Pedagogik mashq Maktab tarbiyasida darsning ba’zi jihatlarini baholang.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarda matematika fanidan ilk ma’lumotni quyidagi mazmunda amalga oshirdi. Aziz o’quvchilar biz nima uchun matematikani o’rganamiz? Matematikasiz hayotni tasavvur qilish mumkinmi? Matematika bizning hayotimizda qo’llanadimi? kabi savollar bilan o’quvchilarga murojaat qildi. O’qituvchi matematika darsida matematika fani haqida o’quvchilardan ilk matematik tasavvur, tushuncha va bilimlarni tarkib toptirdi. Masalan, matematika fani 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 shakldagi sonlarsiz o’rganib bo’lmaydi. O’qituvchi kirish suhbatida shu sonlarning nomini, aytilishi, shaklini bilmay va yozishda qo’llanmasdan hamda amaliy hayotga tadbiq qilmay turib inson hayotini qurish mumkin emasligiga kichik o’quvchilarni ishontirdi. Shuning uchun biz o’quvchilar hozirdanoq matematik sonlarning aytilishi, yozilish shakli va ularning bir-biri bilan qo’shilishi hamda hosil bo’ladigan sonlarni ilmiy bilishimiz shart. Chunki har birimiz bajaradigan ishimizning natijalarini sonlar vositasida hisoblab aniqlaymiz. Shuning uchun matematik sonlarni ongli, mustaqil ravishda o’zlashtirishimiz darkor. Buning uchun matematik sonlarni uzluksiz, izchil, tizimli, ketma-ket o’rganishimiz kerak. Agar matematik sonlarni mustaqil o’rganmasak o’zimiz bajargan ishlarning foydali bo’lganligini aniqlay olmaymiz. Ya’ni, o’z ishimizni, hayotimizni reja asosida qura olmaymiz. Sonlarni ilmiy bilish, ularni to’g’ri aytish, yozish va hisoblashni bilishni hayotning o’zi toqazo etadi. Biz sonlar bilan muomila qilish ko’nikmasiga ega bo’lishimiz kerak. Misol uchun vaqt qancha bo’lganligini, ishni qancha vaqtda bajarish kabilarini bilishimiz kerak va h.k.
Vaziyati tahlil qiling: 1. Siz o’qituvchining o’quvchilarda ilk matematik tasavvur, tushuncha, bilimlarini tarkib toptirishda ta’lim qoidalariga amal qilishini qanday izohlaysiz?
2. O’qituvchi o’quvchilardan ilk matematik tasavvur, tushuncha va bilimlarni tarkib toptirishda yana qaysi ta’lim qoidalariga asoslanib ishlashi kerak?
3. Sizningcha bu muammoni yana qanday usullar bilan hal etsa ta’lim yanada samarali bo’ladi?
Pedagogik mashq Bog’chadagi katta guruhda shug’ullanayotgan tayyorlov sinfidagi darsning bir qismi bilan tanishing.
- Beshni hosi qilish uchun qanday sondan to’qqizni ayrishimiz kerak? – deb so’raydi o’qituvchi. Boladan boshqa hamma qo’lini ko’taradi. O’qituvchi joyidan turg’azadi. U o’rnidan turdi ammo gapirmasdan jim turaverdi. Shunda o’qituvchi shunday ish tutdi.
- Bolalar, Ilhomga bir qarangizlar – a, - dedi o’qituvchi. U qo’lini ko’tarmayapti. U o’ylayapti. Savolning javobini topsa albatta qo’lini ko’taradi. Hammlaringiz undan o’rnak olishingizni so’rayman.
Darsning oxirida Ilhom qo’lini ko’tardi. O’qituvchi undan javobni eshitgach sinfni bir aylanib, bolaning oldiga kelib to’xtadi va uning qo’lini siqib: «Rahmat!» - dedi.
1. Vaziyatni Ilhom nuqai nazaridan, sinf nuqtai nazaridan va o’qituvchi nuqtaidan baholang.
2. O’qituvchi bunday odatdan tashqari usulni qo’llab, o’quvchining o’z xohishi bilan javob berishga erishib qanday tarbiyaviy muammoni yechdi?
3. Agar shunga o’xshash vaziyat boshqa sinfda sodir bo’lsa, Siz yana qanday ta’lim qoidalaridan foydalanasiz?
4. Agar shu singari o’quvchining bilishini ta’minlashda ko’rsatmalilik, ilmiylik, nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidalaridan siz qanday uslubda foydalanasiz?