘-jag‘, ot quloq
Lola guruxi: Ismaloq, yalpiz.
Tarbiyachi: Ko‘katlarni bizga qanday foydali taomlari bor.
Lola guruxi vitaminlarga boy.
Tarbiyachi: Baxor kelishi bilan dalalarda bog‘larda bog‘bon va dehqonlar o‘z ishlarini boshlaydilar. Nimalar ekishadi?
Lola guruxi: Kartoshka, rediska.
Boychechak guruxi: pomidor, bodring, karam.
Tarbiyachi: Bolalar bugun biz sizlar bilan guruximiz derazasiga ekin maydoni barpo qilamiz. Sizlar bilan xozir tuvaklarga piyoz ekamiz.
Bolalar bizlar mexnat qilganimiz, o‘ynaganimizdan so‘ng qo‘llarimizni nima qilishimiz kerak.
Bolalar: yaxshilab yuvamiz
Nima bilan.
Bolalar: Sovun bilan
Tarbiyachi: Kelinglar sizlar bilan “Suv va sovun”she’rimizni takrorlab olamiz
Tarbiyachi:Endi sizlar bilan bugungi mashg‘ulotimida olgan bilimlarimizni mustaxkamlab olamiz
Savatchadagi gullarni olasizlar, ularni orqasida bugungi mashg‘ulot yuzasidan savollar bor.
1-savol
Baxor faslida birinchi uchub keladigan qush
Boychechak: Qaldirg‘och
Tarbiyachi. Barakalla bolalar
2 -savol
Baxor faslida birinchi ochiladigan gul
Lola guruxi: Boychechak
3-savol
Baxor oylarini sanab bering
B
5
4
3 oychechak: Mart, aprel, may
4-savol
Baxor faslida birinchi gullaydigan daraxt
Lola guruxi: Bodom daraxti
Tarbiyachi: Endi bolalar bugungi olgan baxolarimizni sanab chiqamiz g‘olib guruhni rag‘batlantiramiz.