Farg’ona Politexnika instituti ichb fakulteti 72I-20I guruh Raqamli Marketing fanidan slayd taqdimot



Yüklə 51,54 Kb.
tarix27.12.2022
ölçüsü51,54 Kb.
#121832
2 5210748065463407216

Farg’ona Politexnika instituti ICHB fakulteti 72I-20I guruh Raqamli Marketing fanidan slayd taqdimot

Mavzu:Tovar Siyosati

Tovar deb insonning biron-bir ehtiyoj ini qondirib, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan ne’matga aytiladi

Tovarning 2 ta xossasi mavjud

1 biron-bir ehtiyojni qondirish

2 ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish xossasi

Tovarning insonning biron-bir ehtiyojini qondirish xossasi iste’mol qiymati deyiladi. Tovarning iste’mol qiymati uning naf keltirishida ifodalanadi. Naf deb, tovar va xizmatni iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi

Tovar-murakkab ko’p kirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa istemol xususiyatlari , yani tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan istemolchining extiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarning istemol qiymati uning istemol xususiyati majmuasidir. Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab aloxida e’tibor beriladi: -rangi , upakovkasi (o’rash, boglash), tashki kurinishi (dizayni),ergonomik xususiyatlari (foydalanish, tamirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar). Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning istemol xususiyati taxlil qilinadi.

Xalqaro marketingda Tovar siyosati marketing

kompleksining markaziy elementi – tovarga nisbatan

xalqaro marketing siyosatining ajralmas qismi

hisoblanadi. Tovar strategiyasi, tovar sifati, assortimenti,

o’ralishi, markalanishi, dizayni, tovar markasi va xizmat

ko’rsatish xalqaro marketingda tovar siyosatining tarkibiy

qismlari hisoblanadi

Firma xalqaro tovar siyosatining eng muhim

qismi tovarning tashqi bozor sharoitlariga

moslashishi va standartlashishi yig’indisi

hisoblanadi. Xalqaro marketingda to’rt tovar

strategiyasiga mos keluvchi siyosatning to’rtta

prinsipial yo’nalishlarini ajratib ko’rsati

Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha aloxida guruxlarga bo’linadi:

• maqsadli kursatkich bo’yicha

• bozor turiga ko’ra

• foydalanishga tayyorligiga ko’ra

• istemolchilar soniga qarab bo’linadi.

Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar istemol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi. Istemol tovarlari – bu shaxsiy istemol uchun muljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, aloxida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi.

Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish,

tozalash vositalari, uy xujaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin.

1. Tovar mahsulotining vazifasi: tasniflash ko’rsatkichlari (quvvati, tezligi,

sig’imi va hokazo); konstruktiv va texnik ko’rsatkichlar (material sig’imi,

gabarit o’lchami, konfigurasiyasi, mahsuldorligi, o’lchash aniqligi, qayta

ishlanuvchi ma’lumotlar hajmi); mahsulot tarkibi va strukturasi (tabiiy

modda va aralashmalar tarkibi).

2. Sifati va ishonchliligi: GOST talablariga javob berishi, foydalanganda

buzilib qolmasligi, kafolat muddati davomida ta’mirlashsiz ishlatish;

mahsulotning texnik va ijtimoiy-iqtisodiy zarur davri uzunligi; chet ellik

iste’molchilarning ma’lum ehtiyojlarini qondirish qoiliyati.

3. Estetika: jozibadorlik (rangi, ranglar kombinasiyasi, gabarit o’lchami);

ifodalilik (shinamlik, iqtisodiylik va hokazolarni ifodalash); emosional ta’sir

4. Ekologik tozaligi: tayyor yoki yarim tayyor mahsulotda zararli

aralashmalarning mavjudligi; qayta ishlangan mahsulotlarda zararli

aralashmalarning mavjudligi; atrof-muhitga, atmosfera va suv havzalariga

zararli moddalarni chiqarish.

5. Ergonomiklik: gigienichnost (toksiklik, changlilik, yoritilganlik,

vibrasiya, shovqinlilik); fiziologichnost (foydalanishning qulayligi, muomala

qilishning osonligi); antropometrichnost (inson tanasi va a’zolariga shakl va

hajm jihatidan moslik); psixologichnost (chet ellik potensial iste’molchining

ijobiy qabul qilishi).

6. Tejamkorlik: sotuv narxining qulayligi; tijorat qo’llanishi qiymatining

yuqori emasligi (transport orqali tashish, o’rnatish, ishga tushirish,

foydalanishga topshirish, tartibga solish, xodimlarni o’rgatish, texnik xizmat

ko’rsatish, ta’mirlash, yoqilg’i, elektr energiyasi).

Tovarning raqobatbardoshligi –uning real xarid qiluvchi

xaridor uchun jozibadorlik darajasidir. Tovarning

iste’mol qiymati — xaridor mazkur tovar uchun to’lash

mumkin hisoblovchi maksimal narx hisoblanadi.

Tovarning raqobatbardoshligi zaxirasi — tovarning

iste’mol qiymati va uni sotib olish uchun to’langan

haqiqtisodiy narx o’rtasidagi farqdir. Iste’molchi uchun

iste’mol qiymatining to’lanmagan, tekin qo’lga

kiritilgan qismini anglatadi. Ta’minotchi uchun esa

tovar raqobatbardoshligining miqdoriy o’lchami

hisoblanadi.


Yüklə 51,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin