Fanidan o’quv uslubiy majmua


-мавзу XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVAROUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə84/127
tarix09.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#123906
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127
Fanidan o’quv uslubiy majmua

12-мавзу XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVAROUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB.
Reja:

  1. XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti.

  2. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.

  3. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari.

  4. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.




  1. Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari

  2. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.

  3. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari.



Tayanch so`z va iboralar
Amir Temur, Temuriylar davlati, XIV - XVI asrlar, Sharq o`yg`onish davrining 2-bosqichi, madaniyat, ilm - fan, san’at rivoji, "Amir Temur o`gitlari" va "Temur tuzuklari"i, Ulug`bekning riyoziyot va falakkiyot fanlari rivojiga qo`shgan hissasi, "Boburnoma".


XIV - XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti
Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
XIV asrning 50 yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor, muxandislarni olib keltirdi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografi, tarix, adabiyot, falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Temurdan so`ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Xuroson davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga aylandi.Shoxizinda, Guriamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog`lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug`bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samaraqnd, Fijduvonda madrasalar qurildi.
Bu davrda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Hirotda esa Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, hattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi.
Ali Qushchi astronomiyaga oid "Risolai dar falakkiyot" asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang`ich bilimlarni bayon etdi.
XV asrda tarix fani rivoj topdi, Hofizu Abru "Zubdan tavorix" (Tarixning qaymog`i) kitobi yozib, unda 1427 yilgacha voqealar bayon etildi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib, "Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus safo" asrini yozgan Mirxond, "Xabibus siyar" asarini yozgan Xondamir asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.
Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi.
Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yollab o`qitish odat tusiga kirdi. Shahar, qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o`qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O`quvchilar maktablarda savod chiqargacha madrasaga kirib diniy va dunyoviy fanlardan bilim olardilar.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin