Talaffuz hamda diksiyani sozlash Ha, ba’zi o’qituvchilarning ovozi tabiatan berilgan. Biroq har qanday ovoz maxsus mashqsiz vaqt o’tishi jarayonida buzila boshlaydi. Har bir kishining ovozi o’zigagina xos: kuchli qattiq va ohangdordir.
Ovoz apparati 3 qismdan: generatorli, yenergetik, rezanotorlik xususiyatiga ega.
Ovoz generasiyasi ovoz tugunchalari og’iz bo’shlig’idagi to’siqlarda hosil bo’ladi, natijada shovqinli tovushlar yuzaga keladi.
Rezanator tizimida xalqum, burun-xalqum, og’iz bo’shlig’i, nutq ritmi va dinamik rivojlanishni ta’minlaydi.
Energetik tizimda tashqi nafas olish bilan bog’liq bo’lib, havo to’lqinlari va miqdorini tashkil etadi, tovushning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Pedagog nutqi kuchli, uzoq masofaga yetib boradigan o’zgaruvchan, diapazonli (ovoz hajmi), tembri (ulug’lik, yorqinlik) bo’lishi talab etadi.
Maxsus ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, past ovozda tushuntirish yuqori ovozda nisbatan samaraliroq o’zlashtirilar ekan.
Ovoz buzilishlari 4 sababga ko’ra sodir bo’lishi aniqlangan:
1. Har kungi ovoz zo’riqishi.
2. Ovoz apparatlarining zaifligi.
3. Gigiyena qoidalarini bilmaslik.
4. Ovoz apparatining tug’ma zaifligi.
Ovoz apparatining zo’riqishi natijasida ovozning buzilishi o’qituvchilar orasida 50 % ni tashkil etadi - bu baland ovoz bilan gapirishning oqibatidir. O’qituvchining ovozini ehtiyot qilishi haqida Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari”da asarida shunday yozadi: “Ovozni yo’qotmaslik, nafas olish organlarini ishdan chiqarmaslik uchun, avvalo o’qishni past ovoz bilan, keyinchalik esa asta-sekin kuchaytirish lozim, lekin kuchli ovoz bilan o’qish ham uzoq muddat davom etmasligi lozim” (316-b). U yana davom etib yozadi: ”Uzoq muddat davomida qattiq tovush juda xavflidir. Chunki baqiriq ko’p miqdorda havoni ichga tortishni talab qilib, uzoq muddat tovush chiqarib turish esa ko’p miqdordagi havoni tashqariga chiqarishni talab qiladi (bularning har ikkisi ham xavflidir)” - degan edi.