Fazoda dekart koordinatalari tekislikda dekart koordinatalarini kiritishga o’xshashdir. Fazodagi to’g’ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi masshtab birlik va O nuqtada kesishuvchi o’zaro perdendikulyar uchta o’qlardan birini Ox o’qi yoki abssissalar o’qi, ikkinchisi Oy o’qi yoki ordinatalar o’qi, uchinchisini esa Oz o’qi yoki aplikatalar o’qi deb atash orqali kiritiladi.
Faraz qilaylik, fazoda M nuqta berilgan bo’lib, uning Ox, Oy, Oz o’qlariga proyeksiyalari Mx, My, Mz lardan iborat bo’lsin.
Bu proyeksiyalar yordamida M nuqtaning fazodagi vaziyati to’liq aniqlanadi.
1-chizma M nuqtaning x, y va z koordinatalari uning mos ravishda abssissasi, ordinatasi va aplikatasi deb ataladi va M(x,y,z) deb belgilanadi (1-chizma). Fazodagi to’g’ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi yordamida uchtadan qilib tartiblangan haqiqiy sonlar to’plami bilan fazodagi nuqtalar orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatish mumkin.
Har ikki koordinata o’qlari jufti orqali tekisliklar o’tkazib Oxy, Oyz, Ozx tekisliklar hosil qilamiz va ularni koordinata tekisliklari deb ataymiz. Bu tekisliklar fazoni 8 ta oktantga ajratadi.
Fazoda yunalgan kesma tushunchasi va uning o’qdagi proyeksiyasi