Tarbiyalanuvchi: Boychechagim, boychechagim, boychechak
Quvonchlarga, sevinchlarga boy chechak
Qattiq yerdan qatlab chiqib elimga
Navro‘z isin olib kelgan oy chechak
Tarbiyalanuvchi: Navro‘z keldi, yoz keldi
Tana keldi, g‘oz keldi
Yam – yashil chorbog‘lardan
Bulbulday ovoz keldi
Navro‘z keldi bu kecha
Pishiring Navro‘z go‘ja
Go‘jasi shirin momolarga
Beraylik bir juft jo‘ja
“Jo‘jalarim” qo‘shig‘i
Tarbiyalanuvchi: Bolalar davramizda Dehqon bobo ko‘rinmayaptimi? Kelinglar, birga chaqiramiz.
Tarbiyalanuvchi: Gulgun chehra, donolarim
Navro‘zingiz muborak
Shonli bayram muborak
Xamal keldi amal keldi
Yurtimizga jamol keldi
Tarbiyalanuvchi: Xislatingga balli, bobo dehqon
Yurt g‘ami yelkangda, azizim jonim
Qadoq qo‘llaringni ko‘zga surtgum men
Labzingga ofarin, tanti dehqonim
Tarbiyalanuvchi: Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, xoy bobo
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, xoy momo
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, xoy ona
Boychechak chiqibdi, bugun Navro‘z ekan