7-laboratoriya mashg'uloti O'simliklarning tuzilishida sinf va oilalarning belgilarini aniqlash.
Maqsad: o’simliklarning tuzilishida sinf va oilalarning belgilari haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish
Jihoz. Gerbariylar to’plami
Mashqning bajarilish tartibi. 1. Bir va ikki urug'pallali o'simliklarning gerbariylari hamda tirik o'simliklarning namunalarini kuzating.
2. Namunalari keltirilgan o'simliklarning hayotiy shakli, ildiz tizi mining tipi, novdasi, bargining tomirlanish turi va novdada joylashuvi, guli va to'pguli, meva turini aniqlang, gul formulasini yozing, gul diagrammasini chizing.
3. Aniqlangan belgilari asosida o'simliklarni bir va ikki urug'pallali o'simliklar sinflariga ajrating.
4. O'simliklarning bir va ikki urug'pallali o'simliklar sinflariga ajratish mumkin bolgan belgilarini aniqlang.
5. O'simliklarning qaysi oilaga mansubligini ko'rsatuvchi belgilarini aniqlang.
6. Quyidagi jadvalni to'ldiring.
Jadvalni to’ldiring.