O’qituvchining darsga tayyorgarligi. O’quv mashg’ulotining muvaffaqiyati asosan o’qituvchilarning darsga tayyorgarligiga bog’liqdir. O’qituvchining tayyorgarligi asosan ikki yo’l bilan olib boriladi:
O’z mutaxassisligi bo’yicha olib boriladigan umumiy tayyorgarlik;
Kundalik dars rejasi, ya’ni dars konspekti.
Kalendar reja har bir fan yuzasidan har bir o’qituvchi tomonidan tuziladi. Kalendar reja birinchi va ikkinchi yarim yillar uchun tuziladi. Kundalik darsga tayyorgarlik ko’rishda dastur bilan tanishadi. Darsliklar, xrestomatiya materiallari, shu mavzuga doir jurnal materiallari bilan tanishishi va ko’rsatma materiallarni tayyorlash kerak.
O’quvchilarning mustaqil ishlari.O’quvchi uy vazifasini bajarish natijasida o’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlaydi. O’zlashtirgan materiallar yuzasidan ongli fikr yuritishga, hosil qilingan ko’nikma va malakalarni turmushda qo’llay olishga o’rgata boradi. Maktab o’quvchilariga beriladigan uy vazifalarning turlari juda ham xilma-xildir. Darslik va kitob bilan ishlash, qoida va qonunlarni yod olish, yozma va og’zaki mashqlar bajarish, insho va bayon yozish, maktab tajriba-yer uchastkasi va jonli burchaklarda o’simlik va hayvonlarni kuzatish yuzasidan olib boriladigan mustaqil ishlardir. Shuni ko’rsatib o’tish kerakki, ba’zan uy vazifalarini topshirishda qo’pol holatlarga yo’l qo’yiladi. Uy vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan o’qituvchining puxta o’qtirishiga bog’liq. Uy vazifalarini dars oxirida shoshma-shosharlik bilan topshirish yaramaydi.
Maktabda o’quvchilarning mehnatdan, biologiyadan, jismoniy tarbiya fanlaridan mashg’ulotlar o’quv ustaxonalarida, yer uchastkasida, sport maydonchalarida tashkil etiladi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Bunday mashg’ulotlar o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqib tashkil etiladi va ma’lum pedagog talablar asosida o’tkaziladi.
Maktabda o’quvchilarni hayotga tayyorlashda va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari o’qishini tashkil etish muhim rol o’ynaydi. Sinfdan tashqari o’qish barcha fan o’qituvchilari va kutubxonachilar tomonidan tashkil etmoqlari zarur. Unda ko’zda tutilgan maqsad dasturda ko’zda tutilmagan keng hajmdagi qo’shimcha materiallar o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun tavsiya etiladi. Darsdan tashqari munozaralar, konferensiyalar uyushtirilishi ham mumkin. Eng asosiy o’quvchilarning qiziqqan sohalari bo’yicha bilishini rivojlantirish, o’qishga ishtiyoqini tarbiyalash, kitob bilan ishlashga o’rgatishdan iborat. “Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar”, - degan Dini Didro. Ta’limni yodga qo’yishning dars, laboratoriya, ekskursiya, amaliy mashg’ulot, kollekvium, uy vazifalari, qo’shimcha konsultasiya, nazorat ishlar, topshiriq va hokazo shakllari mavjud.
Ekskursiyani tashkil qilish ta’limning boshqa shakllaridan tubdan farq qiladi. Ekskursiya 4 yo’nalishda uyushtiriladi:
Tabiatni kuzatish va o’rganish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar.
Sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga oid ekskursiyalar.
Ijtimoiy va maishiy mazmundagi materiallar bilan tanishtirishga oid ekskursiyalar.
San’at va adabiyot materiallari bilan tanishtirishga qaratilgan ekskursiyalar.
Ekskursiyaning muvaffaqiyatli chiqishi uni o’tkazish uchun ko’rilgan tayyorgarlikka bog’liq. Ekskursiya o’quvchilarni reja bilan tanishtirish hamda obyekt ustida qisqacha ma’lumot berish bilan boshlanadi. Ekskursiya quyidagi tuzilishda olib boriladi.
Ekskursiya haqida ekskursiyavodning dastlabki kirish suhbati.
Marshrut bo’yicha obyektni kuzatish.
Ekskursiyalar davomida kerakli materiallarni to’plash.
Ekskursiyani yakunlash.
Ta’lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko’p qo’llaniladi. O’qituvchi darsning ma’lum bir qismi, yirik mavzularni o’tib bo’lganidan so’ng bunday darslar uyushtiriladi. Bu darslar oraliq nazorat baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini o’rganish darkor. Shundan so’ng mahoratli pedagog fursatni qo’ldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini chalg’itmay darsning asosiy qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o’kuvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim.
Dars o’qituvchi va o’quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o’quvchilarda mustaqil fikrlay olish, iroda tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o’z yo’lini topa oladilar. Har bir dars turidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini quyidagi T-chizma orqali chuqur tahlil qilib chiqamiz: