Baʼzi sintetik kauchuklar texnik xossalari (mas, issiqqa, erituvchilarga, yemiruvchi muhitlarga va ishqalanishga, yorugʻlik va ozon taʼsiriga chidamliligi, gaz oʻtkazmasligi va b.)ga koʻra, tabiiy kauchukdan afzal. Sinetik kauchuklardan 50 mingga yaqin nomda mahsulotlar ishlab chiqariladi. Birinchi sintetik kauchukni 1879-yil G. Busharda (Fransiya) olgan; sanoat miqyosida ishlab chiqarishni S. V. Lebedev (Rossiya) 1932-yilda yoʻlga qoʻydi. Sintetik kauchuk olish iklim va geografik sharoitlarga bogʻliq boʻlmaganligi, mehnat unumdorligining yuqoriligi va arzon xom ashyo bazasining mavjudligi tufayli katta iktisodiy foyda beradi. Kauchuk shina, amortizatorlar, yelimlar, sanitariya-gigiyena mahsulotlari va b. ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Jahon miqyosida har yili 16,5 million tonna kauchuk (4,5 million tonna tabiiy va 12 million tonna sintetik kauchuk) ishlab chiqariladi.