Fanidan o’quv – uslubiy majmua


) doiralarning kesishuvchi joyida ikki doira uchun umumiy bo’lgan fikrlar ro’y-xatini tuzadi



Yüklə 268,22 Kb.
səhifə30/56
tarix18.11.2023
ölçüsü268,22 Kb.
#133016
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Zbekiston respublikasi-hozir.org

3) doiralarning kesishuvchi joyida ikki doira uchun umumiy bo’lgan fikrlar ro’y-xatini tuzadi.




Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Q. Haydarov, S.Nishonova Tabiatshunoslik asoslari va bolalami atroftabiat bilan tanishtirish. T.: 0 ‘qituvchi, 1992.
2. YusupovaP.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya
berish. T.: 0 ‘qituvchi, 1995.
3. Sh.A.Sodiqova,M.A.Rasulxo’jaeva bolalami tabiat bilan tanishtirish
metodikasi.T.: Fan va texnologiya 2013.y.


5-amaliy mashg’ulot.

Mavzu:Turli guruhlarda kuzatishlarni tashkil etish .
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalaming turli yosh guruhlarida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli' xillaridan foydalanadi. Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin.
O'simlik va hayvonlami o'sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg'arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi — uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalaming obyektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to'g'ri keladi. Kuzatish narsalarning ayrim belgilariga qarab holatlarini aniqlash (masalan, gulning bargiga qarab uni sug'orish, akvariumdagi suvning holatiga qarab suvni almashtirish, yoki qordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalaming pishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadida ham tashkil etiladi. Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisalarini analiz qilish, ayrim ma'lumotlarni qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko'nikmalarining hosil bo'lishiga yordam beradi.
Solishtirma va uzoq muddatli kuzatishlar mazmuniga ko'ra murakkab bo'lganligi sababli, maktabgacha ta'lim, o'rta, katta hamda maktabga tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalarda analiz qilish, qiyoslash, xulosalar chiqarish jarayoni takomillashadi. Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o'z oldiga qo'ygan maqsadiga ko'ra o'simlik va hayvonlar, ob-havo hamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan ekskursiya, sayrlarda, shuningdek tabiat burchagidagi mashg'ulotlarda tashkil etiladi.



Yüklə 268,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin