Fanidan o’quv uslubiy majmua


Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə6/127
tarix09.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Fanidan o’quv uslubiy majmua

Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajadagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi turlarini o’z ichiga oladi:
Maktabgacha ta’lim;
Umumiy o’rta ta’lim;
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
Oliy ta’lim;
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Maktabdan tashqari ta’lim;
Biz faqat ta’lim turlarinigina bilib qolmasdan, balki har bir turining mazmuni, maqsadi va vazifalari haqida ilmiy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishimiz darkor.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rtamaxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy o’rta ta’lim dasturidan o’rta maxsus, kasb-hunar dasturlariga izchil o’tilishini ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim (I-IVsinflar), umumiy o’rta ta’lim (I-IX sinflar), o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-hunar ta’limi dasturlari o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriant, magistratura) ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.

Maktabgacha ta’lim.
Mazkur ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. U o’quvchilikka intilish hisi uyg’otiladi va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’limga oilada, bolalar bog’chasida, mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’limi yaxshilash uchun tarbiyachi, pedagog kadrlarni tayyorlash, maktabgacha ta’limning samarali pedagogik - psixologik uslublarini izlash, bolani oilada tarbiyalashda psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;zamonaviy o’quv uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar maydonlar yaratish va hayotga tadbiq qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni halqning boy madaniy - tarixiy merosi asosida tarbiyalashga shart-sharoit yaratish hamda ularning sog’ligini ta’minlash va chiniqtirish bo’yicha qulay sharoit yaratish kabilarni nazarda tutadi. Eng asosiy vazifasi bolalarning hayotini rejimga solish, axloq-odob xulq-atvor tarbiyalash, rasm chizish, harf elementlarini mashq qilish, sanash, hisoblash, nutq, organizmni chiniqtirish, dam olishlarni tashkil etish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Ulardan madaniy xulq-atvor, sodda mehnat ko’nikmalari, gigiyena qoidalari o’rgatiladi.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin