Fanidan o’quv uslubiy majmua



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə9/127
tarix09.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127
Fanidan o’quv uslubiy majmua

Oliy ta’lim
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga bo’linadi: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan o’qish muddati kamida 4 yil bo’lgan tayanch oliy ta’limidir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriyat negizida kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
Oliy o’quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat dasturi tugallangandan so’ng bitiruvchilarga davlat attestasiyasi yakunlariga binoan kasb bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistr darajasini beradigan davlat malaka attestasiyasi magistrlik dasturining intihosidir.
Oliy ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: bakalavr va magistr darajasi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish;
professor-o’qituvchi kadrlar tayyorlashni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlarida tashkil etish;
oliy ta’limda tarkibiy o’zgarishlar o’tkazish;
oliy ta’lim boshqaruvini takomillashtirish, mustaqilligini kuchaytirish, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini tashkil etish;
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasini ta’minlash va joriy etish;
o’qishni individuallashtirish va distansion ta’lim texnologiyasi vositalarini ishlab chiqish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo’nalishini ta’minlash va hokazo.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin