Fanidan o’quv uslubiy majmua



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə126/127
tarix09.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123906
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Fanidan o’quv uslubiy majmua

Birinchi turkum: umumiy bolib, o'qish muddati ikki yil davom etadi;
Ikkinchi turkum: o'qish bir yil davom etadi. Talabalar magistr darajasi bilan yakunlaydi;
Uchinchi turkum: o’qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda:
-bironbir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil;

  • ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil;

  • uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil;

  • davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o'rganib dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.

Fransiyada oliy malumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko'rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O'qish muddati 2 yil bolib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi.
Sirtqi talim shoxobchalari juda keng bo'lib, u 500 turdagi o'rta, oliy professional ma'lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta'limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta'limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o'rganadi. o'qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o'tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko'rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o'qituvchdlariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori. Ayniqsa, boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san'atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo'lmog'i lozim. O’qituvchilar o'z nazariy—uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o'tish uchun aniq muddat belgilab qo'yilmagan. o'qituvchilar o'z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o'qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o'z vaqti va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin