Munavvar Qori Abdurashidxon Adburashidxon Sotiboldixon Olim o’g’li Munavvar Qori 1878 yilda Toshkent shahrining markaziy dahasi – Shayx Xolvand Taxurning Darxon mahallasida mudarris Abdurashidxon va Xosiyat Otin oilasida dunyoga keldi. U 7 yoshida otasidan ajraydi. Dastlabki ta’limni onasi Xosiyat Otindan oladi, xat-savodi chiqqach o’sha davrdagi yirik maktablardan biri – Usmon domlada o’qiydi, so’ng Toshkentdagi Yunusxon madrasasida tahsil ko’radi. U 1901 yili jadid maktabini ochib, bolalarni o’qitadi. Bu maktabda beshi yillik bilimni uch yilda berishga muyassar bo’ladi.
Munavvar Qori ochgan yangi usul «namuna» maktabida bir necha yuz bola o’qigan. Bu maktabda tayyorgarlik ancha jiddiy bo’lgan iste’dodli yoshlar o’qituvchilik qilgan. Munavvar Qorining o’zi esa jadid maktablari uchun yangi tovush «usuli savtiya» usulida darsliklar – «Adibi avval alifbosi» (birinchi adib 1907), «Adibi soniy» (ikkinchi adib 1907), «Yer yuzi» (Jug’rofiya), «Havoijon diniya» (1907) kitoblarini yozib chop ettirgan. Bular o’lkadagi jadid maktablari uchun asosiy darsliklar sifatida bir necha bor qayta nashr etildi.
Munavvar Qori o’z fikrdoshlari Ubaydulla Xo’jayev, Abdulla Avloniy, Toshpulatbek Norbutabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda 1909 yilda Toshkentlik bilr boyning raisligida «Jamiyati hayriya»ni tashkil etadi.
Munavvar Qori va safdoshlari bu jamiyat orqali qashshoq va kasalmand kishilar o’qiuvchilarga yordam ko’rsatadilar, Rusiya va Turkistondagi oliy o’quv yurtlariga talabalar yuborish bilan shug’ullanadilar. U millat bolalarini savodxon qilishdek bunday savob ishga faqat «To’ron» jamiyati a’zolarining jalb etibgina qolmasdan, balki mahalliy boylarning ham boshini qovushtirib, ularning e’tiborini bu hayrli ishga tortadi. Munavvar Qori nomi faqatgina Turkistonda mashhur bo’lmay, balki Markaziy Osiyo, Rossiya musulmonlari uchun ham tabarruk edi.
O’zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan Munavvar Qori 1918 yil may oyida Toshkent shahrida «Turk o’chog’i» ilmiy – madaniy jamiyatini tuzadi.
1918 yil 9 aprelda Munavvar Qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Komissiyaga Munavvar Qori Rais qilib tayinlangan. Komissiya 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning musulmon va o’ris bo’limi 3 bosqichdan iborat bo’lishi belgilanadi.
1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununning o’zbeklar uchun maxsus o’qituvchilar tayyorlovchi bo’limi – «Dorilmuallimin» ochildi.
Munavvar Qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar maorif xodimlari quriltoyida ishtirok etib, maktab bo’limiga a’zolikka saylandi. Do’stlari va shogirdi Qayum Ramozon va Shorasur Zunnun bilan xamkorlikda uch bo’limdan iborat «O’zbekcha til saboqlari» kitobini (1925) nashr ettirdi. Munavvar Qori insonlarni faqat olijanob fazilatlarga, yoshlarni halol mehnat qilishga, ilm-ma’rifat va kasb-hunar o’rganishga rostgo’y bo’lishga chorladi. Ammo Munavvar Qori 1926 yili GPU tomonidan qamoqqa olinib, «Yovuz niyatli jadid va turkparast», «millatchi», «xalq dushmani» sifatida 1931 yili otishga hukm qilindi.
Aslida Munavvar Qori o’z xalqining xur, millat sifatida shakllangan, ijtimoiy-siyosiy jihatdan barkamol bo’lishini orzu qilgan va shu yo’lda istiqlol uchun kurashgan ma’rifatparvar edi.