Fanidan o’quv uslubiy majmua


O’quvchilarni to’g’ri kasb tanlashga yo’llash uchun qanday ishlar olib borish lozim? Siz o’z kasbingizni to’g’ri tanladingizmi?



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə60/127
tarix09.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123906
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127
Fanidan o’quv uslubiy majmua

O’quvchilarni to’g’ri kasb tanlashga yo’llash uchun qanday ishlar olib borish lozim? Siz o’z kasbingizni to’g’ri tanladingizmi?
Mehnat jamoalari inson umrining asosiy qismi o’tadigan, uning tafakkuri, hayotga munosabati shakllanadigan ijtimoiy - ma’naviy muhitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkorlik, adolat tushunchasi, mehr - oqibat tuyg’ularini tarbiyalaydigan o’ziga xos maskan bo’lib hisoblanadi. Kasb tanlash jiddiy va mas’uliyatli ishdir. O’z hayot yo’llarini jiddiy suratda belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexnika tizimidagi to’garaklar muhim o’rin tutadi, fan to’garaklarida bolalar texnik saviya va bilimlarini kengaytiradi, kasb tanlashga tayyorlanadi. Maktabda yuqori sinf o’quvchilari uchun "ishlab chiqarish asoslari, kasb tanlash" kursi o’qitiladi. Kasbga yo’naltirish umumiy o’quv- tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda ota - onaning ham roli kattadir.
Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o’qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Ta’limni oqilona, optimal yo’l bilan tashkil qilish va olib borish orqali turli yoshdagi maktab o’quvchilarida mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirish, kasb - hunarga nisbatan qiziqishni o’stirish mumkin.
Barkamol avlodni jismoniy komilliksiz tasavvur qilib bo’lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, kat’iyatli vatanparvarlarni kamol toptirishdir.
Jismoniy tarbiyaning inson kamolotidagi o’rni qanday? Uning maqsad va mazmuni nimadan iborat?
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarini sog’lom o’sishini ta’minlash barobarida ularning aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iborat. Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm - ma’rifatga ega bo’lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur.
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin