Tarbiyalanuvchi:
Tilayman gullarning iforlarini,
Salobatli tog‘lar viqorlarini
Unuting dunyoning g‘uborlarini
Navro‘z ayyomingiz muborak do‘stlar!
Tarbiyalanuvchi:
Momom To‘marisning ahdlari Sizga
Amir Temur shiddati, shaxdlari Sizga
Yor bo‘lsin bu olam baxtlari Sizga
Navro‘z ayyomongiz muborak do‘stlar!
Tarbiyalanuvchi:
Ko‘zlarga suraylik Navro‘zimizni
Tilaylik Ollohdan rizq – ro‘zimizni
Olqishlab qo‘yaylik o‘z – o‘zimizni
Navro‘z ayyomingiz, muborak do‘stlar!
Kuy, qo‘shiqlar davom etadi.
Assalom Navro‘z
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!
Binafsha – yu bo‘tako‘z
Lola tutib qo‘limga
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!
Olam – jahon gullardan
Quvonch solib dilimga.
Navro‘z, Navro‘z, Navro‘zjon
Xush kelibsan elimga!
Aziz mehmon keldi deb
Gullar sochay yo‘lingga.
Tashrifing muborak, Navro‘zi olam,
Bahoriy bayramda hamma jamul – jam.
Tilaklar samimiy qutlovlar bisyor
O‘yin – kulgi avjida, ko‘ngil xotirjam.
Qalb xotirjamligi – tinchdir xamonam
Bayram davom etar – ko‘zlarimda nam
Dasturxonim to‘kin, mo‘ldir dasturxon
Hech kimdan kammasmiz – emasdurmiz kam!
Bu sevinch yoshlari – poklanur tanam
Bolajon elimning dovrug‘i – olam!
Nazar tushgan bu yurt! – der ahil donish,
Xush kel, Navro‘zim! – deb yozadi qalam!
Dostları ilə paylaş: |