Fan/modul kodi uztb129 O’quv yili


-mavzu. Turkistonda sovet boshqaruv tizimining mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar



Yüklə 216,32 Kb.
səhifə17/35
tarix02.12.2023
ölçüsü216,32 Kb.
#137291
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Fan modul kodi uztb129 O’quv yili-www.fayllar.org

50-mavzu. Turkistonda sovet boshqaruv tizimining mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar
Sovet-mustabid boshqaruv tizimining shakllanishi. Moliya, sanoat tarmoqlari, transport, hunarmandchilikdagi o’zgarishlar. Iqtisod sohasidagi yangi chora tadbirlar. Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS) (1921 y.) va uning mazmun - mohiyati. Soliqlar tizimini joriy etish. Turkiston iqtisodiyotidagi kelishmovchiliklar. Turkiston Iqtisodiy Kengashi (Turk EKOSO)ning tuzilishi (1921y. mart). TurkEKOSO tarkibida Davlat rejalashtirish Komissiyasi (Gosplan)ni tashkil etilishi. Pul islohoti, markaziy bank bo’linmalari, Turkiston banklarini tashkil etilishi. Sanoat va hunarmandchilik sohalariga nisbatan iqtisodiy siyosatdagi liberallashuv (kelishuvchilik). Agrar sohadagi munosabatlar, yer munosabatlari, paxtachilik va u bilan bog’liq sanoat korxonalari faoliyati. Shirkat xo’jaliklari, kooperatsiya turlari. Ijtimoiy hayotdagi ahvol. Sovet hukumati iqtisodiy siyosatining mustamlakachilik mohiyati.
[A12, 12-89 b.; A13, 3-35 b., 111-260 b.; A14, 18-24 b.; A17, 80-83 b.; Q35,81-96 b., 118-156 b.]
51-mavzu. Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi. O’rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanishning o’tkazilishi.
1917-1920 yillarda Xiva xonligidagi ijtimoiy - iqtisodiy ahvol. Siyosiy o’zgarishlar (Yosh xivaliklar partiyasi faoliyati). Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Asfandiyorxonning olib borgan ichki va tashqi siyosati. Junaidxonning (1857-1938) faoliyati. Asfandiyorxonning o’ldirilishi, Said Abdulloni xon deb e’lon qilinishi va uning taxtdan voz kechishi. Hokimiyatni muvaqqat inqilobiy xukumat qo’liga o’tishi. 1920-1924 yillarda Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Butunxorazm birinchi qurultoyi va Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzilganligini e’lon qilinishi (1920 yil 26 aprel). Xukumat raisi Polvonniyoz Xoji Yusupov, muovinlari - Jumaniyoz Sultonmurodov, Qo’shmamedxon Sapievlar faoliyati. G’oyaviy - siyosiy kurash. Xorazmda vatanparvarlar harakati. Xalq xo’jaligining ahvoli, aholi turmush darajasi.
1917-1920 yillarda Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holat. Amir Said Olimxon yurgizgan ichki va tashqi siyosat. «Yosh buxoroliklar» tashkiloti faoliyati. 1918 yil mart oyi voqealari. Vaziyatning keskinlashib borishi F.Kolesov voqeasi, Qizil tepa bitimi (1918 y. 25 mart). F.Xo’jayev, A.Fitrat va boshqalarni milliy harakatdagi faolliklari. Buxoro amirligining tugatilishi, Buxoro Xalq Sovet respublikasining tashkil etilishi. 1920-1924 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar.

Yüklə 216,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin