Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasining 2023-yil 3-iyundagi navbatdan tashqari kafedra yig’ilishi bayonnomasidan ko’chirma



Yüklə 21,33 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü21,33 Kb.
#136190
Uraimovga ko\'chirma


Farg’ona davlat universiteti
Sirtqi bo’lim, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasining 2023-yil 3-iyundagi navbatdan tashqari kafedra yig’ilishi


BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA


2023-yil 3-iyun Quvasoy shahar

Qatnashdilar:


Kafedra mudiri: p.f.b.f.n (PhD) dotsent S.Uraimov
O’zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Farg’ona filiali” Jismoniy tarbiya, sportnazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti, p.f.b.f.d (PhD) D.Norqulov
Kafedra dotsenti v.v.b, p.f.b.f.d (PhD) G’Ernazarov
o‘qituvchilar: H.Tuychiyeva, A.Muhiddinov, B.Xalilova Sh.Mavlonova, N.Jumaniyozova, R.Xamroqulova, I.Abdullayev,Sh.Tillayev,I.Fozilov,G.Shahbozova, M.Mamatova, G’.Yormatov, S.Omonova, M.Baxromov, N.Usmonov, R.Mirzayev, M.Baltabayeva, Sh.Maxsudov, K.Raximova, O.Tursunov.


KUN TARTIBI
1.Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri p.f.b.f.n (PhD) dotsent Sanjarbek Ro’zimatovich Uraimovning yozgan “Sport inshootlari” va “Sport turlari bo’yicha hakamlik qilish va musobaqalar o’tkazish” nomli o’quv qo’llanmasining muhokamasi.
Ichki taqrizchi: Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti v.v.b, p.f.b.f.d (PhD) G’Ernazarov taqrizi o’qib eshittirildi.
U o’z so’zida S.Uraimovovning yozgan “Sport inshootlari” va “Sport turlari bo’yicha hakamlik qilish va musobaqalar o’tkazish” nomli o’quv qo’llanmasi haqida to’xtalib o’tdi. Jumladan, o’quv qo’llanmaning hozirgi kunda juda dolzarbligi,ahamiyati to’g’risida fikr bildirdi.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan oliy o‘quv yurtlari va barcha ta'lim muassasalarini malakali kadrlar bilan etarli darajada ta'minlash uchun katta ishlar qilinmoqda. Bu esa oliy o‘quv yurtlarida davr talabiga xar tamonlama javob beradigan yosh mutahassislarni madaniyatli shaxs sifatida tayyorlash zarurligini ko’rsatmoqda. Buning uchun yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va adabiyotlarni yangi avlodini talab darajasida yaratish muhim ekanligini davr taqozo etmoqda. Ushbu talablarni e’tiborga olgan holda ushbu o’quv qo’llanma ahamiyati yuqori ekanligi ta’kidlandi va chop etishga tavsiya qilindi.
Ichki taqrizchi: Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti v.v.b, p.f.b.f.d (PhD) G’Ernazarov tomonidan ijobiy taqriz berildi.
Tashqi taqrizchi: O’zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Farg’ona filiali” Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi p.f.b.f.d (PhD) D.Norqulov tomonidan tashqi taqrizi o’qib eshittirildi.
O’z so’zida mazkur o’quv qo’llanma nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi va u dars samaradorligini oshirishi va talabalarni o’z mutaxassisligini o’rganishlarida yaqindan yordam berishi, hozirgi kunda talabalar uchun zarur manba ekanligini hisobga olib nashr uchun tavsiya etish mumkinligini ta’kidladi.
D.Norqulov o’z so’zida S.Uraimov tomonidan tayyorlangan “Sport inshootlari” va “Sport turlari bo’yicha hakamlik qilish va musobaqalar o’tkazish”nomli o’quv qo’llanma uzluksiz ta'lim tizimi muassasalarida ta'lim oluvchilarni xar tamonlama yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda muxum ahamiyatga egaligi haqida fikr bildirdi.
“Sport inshootlari” va “Sport turlari bo’yicha hakamlik qilish va musobaqalar o’tkazish” nomli o’quv qo’llanma adabiyotlarni yangi avlodini yaratishga qo`yilgan barcha talablariga mos kelishini xisobga olib uni chop etishga tavsiya qilindi.
Tashqi taqrizchi: O’zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Farg’ona filiali” Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi p.f.b.f.d (PhD) D.Norqulov tomonidan ijobiy taqriz berildi.
So’zga chiqdi: kafedra o’qituvchisi: I.Abdullayev o’z so’zida ushbu o’quv qo’llanma amaliy ahamiyatga ega ekanligi haqida o’z fikrini bildirdi.
Ko’rilgan masala yuzasidan
1. Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti v.v.b, p.f.b.f.d (PhD) G’Ernazarov taqrizi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O’zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Farg’ona filiali” Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi p.f.b.f.d (PhD) D.Norqulov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3.Kafedra o’qituvchisi I.Abdullayev axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4.Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sanjarbek Ro’zimatovich Uraimov tomonidan tayyorlangan “Sport inshootlari ” va “Sport turlari bo’yicha hakamlik qilish va musobaqalar o’tkazish”nomli darsligi Universitet Ilmiy Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya etilsin.
Ko’chirma asliga to’g’ri.


Yig’ilish raisi: S.Uraimov
Yig’ilish kotibasi: H.Tuychiyeva
Yüklə 21,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin