O’qituvchi: Mening qo’limda uch dona konvert bor. Har birida muayyan mavzu mavjud. Marhamat, bitta mavzuni tanlab, mini-munozara tashkil eting. Munozara mavzulari: Kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi.
Qush uyasida ko’rganini qiladi...
Jamiyat farovonligi - oila farovonligidir.
( mavzulardan biri tanlanadi va mini-munozara qatnashchilari belgilanadi)
Auditoriyadagi talabalar diqqatiga savol:
Ushbu mini-munozarada oilaning qaysi funksiyasi to’g’risida fikr bayon qilinyapti?
Munozarani diqqat bilan tinglang va mushohada qiling. Bildirilgan fikrlarga munosabatingizni tarqatilgan rangli kartochkalar orqali izhor eting.
(Ko’k rangli kartochkalar - tasdiq ma’nosini,
Sariq rangli kartochkalar - inkor ma’nosini,
Qizil rangli kartochkalar -savol va jumboq, e’tiroz ma’nosini bildiradi)
Mini-munozara boshlanishidan oldin mavzuga taaluqli videofilm namoyish etiladi.
Savol: Videofilmda ko’rsatilgan kadrlarga e’tibor bering. U sizga qanday ta’sir qildi? O’z fikringizni bayon qiling. Munozaradan so’ng videokasseta orqali ekspert xulosasi tinglanadi. Xo’sh jamiyatdagi o’zgarishlar oilaga o’z ta’sirini ko’rsatadimi?
Jamiyatdagi o’zgarishlar, yangiliklar va rivojlanish albatta oilaga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Mustaqil diyorimizda esa oila taraqqiyoti va farovonligi yo’lida tinimsiz ishlar olib borilmoqda. Bunga misol tariqasida qator yillarning «Oila yili», «Ona va bola yili», «Ayollar yili», «Soglom avlod yili», «Obod mahalla yili», yangi 2004 yilning «Mexr va Muruvvat yili» deb e’lon qilinganligini ham e’tirof etishimiz joiz.
Xuddi shuningdek, oiladagi o’zgarishlar ham jamiyatga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chiqqan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tibor kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va oilalarni mustahkamlash bilan bog’liq masalalarga karatildi.