Faol diqqat, Ixtiyoriy xarakat tezligini aniqlash. Ishdan maqsad



Yüklə 192,91 Kb.
səhifə2/3
tarix29.04.2022
ölçüsü192,91 Kb.
#115613
1   2   3
3 Amaliy mashg'ulot Faol diqqat,ixtiyoriy harakat...

Nazariy tushuncha: Ixtiyoriy xarakat tezligi va aniqligi bolaning nerv va muskullar tizimining rivojlanganligiga, koordinatsiya mexanizmining taraqqiy etganligiga bog‘liq. Kichik maktab yoshidagi bolalarda muskul tolasining diametri kattalarnikiga nisbatan kichik, muskullarning chidamliligi esa 70%, charchash darajasi kattalarga nisbatan 2,5 marta katta. Kichik yoshda xarakatlar koordinatsiyasi hali etarli bo‘lmaydi, chunki o‘tkazuvchi nerv tolalarining mielinlashuvi tugamagan bo‘ladi.

Sport bilan shug‘ullanish xarakatlar koordinatsiyasini muvofiqlashtiradi. Xarakatlarda aniqlik, tezlik, uyg‘unlik ortadi. 12 -13 yoshlarda jinslar orasida kuch, chidamlilik jixatidan farqlar paydo bo‘la boshlaydi. 14 -15 yoshda jinsiy yetilish tufayli garmonal tenglik o‘zgaradi. Buning natijasida markaziy asab tizimining ta’sirchanligi ortadi, xarakatlar koordinatsiyasi buziladi. YA’ni xarakatlar qo‘pol, noaniqroq bo‘lib qoladi. 16 yoshdan so‘ng organizmda garmonal tenglik tiklanadi.

Asab tizimining ta’sirchanligi kamayadi,xarakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi, kuch va chidamlilik ortadi. 18 – 19 yoshda bu ko‘rsatkichlar kattalarniki bilan tenglashadi.

Bolaning asab va muskullar tizimining rivojlanganligi darajasi, qo‘l panjasining ixtiyoriy xarakatlari tezligi bilan aniqlanadi. Buning uchun xar bir o‘quvchi oq varaqqa uchta 10x10 o‘lchamdagi to‘rt burchak chizadi. “Boshladik” buyrug‘i berilganda xar bir o‘quvchi iloji boricha birinchi to‘rt burchak ichiga ko‘proq va tezroq nuqtalar qo‘yishi kerak. 10 soniyadan so‘ng “to‘xta” buyrug‘i beriladi va o‘quvchilar nuqta qo‘yishni to‘xtatishadi.

Bu tajriba uch marotaba takrorlanadi. So‘ng xar bir to‘rtburchak ichidagi nuqtalarni sanab, yoniga yozib qo‘yadi va o‘rtacha natijani hisoblaydi. Buning uchun natijalar qo‘shilib tajribalar soniga bo‘linadi. O‘rtacha natija 6-jadval bilan solishtiriladi.

Bajarilgan ishni foizlarda hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.




Yüklə 192,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin