Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining asosiy vazifalari:
Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv
markazi FVDTning hududiy va
funksional quyi tizimlaridan olingan seysmologik,
geologik, gidrometeorologik
xavfli
hodisalar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar,
epidemiyalar,
epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) ahvol
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish, saqlash) hamda
rahbar organlar, FVDTning kundalik boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish kuchlari va vositalari hamda favqulodda vaziyat yuzaga kelishi
holatlari,
xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi,
yuz berishi mumkin
bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabar
qilish va axborot berish bilan shug‘ullanadi.
Markaz o‘rnatilgan tartibda uning zimmasiga
kiruvchi majburiyatlaridan
kelib chikkan xolda tashkilot va idoralar bilan respublika, maxalliy va ob’ekt
darajasida xamkorlik qiladi. Shuningdek tegishli
chet el tashkilotlari bilan
favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha
xalqaro shartnoma (kelishuv) asosida xamkorlik qiladi.