Fanidan o’quv uslubiy majmua


Tayanch-harakat apparati buzilgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə80/127
tarix09.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123906
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127
Fanidan o’quv uslubiy majmua

Tayanch-harakat apparati buzilgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o`qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funksiyalarining buzilishi tug`ma yoki orttirilgan bo`lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BSP), poliomiyelit);
2) tayanch-harakat apparatining tug`ma patologiyasi; sonning tug`ma chiqqanligi; bo`yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog`onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo`l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo`li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug`ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo`l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomiyelit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo`lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo`ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korreksiyaga ham muhtoj bo`ladilar.
Harakatlanish buzilishlari o`rtacha darajada bo`lgan bolalar yurishni o`rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko`chada mustaqil, qo`rqmay yura oladilar, o`zlariga to`la xizmat ko`rsatadilar.
Savol va topshiriqlar

  1. Korreksion pedagogika fanini ta’riflab bering.

  2. Korreksiya va kompensatsiya nima?

  3. Korreksion pedagogika faning rivojlanishi haqida ma’lumot yig`ing.

  4. Korreksion pedagogika fanining qaysi sohalarini bilasiz?

  5. Anomal bolalar deb kimlarni aytamiz?

  6. Anomal bolalarning qanday toifalarilari mavjud?

  7. Anomaliyalarning kelib chiqish sabablari nima?

  8. Maxsus yordamga muxtoj bolalar deb kimlarni aytamiz?

  9. O‘zbekistonda maxsus yordamga muxtoj anomal bolalarga yordam qaysi vazirliklar tomonidan tashkil etilmoqda?




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin