Elektr zanjirlarining asosiy xarakteristikalari - O’tish xarakteristikalar
- Statsionar xarakteristikalari
- Elektr zanjirning o’tkazish sohasi.
Radioelektron qurilmalarning asosiy zanjirlardan biri tebranish konturlaridir. Ular yordamida yuqori chastotali elektr toki hosil qilinadi, yoki murakkab tebranishlarning kerakli chastota spektri ajratib olinadi. Tebranish konturi deganda, L induktivlik g’altagi va C kondensatorning ulanishidan hosil bo’lgan berk elektr zanjiri tushuniladi. Tebranish konturi tarkibida albatta R aktiv qarshilik ham qatnashadi. U tebranish konturini tashkil qilgan simlardagi va kondensatorning dielektrligidagi energiya yutilishini ifodalaydi. Tebranish konturlari sodda va murakkab bo’ladi. Sodda konturga misol qilib yakka konturni ko’rsatish mumkin. U yakka C sig’im va L induktiv g’altakdan tashkil topadi. Murakkab konturlar yakka konturlar kombinatsiyasidan iborat bo’ladi. Ular bog’langan tebranish konturlari deb ataladi. Bog’lanishga kiradigan har bir kontur partsial kontur deyiladi. Agar tebranish konturlarining parametrlari haqida to’xtalsak.
Shuning uchun ko’rayotgan zanjirimizdan signal o’tganda uning amplitudasi kichrayib chiqadi. Shunga ko’ra bunday zanjirning uzatish koeffitsientini susaytirish koeffitsenti deb ham ataladi. Zanjirning o’zi esa kuchlanish bo’lgichi deyiladi. Unga misol qilib elektr potentsiometrlarini ko’rsatish mumkin. Radioelektron qurilmalarda ishlatiladigan kuchlanish bo’lgichlarining elementlari sof aktiv qarshilikli rezistorlardan iborat bo’ladi.
Ma‘lumki ideal kontur uchun quyidagi munosabat o’rinli.
Agar tenglikka tokning amplituda qiymati ifodasi
ni qo’ysak,
hosil bo’ladi
Bog’langan tebranish konturlari haqida to’xtalsak. O’zaro energiya almashinishi mumkin bo’lgan konturlar sistemasi bog’langan tebranish konturi deb ataladi. Partsial konturlar orasidagi bog’lanish bog’lanish qarshiligi deb ataladigan kattalik orqali xarakterlanadi.
Agar energiya almashishi oddiy elektr toki hisobiga bajarilsa, bog’lanish rezistor orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra konturlar orasidagi bog’lanish induktiv sig’im va galvanik bog’lanish deb uni 3 turga ajratiladi. Bularga rasmda tasvirlangan ikkita sodda konturning o’zaro bog’lanishi misol bo’ladi.
Har bir bog’lanish turi xilma-xil bo’lishi mumkin. Masalan, induktiv bog’lanish -transformator a-rasm, yoki avtotransformator (koninduktiv) (b-rasm) bog’lanishning, sig’im bog’lanish ichki (v-rasm) yoki tashqi sig’im (g-rasm) bog’lanishlarga ajratilishi mumkin.
Adabiyotlar:
Ma’ruzalar matni.
Nigmatov K. Radioelektronika asoslari. T., 1994.
Qo‘yliyev B.T. Tabiatning fizik xossalari bitmas-tuganmasdir. Qarshi, 2005.
Гершунский Б.С. Основи электроники и микроэлектроники. М., 1990.
Манаев Э.И. Основи радиоэлектроники. М., 1989.
Молчанов А.П., Занадворов П.Н. Курс электроники и радиотехники. М., Наука, 1976.
Степаненко И.П. Основи теории транзисторов и транзисторних схем. М., Энергия, 1977.